Avtomobil boshqarish bilan bog’liq huquqbuzarliklar
1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish;
126-modda. Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) nostandart oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish;
127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish;
128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi;
1281-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi;
1282-modda. Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish;
1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi;
1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi;
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi;
129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi;
130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi;
131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish;
133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelishi;
134-modda. Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;
135-modda. Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi;
136-modda. Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi;
137-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish;
Ushbu huquqbuzarliklarning ta’rifi va ularga belgilangan jarima yoki boshqa jazo choralari haqida to’liq ma’lumot olish uchun O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining “Transportdagi, Yo’l xo’jaligi va Aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” nomli 11-bobiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Shuningdek, avtomobilni boshqarish paytida huquqbuzarliklarga yo’l qo’ymaslik uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2000-yil 11-dekabrda tasdiqlangan “Yo’l harakati qoidalari” bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.Endi haydovchi tomonidan yo’l harakati qoidalari buzilgan holatda Davlat Yo’l Harakati Xavfsizligi Xizmati xodimi hujjatlarni qanday rasmiylashtirishi lozimligi haqida ma’lumot olsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |