О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet10/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

4-bob
MEHNATGA OID HUQUQIY MUNOSABATLAR
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar va ularning turlari. Ma'lumki, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratilish jarayonida ijtimoiy alo­qalar — munosabatlar yuzaga keladi hamda bu munosabat ishtirok-chilarining bir-birlariga nisbatan sodir etadigan xatti-harakatlari mu­ayyan qoidalar doirasida bo'lishi, ijtimoiy tartibga soUnishi lozim. Mehnat munosabatlari qoidalari axloqiy, urf-odat, jamoat tashkilot-larining korporativ normalari'bilan tartibga solinadi. Ammo mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning eng ta'sirchan, eng samarali shakli — mehnatga oid huquq normalari bilan tartibga solinishidir. Huquq normalari ta'sirida mehnatga oid ijtimoiy mu­nosabatlar mehnatga oid huquqiy munosabatlarga aylanadi.
Mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlarning huquqiy bo'lmagan (ma'naviy-axloqiy, urf-odat qoidalariga asoslanuvchi) munosabatlardan farqli tomoni shundan iboratki, mehnat-huquqiy munosabatlari davlatning qonunchilik, majburiy qoidalar o'rnatish, davlat majbur-lovini qo'llash faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda uch tomonlama (xodirn — ish beruvchi — davlat) aloqalar mayjud bo'ladi va shu tufayli xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi subyektiv huquq va majburiyatlar har birining davlat bilan huquqiy aloqalariga tayanadi. Bunday aloqalarning mavjudligi mehnat-huquqiy munosabat ishtirokchilariga o'zaro muayyan harakatlarni bajarish huquqinigina berib qolmasdan, balki ma'lum xulq-atvor qoidalariga amal qilish, o'z huquq va majburiyatlarini davlatning kuch ishlatish — majburlash qudratiga tayangan holda amalga oshirish kafolatini beradi.
Mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabat­larga mehnat qonun hujjatlari bilan ta'sir ko'rsatish natijasi ekanligi lusobga olinadigan bo'lsa, bu munosabat ishtirokchisi har doim davlat ekanligi, uning erki, irodasi muntazam mayjud bo'lib turishi anglanmog'i lozim. Shu bilan birga, mehnatga oid huquqiy munosa­batlarning yuzaga kelishi va mayjud bo'lishi uning tomonlari bo'l-i>an xodim va ish beruvchining erki, xohishi bilan belgilanadi.
Mehnatga oid ijtimoiy munosabatlarning huquq normalai bilan tartibga solinishi raehnat-huquqiy munosabat tiziraini yuzag keltiradi. Hozirgi paytda mehnatga oid huquqiy munosabatlar ti zimiga quyidagilar kiradi:
1) mehnat qilish bilan bog'liq huquqiy munosabatlar;
2) ish beruvchi va kasaba uyushmasi o'rtasidagi tashkiliy-bosh qaruv munosabatlari;
3) ishga joylashtirishga oid huquqiy munosabatlar;
4) kasbiy tayyorlash va malaka oshirish bilan bog'liq huquqi} munosabatlar;
5) mehnat muhofazasi va mehnat qonunlariga rioya qilishni nazorat qilish sohasidagi huquqiy munosabatlar;
6) mehnat nizolarni hal etishga oid huquqiy munosabatlar. Yuqorida barcha huquqiy munosabatlar jonli mehnatni qo'llash
(fuqarolik huquqidagi buyumlashgan, mehnat natijalaridan iborat bo'lgan mehnatdan farq qilib) bilan bog'liqligi tufayli yagona tabiat-dagi huquqiy munosabatlar tizimini tashkil etadi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar orasida mehnat munosa­batlari yetakchi va biriktiruvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Mehnat qi-lishga qaratilgan huquqiy munosabatlar tufayligina boshqa mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishi mumkin. Mehnat-huquqiy muno­sabatlar bo'lmasa, uni tashkiliy-boshqaruv bilan, ishga joylashtirish bilan, malaka oshirish, kasbga o'rgatish bilan bog'liq huquqiy mu­nosabatlaming bo'lishi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, mehnat-huquqiy munosabatlar yuz bermasa, mehnatga oid barcha boshqa munosabatlar o'z mazmuni va ahamiyatini yo'qotadi.
Mehnat-huquqiy munosabat bilan bog'liq bo'lgan barcha boshqa huquqiy munosabatlarni uch guruhga bo'lish mumkin:
1) mehnat-huquqiy munosabat yuz berishi oldidan vujudga keluvchi huquqiy munosabatlar (ishga joylashtirish, kasb o'rgatish, saylov yoki tanlovda qatnashish va boshq.);
2) mehnat-huquqiy munosabatlar bilan birga yuz beruvchi va yonma-yon amalga oshuvchi huquqiy munosabatlar (mehnatni muhofaza qilish, mehnat qonunlari ustidan nazorat qilish bilan bog'liq munosabatlar);
3) mehnat-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi (meh­nat shartnomasini bekor bo'lishi natijasida xodimlarni moddiy ta'minlash, ishga qayta tiklashga qaratilgan mehnat nizolarini ko'-rib chiqish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar).
Mehnatni qo'llash sohasiga oid barcha huquqiy munosabat­laming umumiy xususiyati — moddiy va ma'naviy boyliklar bunyod ft ish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlaming yuridik ifodalanish Jiakli ekanligida hamda davlat va mehnat munosabatlari'tomonlari nki, irodasi ifodalanishida, mehnat huquqi normalari hamda to­monlari ro'yobga chiqishida o'z aksini topadi.
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini davlat yo'li bilan, normativ-huquqiy aktlar vositasida tartibga solinishi mehnat bozorini shakllan-liiilishi, rivojlantirilishi, mehnat rnunosabatlarigabozor qoidalarini kengroq joriy etish, mehnatni tashkil etish va boshqarish jarayon-larida chuqur iqtisodiy, huquqiy islohotlarni amalga oshirish imko-tiini beradis bu islohotlarga tashkiliy va izchillik tusini beradi.
Islohotlar jarayonining natijasi sifatida mehnatni davlat yo'li bilan tartibga solish faoliyatini tobora takomillashtirilib borilayot-ganligi e'tiborga sazovordir. Ma'lumki, mamlakatimiz miqyosida mehnatni boshqarish va bu sohadagi davlat siyosatining ro'yobga ehiqarilishida maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat boshqaruv organ-larining ahamiyati yuksakdir.
Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi sifatida O'zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va-zirligi, uning joylardagi organlari yetakchi o'rinda turadi. Ushbu vazirlikning yuridik statusi va mehnat resurslaridan foydalanish, mehnat bozorini shakllantirish, tartibga solish, fuqarolarning meh­nat qilish huquqlarini ro'yobga chiqarilishiga ko'maklashish soha­sidagi vazifalari, vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan tasdiq-langan «O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy mu­hofaza qilish vazirligi to'g'risida Nizom»da belgilab berilgan1.
Mazkur Nizomga muvofiq, vazirlik zimmasiga mintaqalar bo'yicha:
• mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivoj-lantirish va tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yo'nalishlarini e'tiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining o'sishini ta'minlash;
• demografik o'zgarishiar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog'liq o'zgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va atioHei ijtimoiy qoilab-quwaflash sohasidagi qonun hujjatiarini ishiab ehiqash va yanada takomil-lashtirish bo'yieha taidiflar Mriiish;
• Ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band boimagan aholiga kasbiy qayta tayyoriash va ishga joylashtirish bo'yicha sifatii xizmatlar ko'rsatish;
•aholining ehtiyojmamd toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo'-yicha amaliy chora-tadbiriaming amalga oshirilishini la'minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolg'iz keksalarga yordam ko'rsa-tishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni kuchaytirish;
•mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qatliq nazoratni amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, moddiy rag'biitlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishiab chiqish vazifalari yuklatilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bajara-digan funksiyalar doirasi ham ushbu Nizom bilan nazarda tutilgan va ular:
•Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hndndlarning demografik rivojlanish prognozlarini amalga oshiradi, aholini ish bilan samarali ta'minlash chora-tadbirlari kompleksini asoslagan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishiab chiqadi;
•respublika va hududlarning mehnat resurslari soni va tarki-bini o'rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishiab chiqadi;
•aholining ish bilan bandlik darajasi va tarkibini eng to'liq va xolisona baholashni ta'minlash, ishga joylashtirishga muhtoj shaxs-larni aniqlash maqsadida mehnat bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi;
•hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida aho­lini ish bilan ta'minlash yuzasidan takliflar ishiab chiqadi;
•migratsiya jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsi-yasini va xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish bo'yicha takliflar ishiab chiqadi;
•ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
•manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta'min-lanishini tadqiq etadi hamda ular natijalari asosida ishchi kadrlar va o'quv yurtlarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo'na-lishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishiab chiqadi;
•shaxsiy ycadamefai va dtetoqpffli xffi'jaifflarida qoramol o/stirish bilan band bo'lgan shaxslar hisobim amalga oshiradi;:
•yoshlarning va ish bilan band? bo'lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo'nalisfelariHi aniqlash шейшзди sotsio-logik tadqiqotlar o'tkazilishini: tashkil etadi;
•manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish o'rinlari tashkil etish dasturlarini ishiab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi;
•ish bilan ta'minlash va ish o'rinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishiab chiqishda; hokiniliklarga metodik va; ашаМу yor­dam ko'rsatadi;;
•iqtisodiyotni isloh qilish va. tarkibiy qayta tashkil etish da-vamida,, s-taaHamgdek, xm'jalik yumitoscdiii таЬ^ШМштщ, bankrotga uchrashi va tugatilishi natijasida: ishdam bo'shab qoladigan xodim-larni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maq-sadli mintaqaviy dasturlar ishiab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
•aholining o'zini o'zi ish bilan ta'minlashini rag'batlantirish va qo'llab-quwatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
«davlat va xo'jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat ho­kimiyati organlariga va tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar o'rtasida kooperatsiyalash asosida kasanachilikni kengaytirish masalalarida ko'maklashadi;
•mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini ta'minlaydi;
•ishsizlar uchun haq to'lanadigan jamoat ishlari tashkil eti-lishini ta'minlaydi;
•ishsizlarni kasb-hunarga o'qitishni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi va shu kabilardan iborat.
Mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni tashkil etish, unga haq to'lash shartlarini va uni muhofaza qilishni takomillash­tirish sohasida vazirlik zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
•mehnatni moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq to'lashni tartibga solish metodlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishiab chiqishda qatnashadi;
•vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mehnatni normalash-tirish va ishchi kasblari hamda mutaxassislar va xizmatchilarning lavozimlari tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish masalalari bo'yicha ishlarini muvofiqlashtiradi;
• mehnatga haq to'lash tizimini, yagona tarif setkasini, ish ha-qini rayonlar bo'yicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasi-dan takliflar ishlab chiqadi;
• mehnatga haq to'lashni tashkil etish, ishlar va kasblar, la-vozimlarning tarif-malaka ma'lumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga ki­ritish masalalarida xo'jalik boshqaravi organlariga va tashkilotlarga metodik va amaliy yordam beradi;
• tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlarning boshqa vakillik organlarining) hamda ish beravchilarning (ular birlashma-larining) takliflariga ko'ra, tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;
• manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnat sharoitlarini baholash va mehnat xavfsizligini ta'minlash uchun normativ bazani yaratish maqsadida, mehnatni muhofaza qilish normativ hujjatlari ishlab chiqilishi va qayta ko'rib chiqilishini, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi, ish o'rinlarini mehnat sharoitlari bo'yicha attestatsiyadan o'tkazishda metodik yordam ko'rsatadi;
• ish o'rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning shikastlanishga xavfliligi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish sohasida yuridik shaxslarni attestatsiyadan o'tkazadi, shuningdek, ularning mutaxassislarini o'qitish va attestatsiyadan o'tkazishni amalga oshiradi;
• mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha normativ-huquqiy huyatlarga rioya qilinishi us-tidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;
• vazirliklar va idoralarning imtiyozli pensiya ta'minoti, qo'-shimcha ta'til, qisqartirilgan ish kuni huquqini beravchi ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar, lavozimlar va ko'rsatkichlar ro'y-xatlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflari yuzasidan xu-losalar beradi;'
• yoshi bo'yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beravchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, la­vozimlar va ko'rsatkichlar ro'yxatlarini tatbiq qilish tartibi to'g'-risida tushuntirishlar beradi, shuningdek, ushbu ro'yxatlarga qo'-shimcha va.o'zgartirishlar kiritadi;
• noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalarning amaldagi ro'yxatlariga o'zgarti­rishlar kiritish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
•manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy va normativ-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
•mehnat, uning sharoitlari va unga haq to'lash, ish bilan ta'min­lash hamda keksalar, pensionerlar, nogironlar va boquvchisini yo'qotgan, davlatning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj oilalarni ij­timoiy muhofaza qilish masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida mehnatni boshqarish faoliyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning tuman (shahar)lardagi bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatlar, Toshkent shahrida mehnat va ijtimoiy muhofaza ma­salalari bilan mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh bosh-qarmasi va uning tizimiga kiruvchi organlar shug'ullanadilar.
Tuman (shahar)larda vazirlik tasarrafida bo'lgan mehnat, aho­lini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo'limlari, ijtimoiy ta'minot bo'limlari faoliyat olib boradi. Ularning faoliyat-lari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq tartibga solinadi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish