Nomoddiy aktivlar - fizik xususiyatlarga ega bo‘lmagan, ammo korxona aktiviga qo‘shiladigan patentlar, litsenziyalar, nou-xou, avtorlik huquqlari va boshqa intellektual mulkdan iborat bo‘lib, o‘zining dastlabki narxini yo‘qotadi va vaqt o‘tish mobaynida foyda keltiradi. Nomoddiy vositalarni sotib olishni tovar va mahsulot sotishdan, ish bajarish va xizmatdan kelgan foyda hisobiga hamda bank krediti, jismoniy yuridik shaxslarni qaytarilmaydigan badallari hisobiga moliya bilan ta’minlaniladi. Oddiy vositalar ularni sotib olish qiymatlari bilan hisobga olinadilar, ularga qo‘shimcha (bevosita) harajatlar, bahzi bir obektlarni tartibga keltirib xo‘jalik faoliyatiga kiritish uchun qilingan harajatlar qo‘shiladi.
Kredit mablag‘lari va ularni berilish tartibi
Kredit qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli qisoblanadi. Milliy valyutadagi kredit mablag‘larining manbai bolib tijorat banklariva byudjetdan tashqari fondlar qisoblanadi. Bular kichik biznesga yordam berish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustivor soqalaridagi biznesni rag‘batlantiruvchi imtiyozli kreditlar beradilar:
O‘zbekiston xududida xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan qaytarib berish, to‘lov, ta’minlanganlik, muddatlilik va ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan biznes sub’ektlariga kredit berilmaydi, bundan tashqari, uzoq muddatli moliyaviy o‘pirilish va zararlarni qoplash uchun kredit olib bo‘maydi.
Kredit olish uchun potentsial qarz oluvchi ozining qarz oluvchi moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baqolash va ozi uchun quyidagilarni aniq belgilab olishi shart:
o‘z maqsuloti sotish bozorini(talab va taklifni o‘rganish);
loyiqani ishlashi uchun kerak bo‘ladigan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, tayyor maxsulotni sotish uchun zarur bolgan shartnomalarning mavjudligi;
kreditlanayotgan tadbirlarni samaradorligi;
qisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushishining davriyligi;
kredit va uning foizlarin so‘ndirish manbalarining;
kredit uchun to‘lanadigan to‘lovni qisoblash va uni davriyligi.
SHuningdek htgan yil uchun o‘z moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini taqlilini tayyorlab qo‘yish va joriy davr uchun kelgusini belgilash(biznes -reja) kerak bo‘ladi.
Yuqoridagi analitik va kelgusini belgilash ma’lumotlaridan kelib chiqib, qarz oluvchi kredit olish uchun ariza va iltimosnoma tayorlaydi. Iltimosnomada kredit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi, to‘lovliligi va ta’minlanganligi, o‘z kapitalining tarkibi va bu kapitalning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki tahriflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |