Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazus -1
Fuqaro M. Boltayev o’z oilasi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun oilaviy korhona tashkil etgan edi. U shu tumanda joylashgan ,,Chicken star” MCHJ bilan sut va go’sht maxsulotlari yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolagan edi . Shartnoma shartlariga ko’ra M.Boltayev har oyda 2000 litr sut va 1000 kg mol go’shtini yetkazib berishi kerak edi. Ammo M. Boltayev shartnoma shartlarini buzib bir necha oy davomida kelishilgan mahsulotni yetkazib bermadi. Natijada ,,Chicken star” MCHJ yetkzilgan zararni undirish uchun sudga murojaat qildi . Sud yetkazilgan zarar M.Boltayevning oilaviy korxonasining mulkidan undirish , bu mulik yetmagan summa esa,oilaviy korxona ishtirokchilari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi hodimlarning mulkidan subsidar tarzda undirish haqida qaror chiqardi . Oilaviy korxona rahabari M.Boltayev esa sudning bu qarori ustidan yuqori instansiyaga shikoyat qilib , zarar faqat oilaviy korxonaning mulkidan undirilishi kerakligini aytdi. Yuqori instansiya sudi esa quyi instansiya sudining qarorini qisman o’zgartirib, faqat oilaviy korhonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimlarni mulkidan undirilsin degan qismini bekor qildi . Qolgan qismini o’zgarishsiz qoldirdi. Vaziyatni qonunchilik asosida taxlil qiling.
,,Har bir biznesmen odam uchun oltin qoida :
O’zingni mijozlaring o’rniga qo’yib ko’r .
Har bir ishga ma’sulyat bilan yondashish natijani
ijobiy tomonga o’zgartiradi. Haqiqiy biznesmen
bajaruvchi bo’ladi, orzu qiluvchi emas’’
Marden Orison
Kazusni tahlil qilish jarayoni
Berilgan kazusni qonunchilik asosida taxlil qilishda ko’pgina qonunlar normativ huquqiy hujjatlar qarorlarga murojoot etib, javob topib oydinlik kiritib olish lozim. Barcha ma’lumotlar jamlangach sud tomonidan chiqarilgan qarorni izohlaymiz.
1.Oila korxonasi haqida tushuncha. 2.Tadbirkorlik(xo’jalik ) shartnomalari. 3.Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’illanuvchilarning majburyatlari. 4.MCHJ (Masulyati cheklangan jamiyat) haqida qisqacha ma’lumot 5.Talabnoma yuborish 6.Shartnoma majburyatlarini buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasi” Fuqorolik protsessual kodeksi”,” Xo’jalik yurituvchi suyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy ba’zasi to’g’risida”gi qonunda,”Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunda,” Ma’muriy javobgarlik to’grisida”gi hamda “Iqtsodiy prosessual huquqi” to’g’risidagi qonunlardagi belgilangan qoidalari asosida tushuntirilishi. 7.O’rganib chiqilgan ma’lumotlar bo’yicha berilgan kazusni taxlil qilish.
1.Oilaviy korxona O’zbekiston Respublikasining 2012 –yil 16-martda Qonunchilik palatasida qabul qilingan Senat tomonidan 2012- yil 23 –martda ma’qullangan “Oilaviy tadbirkorlik tog’risida “gi qonunning 3moddasiga muvofiq ,,Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda ) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir “. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy huquqiy shakli oilaviy korxonadir.Bu ham tadbirkorlikning bir ko’rinishi .Shu vaqtda savol tug’iladi tadbirkorlik nima degani?
Tadbirkorlik – (inglizcha : business-bandlik ) kapital sarflab tovar va hizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtsodiy faoliyat biznesning asosiy turi bo’lib ,moliyaviy va emotsional tavakkalchilik bilan faoliyat boshlashdir. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda asosan puxta o’ylangan reja davlat ruyxatidan o’tishi ,nom tanlashi va asosiysi o’zining iqtsodiy tomondan jamg’armasi ( byujetiga )ega bo’lishi lozim 2.O’zbekiston Respublikasining1998 yil 29 –avgustdagi ,,Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy ba’zasi to’grisida’’gi qonunga muvifiq 3moddasida ,,taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish , ishlarni bajarish yoki hizmatlar ko’rsatish majburyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovaralarni, ishlarni, hizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburyatini oladigan kelishuv xo’jalik shartnomasi deyiladi.Shu qonunning 4-moddasida “tadbirkorlik sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsplari quyidagailardan iborat: xo’jalik shartnomalari tuzishning erkinlaigi: taraflarning o’zaro manfatdorligi : shartnoma intizomiga rioya etish:taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi. “ haqida yozib qo’yilgan. Shu qonunning 7moddasida ham tuzilgan shartnoma shartlaridagi majburyatlarni tegishli tartibda o’z vaqtida bajarishlari shart ekanliklari yozib belgilab qo’yilgan.Shuni aytib o’tish kerakki shartnomalar yozma shaklda tuziladi .Yozma shaklda tuzilmagan holatlarda shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolik kodeksining 388- moddasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga oldi -sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart deb belgilangan.Shartnoma shartlarini buzib o’z majburyatlarini bajarmagan yetkazib beruvchi subyektga nisbatan mahsulotni sotib oluvchi subyekt rahbari yoki o’rinbosari tomonidan talabnoma yuboriladi. O’ziga talabnoma bildirilgan xo’jalik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab o’n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart.Yigirma kun muddatda talabnoma yozuvchining talabini bajarishi qonunga muvofiqdir. 3.O’zbekiston Respublikasining 2012- yil 2-may qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’risida”gi qonunni 4-moddasi Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’illanuvchilar tadbirkorlik subyektlari belgilangan tartibda royxatdan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Shu qonunning 9- moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburyatlariga bag’shlangan. Bunga ko’ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari: o’zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburyatlarni bajarishi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi; shartnoma asosida ishga qabul qilgan hodimlarini oylik maoshini vaqtida berishi; barcha davlat tomonidan belgilangan hujjatlardagi talablarga rioya etishi; raqobat to’g’risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi kabi bir qator majburyatlar haqida aniq belgilab qo’yilgan. 4.O’zbekiston Republikasining 2001 –yil 6- dekabrdagi ,, Mas’ulyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’ulyatli jamiyatlar to’g’risida” gi qonun 3 -modda bir yoki bir nechta shaxs tomonidan ta’sis etilgan ,ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati ma’sulyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’ulyati cheklangan jamiyatning ishtirochilari uning majburyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. 5.Fuqarolik kodeksiga ko’ra ,majburyat shartnomadan kelib chiqadi . Shartnoma taraflari o’rtasida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish esa kontragenga talabnoma yuborishdan boshlanadi.Talabnoma yuborish nizolarni sudgacha hal qilishda samarali usul bo’lib, nizolarni qisqa muddatda, vaqt va mablag’ni tejagan holda sud muhokamasisiz hal qilishdan har bir taraf manfatdor bo’ladi .Fuqorolik protsessual kodeksining 17 -moddasida ham talabnoma bildirish tartibi haqida keng ma’lumotlar berilgan. 6. Shartnoma majburyatlarini buzganlik uchun “ Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risida” qonunning 35-moddasi Shartnoma majburyatlari xo’jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan ,uning tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilgani aniqlangan to’lov intizomi buzilgan , xo’jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma muosabatlari sohasida boshqa qoida buzarliklar sodir etilgan taqdirda , xo’jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45va 48 moddalariga muvofiq fuqarolik huquqiy javobgarlikka,O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175 ,176 ,va 214 –moddalariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.Talabnoma berilgan vaqtdan muddati tugagach,yetkazib beruchi xo’jalik yurituvchi shaxs talabnomani bajarmasa,davo beruvchi sudga talabnoma bajarilmaganligi yuzasidan murojoot etishga haqli.Fuqarolik protsessual kodeksning 443,444,446,447-moddalariga muvofiq xujalik yurituvchi, yetkazib beruchi shaxsga nisbatan maxsulotni qabul qilib oluvchining sudga murojootlari va 1chi instansiya hamda 2chi instansiya sudlari ishlarida keng ochib berilgan. 7.Yuqorida keltirlgan malumotlarni to’plab kazusga qonun doirasida taxlil jarayonini olib bordik.Fuqaro M.Boltayev MCHJ “Chicken star’’bilan tuzilgan shartnoma shartlarini buzgan .MCH J ning talabnomasi qondirilmagan ,MChJ sudga murojot etishga majbur bo’lgan.Fuqaro M.Boltayev sud qarorini o’zgartirishi yuzasidan ikkinchi istansiya sudiga murojoot etganligi va sud oldingi sud qarorii qisman o’zgartirishi to’g’ri qaror qabul qilingan .Mas’ulyati cheklangan jamiyat” Chicken star “ ga fuqaro M.Boltayev 2000 litr sut va 1000 kl mol go’shtini shartnoma shartlarini buzib yetkazib bermagan hamda ,,Tadbirkorlik erkinliklari kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 9-moddasini buzganlik Fuqarolik kodeksining 388,389,416,437-moddalarini buzganlik va shartnoma shartlariga amal qilmaganligi uchun sud fuqaro M.Boltayev va uning oilaviy korxonasidan O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22-sentabrdagi “ Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi qonunning 176 moddasiga muvofiq shartnoma intizomini buzish shartnoma majburyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo’jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish mansabdor shaxslarga bazaviy xisoblash miqdorining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi .Xo’jalik yurituvchi subyekt shartnomada kelishilgan maxsulotni ham yetkazilgan zararni ham kelishilgan tarafga to’lab berishga majbur Fuqaro M.Boltayev chiqarilgan sudning qarori ustidan yuqori istansiya sudiga shikoyat qilib zarar faqat oilaviy korxona mulkidan undirilishi kerakligini aytgan vaqtda yuqori istansiya sudi “Fuqorolik protsessual kodeksi “hamda “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy ba’zasi to’g’risida’gi qonunning34, 35,36 ,34, 454 ,455 moddalariga muvofiq hal qiluv qarorini apelyatsiya istansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apelyatsiya shikoyatini ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy dan ortiq bo’lmagan muddatda ko’rib chiqadi.Yuqori istansiya sudi fuqaro M. Boltayevning talabini ko’rib chiqib sudning qarorini oilaviy korxonada shartnoma asosida ish olib boruvchilardan undirilsin degan joytini olib tashlab qisman o’zgartirib qo’ydi va bu qaror qonuniy .Fuqaro M.Boltayev va “Chicken star”MCHJ o’rtasidagi tuzilgan shartnoma majburyatini buzgan oilviy korxona rahbari M.Boltayev o’z oilaviy mulkidan yetkazilgan zararni qoplashi sudning oxirgi chiqargan to’g’ri qarori.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 21.12.1995
2. .O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi.22 .01.2018.
3.”Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy xuquqiy ba’zasi”29. 08 1998.
4.”Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun” 22.09.1994.
5.”Oilaviy korxona to’g’risidagi qonun” 26.04.2012.
Foydlanilgan internet saylari : 1.https://yurxizmat.uz>document 2.https://lex.uz>docs 3.norma .uz