12.«Ish boshlansin» va «Ish tamomlansin» qatorlarida ushbu naryad bo‘yicha ishni boshlash va tugatish sanasi hamda vaqti ko‘rsatiladi.
13. Elektrostansiyalar, podstansiyalar elektr uskunalarida va kabel elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarilganda, 1 jadval kataklarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- 1 katakda-kommutatsion apparatlar bilan operatsiya qilinishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan elektr uskunalarning nomlari;
- 2 katakda-operatsiya bajarilishi zarur bo‘lgan kommutatsion apparatlar, ulamalar, jihozlar, uskunalar nomlari (belgilari) va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar.
Ikknlamchi zanjirlarda, rele himoyasi, avtomatika, telemexanika aloqa qurilmalarida o‘chirilgan joylarni 1-jadvalda ko‘rsatish talab qilinmaydi.
Taqsimlovchi qurilmada ularni ekspluatatsiya qilmaydigan xodim tomonidan o‘chirilib va yerga ulagich o‘rnatiladigan havo elektr uzatish tarmog‘i va kabel elektr uzatish tarmog‘i (masalan: elektrostansiya va podstansiya navbatchisi) uchun 1 jadval kataklari quyidagicha to‘ldiriladi:
- 1. katakda-elektr uzatishtarmog‘i o‘chirilishi zarur bo‘lgan elektrostansiya yoki podstansiya nomi:
- 2. katakda-elektrostansiya yoki podstansiya nomiga moslangan elektr uzatish tarmog‘ining nomi (belgisi).
14. Havo elektr uzatishtarmoqlarida ish bajarilganda 1 jadval kataklarida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- 1 katakda-naryadning «Quyidagi ish topshiriladi» degan qatoriga yozilgan elektr uzatish tarmog‘ining, zanjirining, simlarning nomi, hamda ta’mirlanayottan elektr uzatish tarmog‘i yoki zanjirdagi ta’mirlash bilan bog‘liq o‘chirilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa elektr uzatish tarmog‘ining nomi (masalan, ta’mirlanayotgan elektr uzatishtarmog‘i kesib o‘tgan yoki uning yaqinidan o‘tgan elektr uzatish tarmog‘i, ko‘pzanjirli havo elektr uzatish tarmog‘ining boshqa zanjirlari va hokazolar);
- 2 katakda tezkor ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi tomonidan o‘chiriladigan va yerga ulagich o‘rnatiladigan havo elektr uzatish tarmoqlari uchun taqsimlovchi qurilmadagi va havo elektr uzatish tarmog‘ining o‘zidagi kommutatsion apparatlarining nomi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan ustunni tartib raqami. SHu bilan birga ushbu katakda 5.6.2., 5.6.6.-5.6.8., 5.6.10-bandlarga asosan ish joyida ishboshchi simlar va trosslarga yerga ulagich o‘rnatishi shart bo‘lgan ustunlarning tartib raqamlari yoki ustunlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak.
Agar naryad berish paytida yerga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bajarishni talab qilsa, ushbu katakda «ish joylarida yerga ulagich o‘rnatilsin» deb yozilishi zarur.
2 katakda shuningdek ishboshchi tomonidan ta’mirlanayotgan havo elektr uzatish tarmog‘i bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘tgan havo elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yerga ulagich joyi ham ko‘rsatilishi kerak. Agar ushbu havo elektr uzatish tarmog‘i boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» degan qatoriga boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatiladigan yerga ulagichni tekshirish zarurligi ko‘rsatilishi kerak.
15. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan kommutatsion apparatlar bilan bajariladigan operatsiyalar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta ulashlar (taqsimlovchi uskunalarda bir ulamani o‘chirib, boshqa shinalar tizmasiga o‘tkazish, tarmoq uchastkasini bir manba’dan ikkinchi manba’ga o‘tkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi.
16. Tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchiga, naryad berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga brigadani quyish topshirilgan hollarda 1 jadvalning 2 katagiga naryad beruvchi ish joyini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirilishi va yerga ulagich qo‘yilishi kerak bo‘lgan operatsiyalarni yozib, ushbu operatsiyalardan qaysilari bajarib qo‘yilganini ko‘rsatib qo‘yishi kerak.
Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda 1 jadval kataklariga «Talab qilinmaydi» deb yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |