Diversifikatsiya
– korxona faoliyatining yangi tarmoqlar va mahsulot (ish, xizmat) turi
hisobiga kengayishi.
Dividend
- aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to‘lash, ishlab
chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to‘ldirish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar to‘lash va
direktorlarni mukofotlashdan so‘ng aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismi.
Doimiy xarajatlar
– ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar (amortizatsiya,
ijara to‘lovi va h.k).
Jismoniy eskirish
– mehnat vositalarining foydalanish va tabiiy ta’sir ostida moddiy
jihatdan emirilishi. Ularning ma’naviy eskirishi ularning to‘liq jismoniy eskirishdan
oldindanroq, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor bo‘lgan yangi mashina
va qurilmalar paydo bo‘lishi tufayli yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |