O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»


Biznes loyihasi sarflarini qoplash muddatini aniqlash



Download 0,89 Mb.
bet83/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

Biznes loyihasi sarflarini qoplash muddatini aniqlash.
Har qanday biznes loyiha uchun sarf qilingan mablag‘larni qoplash muddati eng muxim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ayrim hollarda biznes loyihasi jalb qilingan mablag‘larni qaytarish davriga qadar zarar bilan faoliyat ko‘rsatadi, ya’ni olingan foydaning barchasi olingan qarzlarni qaytarishga safarbar qilinadi.
Jalb qilingan mablag‘larni qoplash muddati quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
RR = Ko / CFcr,
Bu yerda, RR – sarflarni qoplanish muddati (yil);
Ko – sarf qilingan mablag‘lar (so‘m);
CFcr – loyiha amalga oshganidan so‘ng yillik sof foyda.
Har qanday loyihaning samarali faoliyat davri bo‘ladi. Bu davrdan so‘ng mahsulot turini takomillashtirish, bozor talablariga moslash, ishlab chiqarish jixozlarini yangilash kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Loyihani samarali amalga oshirilganligi – qilingan xarajatlarni loyixaning samarali faoliyat davrida qoplanishi bilan ifodalanadi. Yuqorida keltirilgan formulalar loyihani rejalashtirish davri uchun mos keladi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng imkon qadar loyihada ko‘zda tutilgan foyda va ishlab chiqarish xajmini kamaytirmaslik lozim bo‘ladi.
Jalb qilinayotgan investitsiyalarni samaradorligi taxlil qilishda bu xarajatlar asosiy kapitalning yaratilishi, kengayishi, qayta jixozlanishi yoki rekonstruktsiyasiga sarf qilinayotganini unutmaslik kerak. SHu sababli bunday xarajatlardan samara qisqa muddatlarda ko‘rinmaydi.


Biznes reja moliyaviy bo‘limiga doir masala
SHisha tolalarini ishlab chiqarish loyihasi uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:

  • Loyihaoldi xarajatlari uchun 128,5 mln so‘m sarf qilinadi (qurilish davridagi ishlovchilarning ish xaqilari, loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash, ofis jixozlari sotib olish, yerga egalik qilish xuquqini sotib olish, konvertatsiya va bojxona xarajatlari);

  • Bino, inshootlar, texnologik va muxandislik jixozlari, transport vositalari va boshqa xarajatlarini amalga oshirishga 12485,5 mln so‘m sarf qilinadi;

  • Ishlab chiqarishni boshlash uchun 1286 mln so‘m aylanma mablag‘ zarur bo‘ladi;

  • Mahsulot tannarxi 1 kg uchun 6500 so‘mni tashkil qiladi. Mahsulotning bozor narxi esa 10500 so‘mni tashkil qiladi. Barcha turdagi soliq va to‘lovlarni inobatga olganda sof foyda 1 kg mahsulot uchun 2200 so‘mdan iborat bo‘lmoqda. Yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2800 tonnaligidan kelib chiqib, yillik hisobiy sof foyda 6160 mln so‘mni tashkil qiladi.

  • Loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilari (ta’sischilari) o‘zlarining 5000 mln so‘m mablag‘ini va 8900 mln so‘m bank kreditlarini jalb qilmoqda. Bank kreditlari 24% lik, 3 yilda qaytarish sharti va 9 oy imtiyozli muddat (shu davrda foizlar va kredit tani to‘lanmay turiladi). Loyihani ishga tushirish muddati kredit olingandan so‘ng 8 oyni tashkil etmoqda.

  • Jalb qilingan mablag‘larni qoplash muddatini hisoblaymiz

RR = Ko / CFcr,
Bu yerda, RR – sarflarni qoplanish muddati (yil);
Ko – sarf qilingan mablag‘lar (so‘m);
CFcr – loyiha amalga oshganidan so‘ng yillik sof foyda.
RR = 13900 / 6160 = 2,26 yil
Amalga oshirilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes uchun samaradorligi yuqori bo‘lgan loyiha tanlangan bo‘lib, rentabellik darajasi
R = (Fs / Tn) x 100,
Bu yerda, R – rentabellik darajasi, %;
Fs – sof foyda, so‘m;
Tn – tannarx, so‘m.
R = (2200 / 6500) x 100 = 33,8%
Demak loyihani amalga oshirish mumkin. Loyiha uchun asosiy risklarning eng muximi – ishlab chiqarilgan mahsulotni o‘z vaqtida belgilangan narxlarda sotish va ishlab chiqarishni rejada belgilangan miqdorda amalga oshirishdan iborat.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish