13-Mavzu. BIZNES ETIKASI VA MADANIYATI.
Mashg‘ulot turi: Amaliy
Mashg‘ulot maqsadi: biznesni yuritishda biznes xamkorlar, biznes ijrochilari, davlat organlari bilan munosabatlarni o‘rnatish, biznesdagi axloq me’yorlariga rioya qilinishi tushunchalariga ega bo‘lish xamda biznesda boshqaruv madaniyatiga rioya qilinishi haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar
Biznes etikasi tushunchasi va uning mohiyati.
Umuminsoniy axloqiy me’yorlar va biznes etikasi o‘rtasidagi umumiylik.
Tadbirkor amal qilishi lozim bo‘lgan a’loqiy me’yorlar (“Folksvagen” kontserni ra’bari Daniel Redver tavsiyalari.)
Biznes xamkorlar, biznes ijrochilari va biznes egalari munosabatlari.
Biznesda boshqaruv madaniyati.
Biznes etikasi tushunchasi va uning mohiyati.
Ishbilarmonlik etikasi - halollik, ochiqlik, berilgan so‘zga sodiqlik, amaldagi qonunchilik, belgilangan qoidalar va anoanalarga muvofiq bozorda samarali faoliyat ko‘rsatish qobiliyatiga asoslangan axloqiy me’yorlardir.
Dunyoning yetakchi biznes kompaniyalarida “Foyda har narsadan ustundir, lekin obro‘ foydadan ham ustundir” degan shiorga amal qilishadi. Lekin “Pulning hidi bo‘lmaydi”, “Aldamasdan sotib bo‘lmaydi”, “Foydadan boshqa maqsad yo‘q” kabi o‘z oldiga maqsad qo‘yganlar ham ko‘plab uchraydi.
Qadimda qog‘ozdagi shartnomalar bo‘lmagan paytlarda ham savdoda, xunarmandlikda og‘zaki kelishuvga amal qilish, so‘zida turish, xamkorlarni manfaatini ham hurmat qilish kabi tushunchalar ustuvor bo‘lgan. Hamkorlikning rivojlanishi birinchi sharti – shartnoma shartlariga so‘zsiz amal qilish va xamkorni hurmat qilishdir.
Bugun esa butun dunyoda bozor munosabatlari sheriklar o‘rtasidagi ishonchga, ularning halolligiga, o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan talablarning ortishiga, burch tuyg‘usiga asoslanadi. Bu tadbirkor, menejerning ishbilarmonlik etikasining asosidir. Tadbirkor uchun bu so‘z qonundir. AQSH va Yaponiyada ko‘p million dollarlik bitimlar telefon orqali amalga oshiriladi va ularning ishonchliligiga hech kim shubha qilmaydi.
"Kasbiy etika" deb ataladigan narsa bor, xususan - "ishbilarmonlik etikasi". Gap tadbirkorning xulq-atvor normalari, madaniy jamiyat tomonidan uning ish uslubiga, odamlar bilan muloqot qilish xarakteriga, uning ijtimoiy qiyofasiga qo‘yiladigan talablar xaqida bormoqda. Biznes etikasi - bu tadbirkorning amaliy e’tiyojlariga moslashtirilgan asosiy axloqiy tushunchalar, ish uslubi va ishbilarmonning tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan axloqiy talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Ishbilarmonlik etikasi, eng avvalo, hamkorlar bilan muzokaralar olib borish etikasi; ish yuritish etikasi; raqobatning axloqiy usullaridan foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |