3-TAJRIBA ISHI.
KABELNING ELEKTR SIG`IMINI ANIQLASH.
1.Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.
1. Kabelning elektr sig`imini:
a) kabelning ayrim simlari orasidagi elektr sig`imini.
b)kabelning qobig`i va biron simi orasidagi elektr sig`imini o`lchashni o`rganish.
2. Nazariy qism.
Kabelning tok o`tkazuvchi simlari, ularni ajratib turuvchi izolyatsiyasi bilan birgalikda, shuningdek, kabelning har bir simi va uning qobig`i ma'lum sig`imga ega. Kabel tarmoqlarini hisoblashda kabelning sig`imini hisobga olish kerak, chunki:
a)kabelning sig`imi elektr zanjirlarida bo`ladigan ulash-uzish va qisqa tutashuvlardagi o`tkinchi jarayonlarga ta'sir ko`rsatadi:
b)induktiv qarshilik (elektr dvigatellari, reaktorlar) va sig`im qarshiligiga (kabel tarmoqlari) ega bo`lgan zanjirda kuchlanish rezonansi hodisasi sodir bo`lishi mumkin. Kuchlanish rezonansida, zanjirning ayrim qismlarida, kabel izolyatsiyasining butunligi uchun xavfli bo`lgan katta kuchlanishlar sodir bo`ladi.
Kabelning sig`imini kabelli liniyalarda ta'mirlash ishlari olib borilganda ham hisobga olish kerak. Kabelli qismlarda ta'mirlash ishini boshlashdan oldin, uni ikki oxiridan ajratib, ayrim simlarini o`zaro ulagandan so`ng, tamirlash ishini bajaruvchi shaxsning xavfsizligini ta'minlash maqsadida va kabelni kondensator kabi razryadlash uchun ularni yerga ulash kerak.
O`lchash natijasida olinganlar bo`yicha kabelning sig`imi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda I -ampermetr ko`rsatgan tok, ma
U -voltmetr ko`rsatgan kuchlanish, v
= 2 f -o`zgaruvchan tok burchak chastotasi, sek -1
f –tarmoqdagi o`zgaruvchan tok chastotasi, 50 gts
C–sig`im, mkf
3. Tajriba ishini bajarish tartibi.
1. 4.1-rasmdagi sxema yig`iladi.
2. Berilgan kondensatorning sig`imini aniqlash uchun ajratgichning turli holatida tok va kuchlanishning kattaligi o`lchanadi.
a) kabelning qobig`i bilan har bir simi orasidagi sig`im,
b) kabelning simlari orasidagi sig`im o`lchanadi.
3. O`lchash natijalari 4.1-jadvalga yoziladi.
5. Har bir o`lchash natijalari asosida kabelning sig`imini hisoblab 4.1-jadvalga yoziladi.
4.1–jadval
№
|
Kalitlar o’langan
|
O’lchash joyi
|
O’lchashlar
|
hisoblashlar
|
U v
|
I а
|
С mkf
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
1 , 4
1 , 5
1 , 6
3 , 5
3 , 6
2 , 6
|
Sim 1- qobiq
Sim 2 –qobiq
Sim 3 -qobiq
Sim 1 – Sim 2
Sim 1 – Sim 3
Sim 2 – Sim 3
|
|
|
|
4. Tekshiruv savollari.
Kabelning qanday konstruktiv qismlari sig`imga ega?
Tamirlash ishlari olib borilayotgan kabel liniyalarida qanday xavfsizlik choralari ko`rish lozim?
Tekshirilayotgan kabelning tuzilishi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |