Uning turlari:
Qurilish va santexnika soxasida ishlatiladigan shisha tolalari: binolarning tom, devor va pol qismlarini izolyatsiya qiluvchi shisha tolalari; turli trubalar (suv, xavo, gazlar o‘tuvchi)ni izolyatsiya qiladigan shisha tolalari.
Qurilishda beton ishlarini olib borishda poydevor mustahkamligini oshirish uchun mo‘ljallangan shisha tolalari (beton ichiga armatura sifatida qo‘shib ishlatiladi).
Avtomobil va boshqa texnikalarning yuritmalaridagi shovqinni pasaytiruvchi material sifatida ishlatiladigan shisha tolalari.
Qurilish armaturasi sifatida (pulat armatura o‘rnini bosuvchi) ishlatiladigan shisha tolalari.
SHisha tolasi ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy xom ashyolar:
SHisha chiqindilari (shisha maxsulotlari qayta ishlovchi korxonalar chiqindilarini, oyna kesuvchilar chiqindilarini, shisha chiqindilarini axoli tomonidan yig‘ish orqali xarid qilish mumkin, narxlari – 800-1200 so‘m/kg);
Mustaxkamligini oshirish uchun ishlatiladigan kimyoviy komponentlar (chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi, narxlari – 8-11$/kg);
Mayinligini ta’minlovchi kimyoviy komponentlar (chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi, narxi - 14$/kg).
SHisha tolalari ishlab chiqaruvchi rakobatchi kompaniyalar taxlili
Andijon viloyati Bo‘ston tumanida joylashgan XXR kompaniyasida qurilishda beton ichiga armatura sifatida va avtomobilllar ovoz so‘ndirgichlari uchun ishlatiladigan shisha tolalari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati – yiliga 1500 tonnaga mo‘ljallangan. Narxlari – 10000 – 18000 so‘m/kg.
Samarqand viloyatidagi xususiy korxona yiliga 2000 tonna alyuminlashtirigan va bir qavatli temperaturaga qarshi izolyatsiya uchun ishlatiladigan shisha tolalari ishlab chiqariladi. Narxlari – 12000 so‘m/kg - alyumin qoplamasiz, 15000 so‘m – qoplamali.
SHisha tolalariga mahalliy bozorlarda bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
Tijorat do‘konlari orqali oyiga qancha sotilishini so‘rovnoma orqali aniqlash (taxminan yiliga 3500 tonna sotishi mumkin);
Avtomobil komponentlari uchun zarur bo‘lgan shisha tolalarini korxonalarga so‘rov orqali aniqlash (yiliga 250 tonna ishlatilishi mumkin);
Ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun qurilish kompaniyalari, qurilishda yagona injiniring xizmatlari kompaniyasi orqali aniqlash (yiliga 4500 tonna ishlatilishi mumkin) va xokazo.
SHisha tolalarini ulgurji va chakana savdo ob’ektlarida sotilishidagi qadoqlanish materiallarini o‘rganish.
Qadoqlash materiallarini bozor va savdo shaxobchalari orqali o‘rganish mumkin. Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi korxona ishlab chiqarilayotgan shisha tolalarini tsellofan materialdan tayyorlangan o‘ramlar bilan qadoqlab, xaridorga yetkazib beradi. Samarqand viloyatidagi xususiy korxona qalinligini 5 sm, eni 120 sm, uzunligi 12,5 metr bo‘lgan shisha tolasini rulon xolatida o‘rab, polietilen o‘ramlarga qadoqlaydi. Yuqoridagi savollar to‘liq o‘rganilgandan so‘ng qanday turdagi shisha tolasini ishlab chiqarishni tanlanganidan so‘ng xaridor talabiga asosan qadoqlab berish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |