Ochiq, hisob bo‘yicha kredit bilan ta’minlash - bu sotuvchini doimiy haridoriga ta’min etmasdan va tez foiz to‘lamasdan to‘lov muddati uzaytirilgan shakldagi kreditidir. Sotuvchi haridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash xujjatlari bilan qarz miqdorini haridor nomiga ochilgan debet hisobiga o‘tkazadi. Haridor shartnomada ko‘rilgan mudadtlarda o‘z qarzini ochiq hisob bo‘yicha o‘zib boradi.
Overdraft - qisqa muddatli kreditlash shakli bo‘lib banklar amaliyotida ishlatiladi. U Angliyada paydo bo‘ldi. Overdraftning mazmuni shundan iboratki, odatda bankning ishonchli mijoziga ma’lum chegarada cheklar bilan qarz to‘lash huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo‘ladi, ya’ni debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o‘zaro shartnoma tuzib unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi.
Biznes reja tuzish uchun amalga oshiriladigan ishlar:
(Yangi korxona tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan loyiha)
Biznes g‘oyani amalga oshirish uchun marketing izlanishlari olib borish. Bunda asosan ishlab chiqariladigan mahsulot narhi va bozordagi ulushi, ishlab chiqaruvchilar haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. SHu bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar boxzori ham o‘rganiladi.
Marketing izlanishlaridan kelib chiqib, mahsulot turini, xajmini belgilash. Bozorda qaysi turdagi mahsulotga ehtiyojning kattaligi va qanchaligi hisob-kitob qilinadi.
Tanlangan mahsulot texnologiyasini ishlab chiqish, texnologik jixozlarni tanlash, narxlarini aniqlashtirish, ular uchun zarur bo‘lgan kommunikatsiyalarni va muxandislik inshoot va jixozlarini tanlash.
Tanlangan texnologik jixozlarni joylashish sxemani ishlab chiqish.
Jixozlar joylashuvidan kelib chiqib ishlab chiqarish binosini va yordamchi binolar o‘lchamlarini ishlab chiqish. Loyihalash uchun buyurtma tayyorlash.
Binoni loyiha-smeta xujjatlarini yaratish uchun loyihalovchi tashkilot tanlash va amalga oshirish.
Texnologik jarayonni me’yorlashtirish va texnologik xarajatlarni aniqlash. Texnologik jarayonlarni me’yorlashtirish asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi, asosiy va yordamchi materiallar xarajat me’yorlarini aniqlanadi. Ikkinchisi, texnologik opreatsiyalar uchun ketadigan vaqt me’yorlari aniqlanadi.
Loyihaning tashkiliy masalalarini ishlab chiqish. Bunda asosan vaqt me’yorlari asosida asosiy va yordamchi ishchilar miqdori, tsexlar, bo‘limlar tarkibi va bo‘ysunishi, shu asosida korxonaning tashkiliy tuzilmasi tayyorlanadi. SHu bilan bir qatorda ishlovchilarni tarif razryadlari, ish haqi stavkalari aniqlashtiriladi.
Loyihaning iqtisodiy va moliyaviy hisoblarini ishlab chiqish va loyiha samaradorligini baholash. Bu bo‘limda loyihani amalga oshirish uchun ketgan barcha xarajatlar (loyihaoldi xarajatlari, texnologik jixozlar va uskunalar qiymati va ularni o‘rnatish xarajatlari, bino va inshootlar uchun ketgan xarajatlar, transport vositalari qiymati va xokazolar), kerakli xom ashyo materiallari va ishlab chiqarishni boshlash uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar, mahsulot tannarxi, bozordagi narxni belgilash va rentabelligi, xarajatlarni qoplash muddatlari hisob-kitob qilinadi.
Loyihaning moliyalashtirish masalalarini xal qilish. Loyihani amalga oshirish uchun zarur summa (loyiha qiymati) aniqlangandan so‘ng tadbirkor biznes-sheriklar bilan muxokama qilib, qaysi manbalardan mablag‘ jalb qilinishini hal qilinadi. Bunda asosan o‘z mablag‘lari, bank kreditlari, lizing kompaniyalar mablag‘lari va boshqa moliyaviy manbalar bo‘lishi mumkin. O‘z mablag‘laridan tashqari barcha moliyalashtirish manbalari uchun zarur xujjatlar to‘plami tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |