"Uzulgurji birja savdo" tashkilotlari - assotsiapiyaning ahzolari tovarlarni xarid qilish va respblika istehmolchilariga sotishni amalga oshiradilar, tijorat-vositachilik, savdo, transport, moliyaviy, auditorlik, axborot xizmatlarini mulkchilik shakllaridan qatьiy nazar barcha korxonalar va tashkilotlarga kontrakt-shartnoma asosida ko‘rsatadilar.
Respublika bozorining davlat extiyojlari uchun maxsulotlar va tovarlar bilan tuldirish asosan ularni Xukumatlararo savdo-iqtisodiy bitinsharga muvofiq MDX, davlatlaridan yetkazib berish, xom ashyo, materiallar va uskunalarni bevosita tayyorlovchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat shartnomalari bo‘yicha xarid qilish uchun bilan amalga oshiriladi.
Infratuzilmaning amal qilish mexanizmi
Bu mexanizmni soddalashtirilgan misolda bayon qilib, asosii ishtirok etuvchi shaxslar, ularning xattixarakati va o‘zaro tahsirini ifodalaymiz.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar jarayonining asosii uchastkalari:
* maxsulot (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi; tovar-xom ashyo birjasining vositachisi;
* tijorat banki;
* ulgurji baza (konsignatsion ombor);
* avtotransport korxonasi, yuk avtomashinalar egasi.
Maxsulot tayyorlovchi agent. Yakin atrofdagi xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoniyatlari, joriy yildagi bozor narx-navosiga oid bilimlari, jaxondagi narxlar to‘g‘risidagi axborotlarga asoslanib, maxsulot tayyorlash bo‘yicha agent:
* yaqin atrofdagi xo‘jaliklarda yetishtirilayotgan barcha turdagi maxsu lotlarga bozor talabini tahminlaydi;
* ishlab chiqaruvchilardan xar bir maxsulot turi bo‘yicha foydalanilayotgan maxsulot hajmlarini aniqlab chiqadi; * tayyorlov narxlarini xisoblab chiqadi va maxsulot yetkazib berish uchun forvard xamda fьyuchers bitishuvlarining loyixalarini tayyorlaydi;
* tayyorlov bazasi bilan barcha turlari bo‘yicha maxsulot yetkazib berish- ning muljallanayotgan xajmlarini kelishib oladi; * baza mavjud sovutish quvvatlari, maydonlar va bir pula saqdanadigan maxsulot xajmlaridan kelib chiqib, xar bir agentning maxsulot tayyorlash xajmiga aniqliklar kiritadi;
* baza tomonidan kiritilsgan tuzatishlarni xisobga olib, ishlab chiqaruvchilar bilan maxsulot yetkazib berishga kontraktlarni rasmiylashtiradi;
* maxsulot ishlab chiqaruvchilarga avans uslubida tuzilgan bitishuvlarni to‘lash uchun qarz (tayyorlov bazasidan, bankdan yoki boshqa qarz beruvchi muassasalardan) oladi;
* tuzilgai bitishuvlar asosida maxsulot yetkazib berish uchun fьyuchers kontraktlari tayyorlaydi va ularni, bitishuv ko‘lamlariga bog‘liq xolda, tayyorlov bazasi orqali unga xizmat ko‘rsatayotgan vositachiga beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |