17.«Alohida ko‘rsatmalar» qatoriga quyidagilar yoziladi:
- ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha choralar (to‘siqlar o‘rnatish, ish bajarilayotgan xonalarda vodorod yo‘qligini tekshirish, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralari va hokazolar);
- ish rahbarini uzluksiz rahbarligida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (4.1.5.-band);
- agar naryad kuzatuvchi nomiga rasmiylashtirilsa brigadaga boshchilik qiluvchi, javobgar shaxs (4.1.10.-band);
- ish rahbariga yoki ishboshchiga (kuzatuvchiga) brigadani bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‘chirishga va ish joyiga qayta ijozat etishga ruxsat berish (4.8.1, 4.9.3.-bandlar);
- elektr uskunalarini hammasini yoki ayrim qismini (ayrim kommutatsion apparatlarni) navbatchidan ko‘rsatma yoki ruxsat olmasdan turib yoqishga ruxsat berish (4.10.3.-band);
- yerga ulagichni vaqtinchalik olishga ruxsat berish (5.5.5.-band);
- ishboshchiga kommutatsion apparatlar bilan operatsiya qilishga ruxsat berish (18.2.-band);
- kran bilan yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxs tayinlash (10.1.-band);
- boshqa korxonalarning havo elektr uzatish tarmoqlariga qo‘yilgan yerga ulagichlarni tekshirish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma (ushbu ilovaning 14-bandi).
Naryad beruvchining xohishiga ko‘ra, ushbu qatorga ishni xavfsiz bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni ham yozishga ruxsat etiladi.
18.«Naryad berdi» va «Naryad muddati uzaytirildi» degan qatorlarga naryad beruvchi unga qo‘l qo‘ygan vaqtini va sanasini ko‘rsatishi zarur.
Naryad beruvchi va uni muddatini uzaytiruvchi shaxslar qo‘l qo‘yishdan tashqari o‘zlarining familiyalarini ham ko‘rsatishlari zarur.
19. 2 jadval ish joyini tayyorlashga ruxsat olishda va birinchi bor ishlashga ijozat olishda to‘ldiriladi.
- 1 katakda ish joyini tayyorlovchi va ishlashga ijozat etuvchi shaxslar ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat bergan shaxslarning lavozimlari va familiyalarini ko‘rsatadilar. Agar ruxsat shaxsan berilsa 1 katakda ruxsat beruvchi imzo chekib, o‘z lavozimini yozib qo‘yishi shart.
- 2 katakda ruxsat berilgan vaqt va sana ko‘rsatiladi.
- 3 katakda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat olgan shaxslar imzo qo‘yishlari kerak. Ish joyi bir nechta xodimlar yoki har xil sex ishchilari tayyorlashsa, 3 katakka ish joyini tayyorlagan barcha shaxslar imzo qo‘yishlari shart. Agar ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat har xil vaqtda so‘raladigan bo‘lsa, 2-jadvalni ikki qatori: birinchi qatori ish joyini tayyorlashda ruxsat uchun, ikkinchisi esa ishlashga ijozat etishga ruxsat uchun to‘ldiriladi.