O`zbekiston respublikasi
Navoiy kon metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
«Metrologiya, standartlash va sertifikatsiya»
fanidan tajriba mashg`ulotlarni bajarish bo`yicha
Navoiy- 2016
Tuzuvchilar:dos.Tavbaev A.N, ass. Rahmonov F.N, ass.Ataullaev A.O
«Elektr o’lchashlar» fanidan tajriba mashg`ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. dos.Tavbaev A.N, Rahmonov F.N, Ataullaev A.O Navoiy: NDKI, 2016 у. 27 b.
Ushbu uslubiy ko`rsatma talabalarga fan bo`yicha olgan nazariy bilimlarini tajribalar orqali mustahkamlashga yordam berib, unda 5 ta tajriba ishlari keltirilgan bo’lib, bir fazali zanjirlarda quvvatni o’lchash, sig’imni o’lchash, energiyani o’lchash, izolyatsiya qarshiligini o’lchash sxemalarini o’rgatadi. Mazkur uslubiy ko`rsatma 5310200–«Elektro energetikasi» (tarmoqlar bo`yicha) ta’lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan.
Kirish
Ushbu uslubiy qo`lanma Navoiy davlat konchilik institutining bakalavr yo`nalishlari bo`yicha ta'lim olayotgan talabalarga elektr o’lchashlar fanidan tajriba mashg`ulotlarini bajarishga oid ishlarni o`z ichiga oladi. Uslubiy qo`llanma lotin alifbosida tayyorlangan bo’lib, fanning deyarli barcha mavzularini o’zida qamrab olgan. Shuningdek, mazkur uslubiy ko`rsatma talabalarga fan bo`yicha olgan nazariy bilimlarini tajribalar orqali mustahkamlashga yordam berib, unda 6 ta tajriba ishlari keltirilgan bo’lib, bir fazali zanjirlarda quvvatni o’lchash va vattmetrni darajalash, sig’imni o’lchash, induksion schyotchik yordamida energiyani o’lchash, megometr yordamida izolyatsiya qarshiligini o’lchash sxemalarini o’rgatadi.Har bir tajribalardan olingan natijalarni kengroq tushunish maqsadida har bir ishning oxirida talabalar uchun grafiklar har xil elektr sxemalar va sinov savollari berilgan.
1-TAJRIBA ISHI
O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA QUVVATNI O`LCHASH VA VATTMETR KO`RSATISHINING ANIQLIGINI BAHOLASH.
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.
Ampermetr, voltmetr va vattmetrning tuzilishi bilan tanishish.
Vattmetr shkalasining bo`linish darajasin aniqlash.
O`zgaruvchan tok zanjirida quvvatni o`lchashni o`rganish.
Ampermetr va volmetr yordamida vattmetr ko`rsatishining aniqligini baholash.
2. Nazariy qism.
Elektrodinamik sistemadagi vattmetr yordamida o`zgaruvchan va o`zgarmas tok zanjiridagi quvvat o`lchanadi. O`zgaruvchan tok zanjirida elektrodinamik vattmetr bilan aktiv quvvat o`lchanadi. Vattmetr ko`rsatayotgan quvvatni aniqlash uchun, vattmetr strelkasi ko`rsatayotgan shkalaning bo`linmalari sonini uning bo`linish darajasiga kupaytirish kerak. Odatda har bir vattmetrning shkalasida, ketma-ket cho`lg`am tokining va parallel cho`lg`am kuchlanishining nominal qiymatlari ko`rsatiladi (masalan 5A, 220V). Bu belgilanganlar buyicha vattmetr shkalasining bo`linish darajasi aniqlanadi
bu yerda In, Un-tok va kuchlanishning nominal qiymatlari, n-shkalaning bo`linmalari soni.
Vattmetr strelkasining burilishi uning ketma-ket va parallel cho`lg`amlaridan o`tayotgan toklarning o`zaro yo`nalishiga bog`lik. Vattmetrni zanjirga to`g`ri o`lash uchun ketma-ket cho`lg`amning bir uchi va parallel cho`lg`amning bir uchi alohida belgi *(yulduzcha) bilan belgilanadi. Bular generator uchlari deb ataladi. Ana shu ikkala uchni (qismani) generatorning bir qutbiga o`laganda, vattmetr strelkasining burilishi to`g`ri bo`ladi. Barcha o`lchash asboblari kabi vattmetr ham xatolikka ega va bu xatoliklar vattmetrning ko`rsatishini, ampermetr va voltmetr ko`rsatishlari bilan solishtirib aniqlanadi.
Bu maqsad uchun qullangan ampermetr va voltmetrning aniqlik sinfi, vattmetrning aniqlik sinfidan yuqori bo`lishi lozim. Ampermetr va voltmetrning ko`rsatishi bo`yicha hisoblangan quvvat haqiqiy quvvat deb qabul qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |