O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining
Qarori
Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 43-sonli “Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida yurgizish-yuqori sudlar tomonidan sudlov faoliyatining ustidan nazorat qilishning muhim usuli bo‘lib, u sudlar yo‘l qo‘ygan xatolarni ayniqsa tezroq tuzatishga imkon beradi, jinoyat-sudlov ishlarini yurgizish vazifalarini bajarishga va respublikada qonunchilikni mustahkamlanishiga yordam beradi.
Sudlar ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish sifatini yaxshiladilar, lekin shu bilan birgalikda kassatsiya instansiyasi sudlarining ishida sud faoliyatini va odil sudlovni amalga oshirishda salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy kamchiliklar bor.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat va jinoyat protsessual qonunlarini to‘g‘ri qo‘llanishiga ayrim hollarda e’tibor berilmaydi. Natijada ayrim qonunsiz va asoslantirilmagan sud hukmlari va ajrimlari o‘zgartirilmasdan va bekor qilinmasdan qoldiriladi, shu bilan bir vaqtda, qonuniy va asoslantirilgan hukm va ajrimlarni bekor qilish faktlari uchrab turadi.
Kassatsiya instansiyalari dastlabki tergov va sud majlisida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlariga qarshi xususiy ajrim chiqarishga kam e’tibor bermoqdalar.
Ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish uchun tayyorlashda va ish materiallarini to‘la tekshirishda xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Kassatsiya instansiyalarida ishlarni ko‘rish tartibi va shartlarini belgilovchi qonunlarni buzish hollariga barham berilmagan.
Ayrim hollarda, hukm va ajrimlar bekor qilinib, ishlarni qayta sudga jo‘natish paytlarida, aybni tasdiqlanganligi masalasi oldindan hal qilib qo‘yiladi, yoki birinchi instansiya sudlariga qaysi dalillarni qabul qilish yoki qabul qilmaslik, yoki qaysi qonunni qo‘llashga ko‘rsatmalar beriladi.
Ayrim hollarda birinchi instansiya sudlari, ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish uchun jo‘natilishida, ularni qonun talabi bo‘yicha rasmiylashtirmaydilar, buning natijasida, kamchiliklarni to‘ldirmoq uchun ishlar sudlarga qaytarilib, sansalorlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ayrim ishlar qonun tomonidan belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmaydi. Ishlarni ko‘rishni boshqa kunga qoldirish haqida asoslantiruvchi ajrimlar chiqarilmaydi, ishlarni ko‘rilish kuni to‘g‘risida kassatsiya instansiyasida qatnashuvchi shaxslarga o‘z vaqtida xabar qilinmaydi.
Ayrim kassatsiya instansiya sudlarining ajrimlarida kassatsiya shikoyati bergan mahkumlarning sudlanganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilmaydi, shikoyat va protestlarning mazmuni, prokurorning fikri va xulosasi, sud muhokamasi qatnashchilarining iltimosnomalari, izohlari va fikrlari bayon etilmaydi.
Himoya huquqni buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda, sud praktikasida uchrab turadigan ayrim masalalarni hal qilishda bir xillik yo‘q.
Kassatsiya instansiyalarining ayrim ajrimlari qonun belgilab qo‘ygan muddatda ijro etish uchun yuborilmaydi.
Natijada, ana shunday ishlar bo‘yicha chiqqan hukm va ajrimlar nazorat instansiyasi sudlari tomonidan qayta ko‘rib
chiqiladi, ishlarni hal qilishda sansalorlikka yo‘l qo‘yiladi.
Kassatsiya tartibida ishlarni ko‘rishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va bu masalalarni bir xilda hal etilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi quyidagi rahbarlik tushuntirishlarini berishga qaror qiladi:
1. Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida sinchiklab, to‘g‘ri va hartomonlama tekshirib ko‘rib hal qilish katta ahamiyatga ega, vaholanki qonunsiz va asoslantirilmagan hukm, ajrim va qarorlarni kuchga kirishining oldi olinadi, hamda odil sudlovning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarini amalga oshirish ta’minlanadi.
Yuqori sudlar quyi sudlarga nisbatan, ular chiqaradigan hukm, ajrim va sudya qarorlarining qonunga to‘la muvofiq bo‘lishiga erishish uchun talabchanlikni oshirishlari kerak. Birinchi instansiya sudlari ishlarni kassatsiya tartibida rasmiylashtirishda, kassatsiya shikoyatlari va protestlari berilgani to‘g‘risida ma’lum qilishni va sud majlisi protokoli bilan tanishtirishni tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunlariga qattiq amal qilishga majburdirlar.
Sudlarga shuni eslatib o‘tish kerakki, dastlabki kassatsiya shikoyati qonunda ko‘rsatilmagan.
Kassatsiya instansiya sudlari ishni o‘ziga qabul qilib olishdan oldin mahkum, oqlangan, jabrlanuvchi va boshqa sud muhokamasi qatnashchilarining manfaatlariga taalluqli protest yoki shikoyat tushganligi to‘g‘risida ushbu shaxslarga ma’lum qilinganligini aniqlashlari kerak.
Birinchi instansiya sudlari shuni nazarga tutmoqlari kerakki, qonunga binoan /O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 304, 305, 332-moddalari/, sud muhokamasi qatnashchilari tushgan shikoyat va protestlar bilan tanishishga va bu protest va shikoyatlarga o‘z e’tirozlarini bildirishga haqlidirlar. Lekin, ularga bu majburiyatlarni yuklash qonunga ziddir.
2. Kassatsiya shikoyatlari va protestlariga chuqur mulohaza, diqqat-e’tibor bilan yondoshish kerak. Ularda ko‘rsatilgan vajlar javobsiz qolmasligi uchun, bu vajlarni sinchiklab o‘rganib va analiz qilib, ishdagi mavjud va qo‘shimcha berilgan materiallar bilan solishtirib ko‘rish shart.
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonun normalariga amal qilinishiga jinoiy harakat kvalifikatsiyasi to‘g‘riligiga, tayinlangan jazoni asoslantirilganligiga qonuniy va adolatli bo‘lishiga alohida e’tibor berish kerak.
3. Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini to‘la tekshiradi. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirayotib, kassatsiya instansiyasi sudi, birinchi instansiya sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlarini, bu haqda shikoyat yoki protestda ko‘rsatilishidan qat’iy nazar, bartaraf qilishga majbur. Kassatsiya instansiyasi chiqarilgan
xususiy ajrim qonuniyligini, uning hukm va ish materiallariga mosligini tekshirishi shart. Agar, asoslar bo‘lsa, xususiy ajrimni bekor qilish yoki o‘zgartirish mumkin.
4. Bir necha kishiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilayotganda, sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 308-moddasiga binoan, kassatsiya shikoyati bermagan, yoki jabrlanuvchi kassatsiya shikoyat va prokuror protesti keltirilmagan shaxslarga nisbatan ham ish to‘la hajmda tekshiriladi. Agar asoslar bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan mahkumlarning ahvolini og‘irlashtirmaslik sharti bilan, sud hukmiga kerakli o‘zgartishlar kiritish, yoki uni bekor qilish mumkin.
Agar hukmga o‘zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish uchun asoslar bo‘lmasa, ushbu mahkumlarga nisbatan ish tekshirilganligi va hukm o‘zgartirilmasdan qoldirilganligini ko‘rsatish kerak emas.
5. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 308, 333-moddalarining mazmuniga ko‘ra, ayrim mahkumlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari yoki prokuror protesti berilib ish bo‘yicha hukm yuqori sud tomonidan bekor qilinmasa, bu hukm ish hamma mahkumlarga nisbatan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilganidan so‘ng kuchga kiradi.
6. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarning jiddiy buzilishlari aniqlanib, bu hukmni bekor bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa va yo‘l qo‘yilgan buzilishlar hamma mahkumlarga taalluqli bo‘lsa, ulardan qaysi biri kassatsiya shikoyat berganidan yoki qaysi biriga prokuror protest keltirilganidan qat’iy nazar, kassatsiya instansiyasi hukmni butunlay, hammaga nisbatan bekor qilishga majbur. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasi 2 qismida ko‘rsatilgan qonun buzilishlaridan tashqari, boshqa jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarining buzilishlari, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki boshqa sud muhokamasi ishtirokchilarining qonuniy garantiyalangan huquqlari kamsitilganligi yoki bu huquqlardan mahrum qilinganligi, sudning ish holatlarini to‘la va xolisona aniqlanishiga, qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishga ta’sir qilgan, yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa /ishda sudga berish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimning yo‘qligi, ayblash fikrining tasdiqlanmaganligi, ayblash fikrining topshirilmaganligi, qonunda ko‘rsatilgan hollarda himoyalash bilan ta’minlanmaganlik, qonun bo‘yicha o‘tkazilishi majburan bo‘lgan ekspertizaning o‘tkazilmaganligi, sudlanuvchiga oxirgi so‘z berilmaganligi va boshqalar/, ushbu talabga rioya qilinishi kerak.
7. Agar biror sabab bilan ayrim mahkumlarga nisbatan o‘z muddatida berilgan kassatsiya shikoyati yoki protest, ishni boshqa mahkumlarga nisbatan ko‘rib chiqilganidan so‘ng
kelib tushsa, yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 306-moddasiga binoan, shikoyat yoki protest keltirish muddati tiklangan bo‘lsa, shuningdek mahkum va uning himoyachisining kassatsiya shikoyati, boshqa sud protsessi ishtirokchisining kassatsiya shikoyati, yoki prokuror kassatsiya protesti bilan ushbu mahkumga nisbatan ish ko‘rilib chiqilganidan so‘ng kelib tushsa, kassatsiya instansiya sudi, chiqarilgan ajrimni bekor qilinishi va hamma shikoyat va protestlarni bir vaqtda ko‘rib chiqilishi uchun, ishni nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan sud raisiga yuboradi.
Nazorat tartibida kassatsiya sudi ajrimi bekor qilinib, ishni qaytadan ko‘rish uchun yuboriladigan bo‘lsa, shu ishni ikkinchi marta ko‘radigan kassatsiya instansiya sudi, qonun tomonidan o‘rnatilgan protsess ishtirokchilariga ma’lum qilish talabiga amal qilib, shikoyat yoki protest bergan shaxslarga ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rilishi to‘g‘risida xabar berishi shart /O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 304, 332-moddalari/. Bu talabni bajarmaslik qonunni jiddiy buzish deb hisoblanadi.
8. Sudlanuvchining himoyachisi o‘z tashabbusi bilan kassatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Agar ushbu himoyachi, mahkumning roziligi bilan boshqa himoyachi bilan almashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 305-moddasi 4-qismiga binoan u qo‘shimcha shikoyat /qo‘shimcha vajlar/ keltirishi mumkin.
Agar mahkum ikkinchi sud instansiyasida himoyadan voz kechsa, boshqa kassatsiya shikoyati yoki protesti bo‘lmagan taqdirda ish ko‘rilmasdan qoldiriladi. Lekin, sudlar shuni nazarda tutmoqlari lozimki, mahkumning himoyadan voz kechishi sud uchun majburiy bo‘lmagan hollar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 45-moddasida ko‘zda tutilgan.
Kassatsiya instansiyasi himoyadan voz kechishni qabul qilmasdan, ishni mazmunan ko‘rishi mumkin. Himoyadan voz kechishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida kollegial ravishda qaror qabul qilinadi va bu qaror ajrim matniga kiritiladi.
9. Mahkumning yoki jabrlanuvchining yaqin qarindoshi, agar u amaldagi qonun asosida jabrlanuvchi yoki mahkumning qonuniy vakili sifatida ishda qatnashish huquqiga ega bo‘lsa, uning keltirgan shikoyati kassatsiya shikoyati deb hisoblanadi va ishni kassatsiya tartibida ko‘rish uchun asos bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 224, 230-1-moddalari).
Kassatsiya instansiya sudi ishlarni ko‘rish paytida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishda jabrlanuvchining qatnashuvini tartibga soluvchi qonun talablarini to‘g‘ri qo‘llanilganligini sinchiklab tekshirishi kerak va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishini e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.
Jabrlanuvchining huquqlaridan mahrum qilish yoki ularning bu huquqlarini qisish, agar ishni har tomonlama ko‘rishga xalaqit bergan bo‘lsa, qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishga ta’sir qilgan bo‘lsa, bu hukmni bekor bo‘lishiga olib keladigan jinoyat protsessual qonunini jiddiy buzilishi deb tanilishi kerak /O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasi/.
10. Agar advokat bilan tuzilgan shartnoma bo‘lmasdan, mahkum sud majlisi protokoli bilan advokat ishtirokida tanishtirish to‘g‘risida talab qo‘ysa, unga qonunda ko‘rsatilgan, protokol bilan tanishish tartibini tushuntirish kerak.
Sud majlisi protokolining hajmini hisobga olgan holda, sud protokol bilan tanishish muddatini belgilashga haqlidir.
Sud majlisi protokolining imzolangan kuni to‘g‘risida raislik etuvchi protokolda ko‘rsatib o‘tishga majburdir. Uzrli sabablar bo‘lgan taqdirda ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishga yo‘l qo‘yiladi. Agar ishda qatnashuvchi shaxslarga ishni ko‘rilishi to‘g‘risida tegishli ravishda ma’lum qilingan bo‘lsa, ammo u shaxslar sudga kelmasalar, kassatsiya instansiyasi, kelmaslik sabablarini tekshirib ko‘rib, ishni ularsiz ko‘rish masalasini hal qilishi kerak, bu haqda sud ajrimida ko‘rsatib o‘tish zarur.
11. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rish paytida, keltirilgan yoki sudning tashabbusi bilan talab qilib olingan qo‘shimcha materiallar sudda tekshirilgan holatlarga taalluqli bo‘lsa va yangi ochilgan holatlar borligi to‘g‘risida dalolat bermasa, bu materiallardan foydalanish mumkin.
Qo‘shimcha materiallarga ishdagi barcha mavjud dalillar bilan birga baho beriladi va
shular bilan bir qatorda hukm, ajrim va qarorni bekor qilib, ishni yangi tergovga yangi sudga yuborish qaroriga asos bo‘lib kiritilishi mumkin.
Sud muhokamasining qaysi bosqichidan ishni yangidan ko‘rmoqlik uchun yuborish masalasini hal qilayotib, sud ish holatlarini to‘la va hartomonlama tekshirish, ayblanuvchining himoya huquqini ta’minlash zaruriyatiga asoslanishi, qo‘shimcha materiallar dastlabki tekshirish predmeti bo‘lmaganligi va qonun bo‘yicha ayblanuvchiga e’lon qilinmaganligini nazarda tutishi kerak.
Qo‘shimcha taqdim qilingan materiallar bilan aniqlangan fakt, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshiruv o‘tkazish va baho berishni talab qilmaydigan holdan tashqari /kassatsiya shikoyati berilganidan so‘ng mahkumning o‘lib qolishi, mahkumning jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmaganligi, ilgari sudlanmaganligi va boshqalar/ boshqa hollarda, ushbu materiallar asosida hukmni o‘zgartirishga uni bekor qilib, ishni harakatdan yotqizishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudlarning e’tibori shu narsaga qaratilsinki, qo‘shimcha materiallar tergov yo‘li bilan qo‘lga kiritilishi mumkin emas, chunki qonun mazmuniga ko‘ra, ish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha tergov harakatlari /ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish, olib ketish /vyemka/, zkspertiza o‘tkazish, voqea joyida ko‘rgazmalarni tekshirish va boshqalar/ faqat hukm bekor qilinib, ishni qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun yuborilganda o‘tkazilishi mumkin.
12. Ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rilishi, sudlanuvchi aybdor deb topilgan yoki oqlangan ayb doirasida bo‘lishi mumkin. Agar, mahkumning ahvoli og‘irlashtirilmasa yoki uning himoya huquqi buzilmasa, aybni o‘zgartirish mumkin, jumladan, bu o‘zgartirish mahkumning hukmda mujassamlashtirilgan aybidan jiddiy ravishda farq qilmasa, yoki og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa, sud sodir etilgan jinoyatni boshqa yengilroq qonun moddasiga yoki moddalariga qayta kvalifikatsiya qilishga, aybning bir qismini /epizodini/ yoki mahkum javobgarligini og‘irlashtiruvchi belgilarni chiqarib tashlashga, alohida kvalifikatsiya qilingan hukmning bir qismini bekor qilishga va bu qismi bo‘yicha
ishni yotqizishga, hukmni bekor qilmasdan va bu qismi bo‘yicha ishni yotqizmasdan, qilingan jinoyatga xato baho berish natijasida ikki jinoyatning ideal yig‘indisi sifatida e’lon qilingan qonun moddasini chiqarib tashlashga haqli.
Hukmga kiritilgan o‘zgartirishlar ajrimning rezolyutiv-xulosa qismida ko‘rsatilishi kerak.
13. Agar ishni ko‘rish natijasida kassatsiya instansiyasi mahkum harakatlarini amnistiya akti bo‘yicha, yoki javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi uchun, jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydigan jinoyatga kvalifikatsiya qilish zarur degan xulosaga kelsa, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 5 moddasi 1, 2, 3, 4-bandlariga rioya qilgan holda, birinchi instansiya sudi qabul qilishi majburiy bo‘lgan, lekin qabul qilmagan qaror chiqarishi lozim, ya’ni, qilingan jinoyat qonunining tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, ushbu modda bilan jazo tayinlab, mahkumni jazodan ozod qilishi kerak.
Agar aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi amnistiya aktiga zid ravishda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, yo jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, mahkum, garchan jazo o‘tashdan ozod qilingan bo‘lsada, ayblash hukmi bekor qilinib, ish harakatdan yotqiziladi.
14. Mahkum yoki uning himoyachisi shikoyati bilan ishni ko‘rayotib, bir tomonlama, yoki to‘la bo‘lmagan surishtiruv, dastlabki tergov va sud tergovi natijasida hukmni bekor qilayotib, kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi aniqlamagan yoki rad etgan, mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi holatlarni o‘z ajrimiga kiritishi mumkin emas.
15. Ishning boshqa epizodlari bilan birga umumiy kvalifikatsiya olgan bir yoki bir nechta epizodli holatlari qismini to‘liq tekshirilmaganini aniqlab /masalan, shaxsni bir necha marta pora olganlikda aybdor deb topish/, kassatsiya instansiyasi e’lon qilingan ayb bo‘yicha to‘la miqdorda hukmni bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishi kerak yoki, asoslar bo‘lganda, hukmni o‘zgartirib, ko‘rsatib o‘tilgan epizodlarni chiqarib tashlab, hukmni bu qismini harakatdan yotqizishi lozim.
Agar mahkum bir qancha jinoyatlarni qilganlikda aybdor deb topilgan bo‘lsa va jinoyatlarning har biri qonundagi tegishli modda bilan kvalifikatsiya qilingan bo‘lib, alohida ko‘rilishi mumkin bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi, hukmni bir jinoyat yoki bir necha jinoyat qismi bo‘yicha bekor qilib, mahkumga nisbatan hukmning boshqa qismini o‘zgartirmasdan
qoldirib, ishni yangidan ko‘rish yoki qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun yuborishga haqli.
16. Kassatsiya ajrimlarining muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib, ularning mazmuni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 327-moddasi talabini so‘zsiz bajarilishi zaruriyatiga sudlarning diqqat-e’tibori qaratilsin.
Ajrim xulosalari tegishli moddiy yoki protsessual qonun manbalariga tayanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasida ko‘rsatilgan barcha masalalar shunday hal qilinishi va bayon etilishi kerakki, hukmni ijro qilishda, yoki hukm va ajrimni nazorat tartibida o‘rganishda qiyinchiliklar tug‘ilmasligi lozim.
Hukmni bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun sudga yuborayotib, kassatsiya instansiya sudi o‘z ajrimida hukmni bekor qilishga qanday buzilishlar sabab bo‘lganini va ularni qanday tuzatish yo‘lini ko‘rsatishi kerak.
Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini 328-moddasiga binoan, kassatsiya instansiyasi surishtiruv, dastlabki tergov va sud xulosalarini oldindan hal qiluvchi ko‘rsatmalar berishga haqli emas, chunki ishni yangidan ko‘rish paytida birinchi instansiya sudi sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emaslik masalasini jinoyat qonunini qo‘llab, jazo tayinlashda dalillarga o‘z ichki ishonchi bilan baho berib, ish bo‘yicha hamma holatlarni har tomonlama, to‘la va obyektiv ko‘rish asosida, huquqiy ong va qonunlarga tayanib uni hal qilishga majburdir.
17. Birinchi instansiya sudi tomonidan mahkumga amnistiya qo‘llanishi mumkin bo‘lmasada, lekin qo‘llanilgan bo‘lsa, jazo yengilligi to‘g‘risida prokurorning protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 316-moddasi 2-qismiga asoslanib, kassatsiya instansiyasi, amnistiyani qo‘llamasdan jazo tayinlash uchun hukmni bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yuboradi.
Agar kassatsiya instansiyasi tayinlangan jazo miqdorini to‘g‘ri deb topsa /amnistiya qo‘llanilgani bilan/, amnistiya qo‘llamasdan mahkum uchun jazo yetarli deb hisoblasa, ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan, hukmni o‘zgartirishi, ya’ni amnistiya qo‘llanishini chiqarib, hukmning birinchi tayinlangan, yakunlov jazo miqdoriga almashtirishi mumkin,
Agar kassatsiya instansiyasi biror sabab bilan /amnistiya qo‘llanishi to‘g‘risidagi tushuntirishning yo‘qligi va boshqalar/ amnistiya qo‘llamagan bo‘lsa, zarur hujjatlar mavjud bo‘lsa amnistiyani qo‘llash to‘g‘risida qo‘shimcha ajrim chiqarishi mumkin.
18. Birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘shib jazo tayinlash prinsipi o‘rniga /Jinoyat kodeksining 41-moddasi/, yengilroq jazoni og‘irroq jazo bilan qoplash prinsipini noto‘g‘ri qo‘llanganini aniqlab,
tayinlanayotgan jazo miqdori, agar hukm bilan belgilangan jazo miqdoridan oshib ketmasa, kassatsiya instansiyasi, qo‘shib jazo tayinlash prinsipiga o‘tishi mumkin.
Jinoyatlardan birini yengilroq og‘ir jinoyat bo‘yicha qonun moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, o‘sha modda bilan yangi, yengilroq jazo tayinlayotib, yuqori sud, birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilgan, tayinlangan jazolarni qoplash prinsipidan, qo‘shib jazo tayinlash prinsipiga o‘tishi mumkin, shuningdek, tayinlanadigan jazo hukm bilan belgilangan jazo miqdoridan oshib ketmaslik sharti bilan, jami jinoyatlar uchun shu prinsiplardan istalgani bilan belgilanishi mumkin bo‘lgan holda ham /Jinoyat protsessual kodeksining 40 moddasi/, qo‘shib jazo tayinlash prinsipiga o‘tishi mumkin.
Birinchi instansiya sudi qonunining bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadigan aybdorning ikki yoki undan ortiq jinoyatlaridan biriga to‘g‘ri yuridik baho berib, boshqa jinoyatlarga xato ravishda, yanada og‘irroq jinoyat qonuni moddasini qo‘llab, ularni ikki modda bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi mazkur jinoiy harakatlarni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan moddadan yengilroq moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda sanksiya chegarasida og‘irroq jazo tayinlashga haqli, lekin bu jazo hukm bo‘yicha tayinlangan jazo miqdoridan oshib ketmasligi kerak.
Agar hukm bo‘yicha koloniya rejimi turi tayinlanmagan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi bu kamchilikni tuzata olmaydi, bu holda qonunni buzgan sud adresiga xususiy ajrim chiqariladi. Birinchi sud instansiyasi esa, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 344, 345-moddalariga binoan koloniya turini tayinlaydi.
Agar, koloniyaning rejim turi uning yengilroq turi bilan noto‘g‘ri tayinlangan bo‘lsa, prokurorning protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati bilan ish ko‘rilayotganda, kassatsiya instansiyasi ishda boshqa jiddiy kamchiliklar topmasa, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 344, 345-moddalari qoidalariga muvofiq, hukmning rejim
tayinlash qismini bekor qilib, ishni o‘sha qismini yangidan ko‘rish uchun yuboradi. Agar birinchi sud instansiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 23-1-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga qaramasdan, shaxsni alohida xavfli retsidivist deb tanish masalasini hal qilmagan bo‘lsa yo alohida xavfli retsidivist deb tanimagan bo‘lsa, kassatsiya instansiya sudi, prokuror protesti yoki jabrlanuvchi shikoyati bilan, ish holatlarini nazarga olib, hukmni bekor qilishi va ishni yangidan ko‘rish uchun sudga yuborishi mumkin.
Hukmni bekor qilish, ish qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun yuborilayotganda, yoki ishni qo‘shimcha tergovga yuborish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilinayotganda, kassatsiya instansiyasi ajrimda sudlanuvchilarning ehtiyot chorasini ko‘rsatib o‘tishga majbur.
Kassatsiya instansiya sudi zarurat tug‘ilganda, hukm mohiyatiga dahl qilmaydigan va mahkum ahvolini og‘irlashtirmaydigan, hukm kamchiliklari natijasida paydo bo‘lgan shubha va noaniqliklarni, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsossual kodeksining 344, 345-moddalarida ko‘rsatilgan tartibda hal qiladi.
Kassatsiya instansiya sudlari hukmni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z munosabatini bildirib, bu kamchiliklarni bartaraf qilishga erishishlari kerak.
19. Mahkum yoki boshqa protsess qatnashchilari tomonidan kassatsiya shikoyati yoki protesti berilgandan so‘ng, ish hali kassatsiya tartibida ko‘rilmasdan mahkum o‘lib qolsa, agar ishni tekshirish natijasida marhumni oqlash /reabilitatsiya qilish/ asosi bo‘lsa, ushbu mahkumga nisbatan ishni ko‘rish davom etishi mumkin. Aks holda, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 5-moddasi 8-bandi bilan ish harakatdan yotqiziladi.
Lekin, shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 62-moddasi va grajdanlik protsessual kodeksining 5-moddasi, 2-bandiga binoan prokuror da’vosi bo‘yicha, yoki jabrlanuvchi shikoyati bilan mulkni davlat foydasiga hal qilish masalasini grajdanlik ishlarini sudda ko‘rish tartibida hal qilinishini, sudlar nazarda tutmog‘i kerak. Marhumning harakatlaridan yetkazilgan zararni qoplash masalasi esa, jabrlanuvchining yoki prokurorning da’vosi bilan uning merosxo‘rlariga yoki mulkini idora etishni o‘z javobgarligiga olgan shaxslarga nisbatan ko‘rib chiqiladi.
Ish bo‘yicha daliliy ashyolarning taqdiri kassatsiya instansiyasi qarori bilan aniqlanib, ishni harakatdan yotqizish to‘grisidagi ajrimga kiritilishi kerak, agar mulk kimga tegishliligi to‘g‘risida kelishmovchilik mavjud bo‘lsa, grajdanlik ishlarini ko‘rish tartibida hal qilinadi.
20. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rish paytida sud qonunsiz va asoslantirilmasdan hukmni bekor qilayotib, xato
hukm chiqarish surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazgan shaxslar va sudyalarning o‘z vazifalarini ijro etishdagi beparvolik natijasi ekanligini aniqlab, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 331-moddasiga binoan, bu nuqsonlarga e’tiborni qaratishi lozim.
Kassatsiya instansiya sudi shuningdek, o‘z ajrimi bilan surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazgan mansabdor shaxslarni, yoki birinchi instansiya bo‘yicha ishni ko‘rgan sudning e’tiborini, hukmni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga olib kelgan buzilishlar bo‘yicha ham qaratishi mumkin.
Lekin sud, hukm tomonidan rad qilingan faktlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, yoki o‘zgartirilmasdan qoldirilgan hukmni qonuniyligini va asoslantirilganligini mazmunan rad etuvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi jinoyat ishlarini sud nazorati tartibida ko‘rayotib, ushbu ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rilganida qonunning hamma talablariga rioya qilinganligiga jiddiy e’tibor berishi va shu bilan birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari faoliyatida qonunchilikka qattiq rioya qilinishini ta’minlashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining a’zosi A. IShMETOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-noyabr,
5-6-PL-92-son