Taqqoslanuvchi mezonlar
|
Ishlab chiqarish turlari
|
Donabay
|
Seriyali
|
Ommaviy
|
Mahsulot turi va ishlab chiqarish hajmi
|
Buyurtma asosida tayyorlanadigan cheklanmagan turdagi mahsulotlar
|
Ma’lum miqdorli keng turdagi mahsulotlar
|
Ko‘p xajmda kam turdagi mahsulotlar
|
Ishlab chiqarish takroriyligi
|
Mavjud emas
|
Davriy takrorlanuvchan
|
Doimiy takrorlanuvchan
|
Ishlatiladigan jixozlar
|
Universal
|
Universal, qisman maxsus
|
Asosan maxsus
|
Dastgohlarga operatsiyalarni biriktirilganligi
|
Mavjud emas
|
Chegaralangan miqdorda biriktirilgan
|
Bir-ikki operatsiya biriktiriladi
|
Jixozlar joylashuvi
|
Bir turdagi dastgohlar guruhi asosida
|
Konstruktiv va texnlogik o‘xshash detallar turiga qarab guruxlar bo‘yicha
|
Mahsulotga ishlov berish texnologiyasi ketma-ketligi bo‘yicha
|
Mahsulotni bir operatsiyadan keyingisiga uzatilishi
|
Ketma-ket
|
Parallel va
ketma-ket
|
Parallel
|
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shakli
|
Texnologik
|
Buyumli, guruhli, moslanuvchan buyumli
|
To‘g‘ri chiziqli
|
Ishlab chiqarish texnologiyasi va texnologik jixozlarni tanlash.
Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lib, mehnat mahsulini (xom ashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar) o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan harakatlar yig‘indisidir. Ishlab chiqarish texnologiyasi o‘z ichiga texnologik jarayonlar, texnologik jixozlar, asbob, uskuna va moslamalar, ularni bir biri bilan bog‘lovchi elementlar, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan asosiy va yordamchi materiallar hamda ularning xarajat me’yorlari, asosiy va yordamchi ishlovchilar, maxsulot birligiga sarf bo‘ladigan vaqt me’yorlari ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilayotgan usullar va jihozlar nuqtai nazaridan texnologik jarayonlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Donabay texnologik jarayon – bir tur va o‘lchamdagi mahsulotni ishlab chiqish yoki ta’mirlash uchun tayyorlangan texnologik jarayon;
Tipaviy texnologik jarayon – konstruktiv va texnologik jixatlari umumiy bo‘lgan mahsulotlar uchun tuziladigan texnologik jarayon (masalan, turli o‘lchamdagi avtomobil disklari ishlab chiqishda texnologik jarayonlari va konstruktsiyasi bir hil bo‘lgan xolat);
Guruxli texnologik jarayon – konstruktiv jixatlari turlicha va texnologik jixatlari umumiy bo‘lgan mahsulotlar uchun tuziladigan texnologik jarayon (masalan, podshipnik ishlab chiqarish korxonalarida teexnologik jarayonlar ketma-ketligi bir xil, lekin podshipniklar konstruktsiyasi turlicha bo‘lgan xolat).
Texnologik jarayonlar o‘z navbatida texnologik operatsiyalardan iborat bo‘ladi. Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo‘lib, bir ish o‘rnida bir yoki bir necha mahsulotlarga ishlov berishni bir yoki bir necha tomonidan bajarilishiga aytiladi. Masalan, flyanets detali 2 ta tokarlik, 1 ta parmalash va 1 ta frezalash operatsiyalari bilan tayyorlanadi. Tokarlik operatsiyalari 2 ta dastgohda birin-ketin amalga oshirilgani uchun 2 ta operatsiya hisoblanadi.
Texnologik operatsiyalar bir o‘rnatishda yoki bir necha o‘rnatishda amalga oshirilishi mumkin. O‘rnatish – texnologik operatsiyaning qismi bo‘lib, dastgoh moslamalariga bir o‘rnatishda bajariladigan xarakatlar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |