O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»



Download 0,89 Mb.
bet70/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

Texnologik o‘tish –mahsulotga ishlov berish me’yorlarini o‘zgartirmagan holda dastgohga bir o‘rnatishdagi to‘liq yakunlangan harakatlar yig‘inidisiga aytiladi.
Texnologik harakat – texnologik o‘tishning bir qismi bo‘lib, bunda kesish me’yorlari o‘zgarmagan holda bir yuzaga ishlov berish jarayonini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishdan avval texnologik jixozlarni tanlab olinishi kerak. Buning uchun loyiha bajaruvchilari loyihalanayotgan ishlab chiqarish yuqorida keltirilgan mezonlardan qaysi biriga to‘g‘ri kelishini aniqlab olishi lozim. SHu xulosalar asosida dastgohlar universal yoki maxsus, avtomatlashtirilgan yoki qo‘lda boshqariluvchan, yuqori unumdor yoki unumdorligi past bo‘lgan jixozlar tanlanadi. O‘z navbatida tanlanayotgan jixozlar qiymati ham yuqoridagi mezonlardan kelib chiqib turlicha bo‘ladi.
Bo‘limda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kommunikatsiyalar mavjudligi (tayyor bino va inshootlardan foydalanilgan taqdirda) yoki loyihalanishi zaruriyati ham ko‘rib chiqiladi. Bunda agar mavjud bo‘lgan bino inshootlardan foydalanilgan holat bo‘lsa, mavjud bino va kommunikatsiya tarmoqlari texnik jixatdan tahlil qilinadi. Texnik imkoniyatlar yetmagan holda qaysi tarmoqlarni rivojlantirish yoki o‘zgartirish xaqida qaror qabul qilinadi.
Bino va inshootlar mavjud bo‘lmagan holatda ishlab chiqilayotgan reja uchun yangi bino va inshootlar qurilishi nazarda tutiladi. Bunday hollarda loyihalanayotgan korxona uchun qancha ishlab chiqarish maydoni zarurligi, unga kerak bo‘lgan elektr energiya, suv, tabiiy gaz, siqilgan havo, kanalizatsiya tashlamalari va boshqa manbalar zarur miqdori texnologik hisoblardan so‘ng aniqlanadi.



  1. Ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash.

Ishlab chiqarish quvvatlari deb – ishlab chiqarish bo‘g‘imi (dastgoh, bo‘lim, tsex, korxona yoki sanoat tarmog‘i) tomonidan yillik maksimal ishlab chiqarish xajmiga aytiladi. Ishlab chiqarish quvvatlari natural xolatida ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligida hisoblanadi (ya’ni, yiliga metr, tonna, dona va xokazo). Ishlab chiqarish quvvatlari korxonaning eng muxim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish bo‘g‘imining quvvati asosan shu bo‘g‘imdagi ishlab chiqarish jixozlarining unumdorligi (soatiga ishlab chiqarish xajmi), ularning miqdori va sifati, ishlab chiqarish smenalari soni, mahsulot turi, mexnatni tashkil qilganlik darajasi va mexnat sig‘imidan kelib chiqadi.
Yangi korxona yoki tsex tashkil qilinganda yoki rekonstruktsiya qilinganda loyihaviy ishlab chiqarish quvvati aniqlanadi va bu xajm ma’lum turdagi mahsulotga hamda doimiy ish rejimiga hisoblangani uchun o‘zgarmas hisoblanadi. Ishlab chiqarish boshlanib, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng jixozlarning jismoniy eskirishi oqibatida loyihaviy ishlab chiqarish quvvati kamayishi yoki aksincha ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilinishi va yangi usullari qo‘llanilishi bilan ortishi mumkin. Bu xolatlar ro‘y bergan taqdirda ishlab chiqarish quvvatlariga o‘zgartirish kiritib qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish rejalarini tuzilayotgan paytda yil boshi, yil oxiri va o‘rtacha yillik quvvatlar hisoblanadi. O‘rtacha yillik quvvatdan kelib chiqib yillik ishlab chiqarish rejasi tuziladi. Ishlab chiqarish rejasi quvvat bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchi personal, bozordagi xolat, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib tuziladi.
Ishlab chiqarish quvvatlari ko‘p hollarda quyidagicha hisoblanadi:
PM = PO x St x Fe
Bu yerda, PM – ishlab chiqarish quvvati, natural birlikda o‘lchanadi (dona/yil);
PO – birlik jixozning soatiga unumdorligi (dona/soat);
St – jixozlar miqdori (dona);
Fe – jixozning bir yillik samarali ish vaqti fondi (soat).
Fe = Dp x m x Tp x (1-Kn/100)
Bu yerda, Dp – bir yildagi ish kunlari soni;
m – bir sutkadagi ish smenalari soni;
Tp - ish kunidagi soatlar miqdori (soat);
Kn – jixozlarni ta’mirlash va sozlash uchun rejalashtirilgan vaqt yo‘qotish
koeffitsienti.
Mahsulotning mexnat sig‘imidan kelib chiqib, ishlab chiqarish quvvatini quyidagicha hisoblash mumkin:
PM = Fe x St/Vm
Bu yerda,
Vm – bir jixozda mahsulotga ishlov berish uchun vaqt me’yori (soat).
Quvvatlardan foydalanish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
Kf = Mx/PM,
Bu yerda, Mx – haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
Ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash uchun quyidagi amallarni bajarilishi lozim bo‘ladi:

  • TSex va bo‘limlardagi ishlab chiqarish-texnologik tarkibni aniqlashtirish kerak;

  • Har bir jixozga ishni aniq taqsimlanishi kerak;

  • Mashina va jixozlarni belgilangan me’yorlarni qo‘llagan holda mexnat sig‘imini aniqlash kerak;

  • Bir xil vazifani bajaruvchi jixozlarning guruxlar bo‘yicha natijadorlik imkoniyatlarini aniqlash kerak;

  • Jixozlar ichidagi eng natijador va kam natijador guruxlarni aniqlash kerak;

  • Kam yuklangan yoki kam natijador jixozlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash kerak;

Ishlab chiqarish quvvatlarini (bo‘lim, tsex, korxona) hisoblash yetaklovchi bo‘g‘inning quvvatidan kelib chiqib hisoblanadi. Ya’ni, bo‘limning quvvati – yetakchi dastgohning quvvatidan, tsexning quvvati – yetakchi bo‘limning quvvatidan, korxoaning quvvati – yetakchi tsexning quvvatidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Masalan, cho‘yan quyish zavodi 4 ta tsexdan iborat: tayyorlov tsexi, quyish tsexi, tozalov tsexi va buyoqlash tsexi. Bu korxonada yetakchi tsex bo‘lib quyish tsexi hisoblanadi. Quyish tsexi 2 ta bo‘limdan iborat: metall eritish va quyish; qoliplarni tayyorlash bo‘limlari. Bu yerda yetakchi bo‘lim – metall eritish va quyish bo‘limi hisoblanadi. Metall eritish va quyish bo‘limi 2 ta gurux jixozlardan iborat: metall eritish pechlari va quyish liniyalari. Bu yerda metall quyish liniyalari yetakchi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yana bir muhim jixati – ishlovchilarning kvalifikatsiyasi hisoblanadi. Ko‘pincha yangi korxonalar tashkil qilinishida asosiy ishchilar kvalifikatsiyasi nisbatan past bo‘lishi mumkin. Bu vaqt o‘tishi, tajribalar ortishi, me’yorlar o‘zgarishi bilan yuqorilab boradi. Quvvat hisoblarini amalga oshirishda bu ko‘rsatkich jixozlarni ta’mirlash va sozlash uchun rejalashtirilgan vaqt yo‘qotish koeffitsienti orqali inobatga olinib ketadi.


Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish dasturi)ni tayyorlash.
Ishlab chiqarish dasturi – korxonaning uzoq muddatli va yillik biznes-rejasini asosiy qismi bo‘lib, bunda ishlab chiqariladigan mahsulot turi, natura xolidagi va qiymat ko‘rinishidagi xajmi aniqlashtiriladi. Mazkur qismda rejalashtirilayotgan davrda korxona faoliyati yo‘nalishlari, boshqa korxonalar (ta’minotchi va iste’molchi) bilan munosabatlari, turdosh korxonalar bilan kooperatsiya aloqalari ko‘zda tutiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish dasturi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  • Tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi;

  • Eksport qilinadigan mahsulot hajmi;

  • Maxsulot sifatini ta’minlash ko‘rsatkichlari;

  • Mahsulotni sotish rejasi.

Ishlab chiqarish dasturini belgilashda birinchi navbatda bozordagi ehtiyoj, xaridorlar bilan mahsulot sotish uchun tuzilayotgan shartnomalar, xom ashyo bilan ta’minlanganlik darajasi, energiya resurslari va boshqa kommunikatsiyalar ta’minoti, mexnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ham inobatga olinadi.
Ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:

  • Korxona ustavida ko‘rsatilgan faoliyat turlari;

  • O‘tgan davrlar uchun ishlab chiqarish dasturlarini bajarilish ko‘rsatkichlari;

  • Korxona mahsulotiga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari (bozor);

  • O‘tgan davr uchun sotilgan mahsulotlarga bo‘lgan reklamatsiyalar va kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar;

  • Ishlab chiqarish quvvatlari ko‘rsatkichlari;

  • Texnik-iqtisodiy me’yorlar va standartlar;

  • Yuqori turuvchi tashkilot yoki Kuzatuv kengashining korxona strategik taraqqiyoti haqidagi qarori.

Qabul qilingan ishlab chiqarish dasturi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:

  • Qaysi mahsulotdan qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak;

  • Mahsulot qaysi muddatlarda xaridorga junatilishi kerak;

  • Rejalashtirilayotgan davrda ma’sulot sifati ko‘rsatkichlari qanday bo‘lishi kerak;

  • Qo‘shimcha buyurtmalar bo‘lgan taqdirda korxona rejaga qo‘shimcha qancha mahsulot ishlab chiqarishi mumkin;

  • Ishlab chiqarishni amalsha oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar miqdori.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash va me’yorlashtirish.
Ishlab chiqarish xarajatlari – ishlab chiqarish jixozlari va mexnat resurslari vositasida xom ashyo va metariallarni tayyor mahsulot holiga kelishi uchun ketgan korxona ichidagi xarajatlarga aytiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • O‘zgaruvchan xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish xajmi bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, o‘zgarmas xarajatlar bilan birgalikda jami ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil qiladi. O‘zgaruvchan xarajatlar bevosita xarajatlar hisoblanmaydi.

  • Doimiy xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish xajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar bo‘lib, ishlab chiqarish xajmining ortishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgarmas xarajatlarni kamayishiga olib keladi va korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Bevosita xarajatlar – korxonada ishlab chiqarilayotgan konkret mahsulot turiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan mahsulot tannarxidagi xarajatlarga aytiladi.

  • Bilvosita xarajatlar – mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilmagan xarajatlar bo‘lib, uning tarkibiga ma’muriy-boshqaruvga, xodimlar malakasini oshirishga, korxona faoliyatini olib borishi sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan va shunga o‘xshash xarajatlar kiradi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish