O`zbekiston respublikasi Navoiy kon metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti «Metrologiya, standartlash va sertifikatsiya»
узб таж
2. Vattmetr shkalasining bo`linish darajasi aniqlanadi . 3. R reostatning qarshiligini asta-sekin kamaytira borib, vattmetr strelkasi shkalaning eng kichik bo`linmasiga ehtiyotlik bilan keltiriladi (10 martacha): ampermetr va voltmetr ko`rsatishlari yozib olinadi. Navbatdagi yozishlarini, zanjirdagi tokni reostat bilan asta-sekin kupaytirib, shkalaning har 10 bo`linmasida bajariladi. Shu tartibda vattmetr shkalasining oxirigacha bo`lgan barcha nuqtalar olinadi. So`ngra tajribani teskari tartibda bajarib, o`lchash natijalari 8.1-jadvalga yoziladi. 4. Tuzatish egri chizig`i chiziladi . Tekshirilayotgan vattmetrni qaysi aniqlik sinfiga kiritish mumkinligi to`g`risida xulosa chiqariladi. 4. Tekshiruv savollari. Elektrodinamik sistemadagi vattmetrning tuzilishi va ishlash qoidasi nimadan iborat? Vattmetr shkalasining bo`linish darajasi qanday aniqlandi? Asbobning absolyut xatoligi deb nimaga aytiladi? Asbobning nisbiy xatolig deb nimaga aytiladi? Asbobning keltirilgan xatoligi deb nimaga aytiladi? Tuzatish egri chizig`i nima? 2-TAJRIBA ISHI TRANSFORMATOR IZOLYATSIYA QARSHILIGINI MEGOMMETR BILAN O`LCHASH. 1.Ishdan ko`zda tutilgan maqsad. 1. Megoommetrning ishlash qoidasi va tuzilishini o`rganish. 2. Megommetr yordamida izolyatsiya qarshiligini o`lchashni o`rganish. 2. Nazariy qism. Izolyatsiya holatining yaxshiligi, xavfsiz ishlashni va elektr qo`rilmalarining to`g`ri (bo`zilmasdan) va to`xtovsiz ishlashini taminlaydi. Shuning uchun ishlatish davrida elektr qo`rilmalari holati davriy ravishda tekshirib boriladi . Ishlatishning texnikaviy qoidasiga asosan, nominal kuchlanishi 1000 voltgacha bo`lgan elektr qo`rilmalarining izolyatsiya qarshiligi 1 Mom dan kam bo`lsa, ishlashga ruxsat etilmaydi. Elektrotexnika qo`rilmalari izolyatsiyasining holatini nazorat qilib turishning keng tarqalgan va oddiy usuli, izolyatsiya qarshiligi miqdorini megommetr yordamida o`lchash hisoblanadi. Megommetr ko`chma o`lchash asbobi bo`lib, generator va izolyatsiya qarshiligining miqdorini ko`rsatuvchi o`lchash asbobidan iborat. Generatorning yakori maxsus dasta yordamida harakatga keltiriladi . Ushbu tajriba ishida, bir fazali transformator birlamchi va ikkilamchi cho`lg`amining po`lat o`zakka nisbatan, shuningdek bir- biriga nisbatan izolyatsiya qarshiligi aniqlanadi. Transformator cho`lg`amining temperaturasi 200S dan 400S gacha bo`lgan oraliqda, izolyatsiya qarshiligini o`lchash maqsadga muofiqligi sababli, chulg`amni qizdirish maqsadida tajriba boshlanishidan avval transformator nominal yuklama ulanadi. Buning uchun transformatorni 3.1-rasmdagi sxema bo`yicha o`lash kerak. 3.1-rasm. Transformator chulg`amining izolyatsiya qarshiligini po`lat uzakka nisbatan o`lchash uchun, megommetrini E qismasi transformator-ning po`lat uzagiga o`lanadi. L qismasi esa, transformator birlamchi va ikkilamchi chulg`amining biron qismasi bilan navbatma-navbat biriktiriladi (3.2-rasm). 3.2-rasm. 3.3-rasm. Transformatorning chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qar-shiligini o`lchash uchun, megommetrning E va L qismalari, transformator birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarining tegishli uchlari bilan biriktiriladi. (3.3-rasm) Shunga uxshash yo`l bilan boshqa qo`rilmalarning (masalan, asinxron dvigatel, uzatish liniyasi va boshqalarning) ham izolyatsiya qarshiligini o`lchash mumkin. 3. Tajriba ishini bajarish tartibi. 1. Megommetrning printsipial biriktirish sxemasini qayta chizib hisobatga qo`shiladi. Sxema bo`yicha megommetrning ishlashi tushuntirib beriladi. 2. Megommetrning ishlash qoidasi (instruktsiyasi) bilan tanishiladi. 3. Megommetrning tipi va uning texnikaviy ma'lumotlari hisobotga yoziladi. 3.1–jadval
4. Transformatorning chulg`amini qizitish uchun 3.1-rasmdagi sxema yig`iladi, reostat R yordamida (ampermetr bo`yicha) nominal yuklama o`rnatiladi. Transformator 10 minut davomida nominal yuklamada ishlagandan so`ng, uni tarmoqdan ajratib, izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi. 5. 3.2-rasmdagi sxemani yig`ib, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi. 6. 3.3-rasmdagi sxemani yig`ib, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari orasidagi izolyatsiya qarshiligi o`lchanadi. 7. Barcha o`lchashlarning natijalari 1-jadvalga yoziladi. 8.Transformatorning ishlatishga yaroqli-yaroqlimasligi to`g`risida xulosa chiqariladi . 4. Tekshiruv savollari. 1. Megommetrning tuzilishi va ishlash qoidalari qanday? Izolyatsiya qarshiligini o`lchash nima uchun zarur? Izolyatsiya qarshiligining qanday miqdorida, elektr qo`rilma ishlatishga yaroqli hisoblanadi? Megommetrning to`g`ri ko`rsatishiga qanday qilib ishonch hosil qilinadi? Download 0,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |