О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet12/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Jamoa shartnomasi taraflari va shartnomaning tuzilish tartibi. Jamoa shartnomasi taraflari sifatida bir tomondan — o'z vakillik organi (kasaba uyushmasi qo'mitasi) orqali korxona mehnat jamoasi a'zolari bo'lgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa o'z rahbari orqali korxona ish beruvchisi qatnashadi. Jamoa shartnomasi tarafi sifatida ayrim olingan xodim emas, balki korxona yoki tarkibiy bo'lim (sex, bo'lim va h.k.) mehnat jamoasi yaxlit holda qatnashadi. Xo­dimlar yoki mehnat jamoasi jamoa shartnomasi qabul qilinishda bevosita qatnashmaydi va bu vazifa kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan bajariladi.
Amaldagi mehnat qonunchiligi normalariga ko'ra, jamoa shart­nomasi ishlab chiqish va qabul qilishning majburiy qoidalari (protse-durasi) nazarda tutilgan. Muzokaralar olib borish jamoa shartnomasi ishlab chiqishdagi dastlabki bosqich sanaladi va O'zbekiston Res-publikasi Mehnat kodeksining 31-moddasiga ko'ra, «Har qaysi taraf jamoa shaifeomasi, kelishuvini tuzish va o'zgartirish yuzasidan muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega».
Buning uchun manfaatdor tomon ikkinchi tomonga yozma xabar yuboradi. Tegishli yozma xabar olganidan keyin yetti kun ichida taklifhi olgan taraf muzokaralarga kirishishi lozim. Xodimlar nomidan ish beruvchi vakili sanaluvchi shaxslar tomonidan mu­zokaralar olib borishga yo'l qo'yilmaydi. Muzokaralar olib borish jarayonida tomonlar o'rtasida tortishuv yuz beradigan bo'lsa, bu holda tegishli bayonnoma tuziladi va 3 kun ichida kelishtirish komis-siyasi tashkil etiladi. Komissiya qarama-qarshiliklami bartaraf eta olmasa, unday holda nizoni hal etish uchun tomonlar o'zaro keli-shib belgilaydigan organga murojaat qilinadi.
Muzokaralar olib borishda bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun qo'shimcha kafolatlar belgilangan bo'lib, ularning o'rtacha ish haqlari saqlangan holda vazifalarini bajarishdan ozod qilib qo'yiladi. Bo'lajak jamoa shartnomasi qoidalari haqida aniq muzokaralar olib borishlik uchun tomonlar tenglik asosida zarur vako-latlarga ega bo'lgan komissiya tuzadi. Komissiya mustaqil ravishda ish olib boradi va ish beravchi uning samarali ishlashi uchun zarur sharoitni yaratib berishga majbur sanaladi. Jamoa shartnomasi tuzishga doir muzokaralarni olib borish tartibi O'zbekiston Res-publikasi Mehnat kodeksining 32-moddasida belgilangan. Qonunda muzokaralar chog'ida yuz bergan kelishmovchiliklarni hal etish, yagona xulosaga kelish imkoni bo'lmaganida, muammoni hal etish tartiblari belgilab qo'yilgan.
Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi. Jamoa shart-nomasining mazmuni deganda, sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadini ko'zlovchi va taraflar kelishib belgilay-digan shartlar (qoidalar) yig'indisi nazarda tutiladi. Tarkibiy jihat-dan bu shartlar uch turga: a) normativ; b) majburiy; d) axborotga oid shartlarga bo'linishi mumkin.
Normativ shartlar — jamoa shartnomasi tomonlari o'zaro keli­shib belgilaydigan va mazkur korxona xodimlari uchun majburiy kuchga ega bo'lgan lokal normativ-huquqiy qoidalar hisoblanadi. Jamoa shartnomasining normativ qoidalari huquqiy masalalaming uch guruhini hal qilishga qaratilgan bo'lib, ular:
1) qonun hujjatlarida bu masalani hal qilishning jamoa shart­nomasi tuzish tartibi nazarda tutilgan bo'lsa;
2) qonunda nuqsonlar (probela) mavjud bo'lsa va ularni jamoa shartnomasi vositasida hal qilish qonunlarga zid kelmasa;
3) qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini aniqlashtirish zarur bo'lsa va uni jamoa shartnomasi orqali amalga oshirishning imkoni bo'lsa.
Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonunlari jamoa shartno­masi normativ qoidalari bilan qonunchilik o'rtasidagi nisbatni bel-gilagan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasida aytilishicha, «Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlari bilan belgilab qo'yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo'shimcha mehnat huquqlari va kafo-latlari boshqa normativ hujjatlarda, shu jumladan, shartnoma yo'si-nidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek, xodim va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin». Bu qoidalar qo'shimcha mehnat ta'tili berish, pensiyaga ustamalar qo'shib berish, yo'l-transport xarajatlarini qoplab berish, ovqat pulini to'lash, boshqa qo'shimcha to'lov va kompensatsiyalardan iborat bo'lishi mumkin.
Korxonada mavjud bo'lgan zararli va og'ir ishlar, kasblar ro'y-xati, moddiy javobgar shaxslar doirasi, mehnat intizomini qo'pol tarzda buzish tushunchasi va boshqa ko'plab masalalar jamoa shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
Jamoa shartnomasining majburiy shartlari taraflarning u yoki bu masalaga oid aniq majburiyatlarini, bu majburiyatlarni ko'p marta takror-takror ijro etilishini o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 37-moddasiga ko'ra, «Jamoa shartnomasiga ish beravchi va xodimlarning quyi-dagi masalalar bo'yicha o'zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
— mehnatga haq to'lash shakli, tizimi va miqdori, pul muko-fotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo'shimcha to'lovlar;
— narxlarning o'zgarib borishi, inflatsiya darajasi, jamoa shart­nomasi bilan belgilangan ko'rsatkichlarning bajarilishiga qa-rab mehnatga haq to'lashni tartibga solish mexanizmi;
— xodimlarni ish bilan ta'minlash, qayta o'qitish, ishdan bo'-shatib olish shartlari;
— ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta'tillarining muddati;
— xodimlarning, shu jumladan, ayollar va 18 yoshga to'lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yax-shilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta'minlash;
— korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirishda xodimlarning manfaatiga rioya qilish;
— ishni ta'lim bilan qo'shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
— ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug'urta;
— jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraf­larning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushma-lari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko'r-satish uchun tegishli sharoit yaratib berish».
Jamoa shartnomasiga boshqa shartlar, shu jumladan, xodimlar ahvolini qonunlarda i)elgilanadigan yaxshilashga, qo'shimcha imtiyozlar berishga qaratilgan shartlar kiritilishi mumkin.
Jamoa shartnomasining axborotga oid shartlari Mehnat ko-deksidan, boshqa qonun hujjatlaridan olingan normalardan iborat bo'lib, ularning hajmi ko'payib ketishi mumkin emas.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish