Ilmiy-texnik salohiyat
– mamlakatdagi fan-texnika va muhandislik ishlarining rivojlanish
darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va
imkoniyatlarining umumiy holati.
Investitsion siyosat
– kapital qo‘yilmalarning eng ustivor yo‘nalishlarini tanlash,
sarflangan har bir so‘mga mahsulot (ish, xizmat) o‘sishi va milliy daromadning eng yuqori
ko‘rsatkichlariga erishish siyosati.
Investitsiya
– daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq muddatga
kuyish.
Investitsiyalash
- mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud
korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish,
ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar
kiritilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |