3-bob
MEHNAT HUQUQINING SUBYEKTLARI
Mehnat huquqi subyektlari tushunchasi, turlari va ularning huqu-qiy maqomi. Huquqshunoslik fanlari nazariyasiga ko'ra, huquq subyektlari deganda, amaldagi qonunchilikka muvofiq subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo'lganlari holda ijtimoiy mehnat munosabatlarida ishtirok eta oladigan shaxslar (yuridik va jismo-niy shaxslar) nazarda tutiladi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish sharoitida mehnat huquqida mehnat bozorida bevosita qatnashuvchi shaxslar sub-yektligi xosdir. Bunday subyektlar qatoriga fuqarolar (ishga yol-lanuvchi xodimlar), yuridik shaxslar (ish beruvchi korxona va tashkilotlar), ushbu ikki tomonning vakillari, tegishli hollarda esa davlat organlari (ishga joylashtirish organlari timsolida) kiritilishi mumkin. Ushbu subyektlarning har biri maxsus huquqiy statusga ega bo'lib, bu hoi ularning aniq belgilangan huquqiy munosabat-larda qatnashishlariga imkon tug'diradi.
Mehnat huquqi subyektlarining huquqiy statusi ularning mehnat munosabatlaridagi yuridik mavqeyini belgilaydi. Mehnat huquqi subyekti bo'la olishlik statusi quyidagi elementlar bo'lishi lo-zimligini taqozo qiladi:
1) mehnat-huquqiy-muomala layoqati;
2) qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga egalik;
3) ushbu huquqlarning kafolatlanganligi;
4) majburiyatlar lozim darajada bajarilmasligi uchun javobgar bo'la olishlik.
Mehnat-huquqiy muomala layoqati. Muayyan shart-sharoitlar mavjud bo'lganida (muayyan yoshga yetish, xo'jalik yoki mulkiy mustaqillikka ega ekanlik) mehnatga oid munosabat ishtirokchisi bo'lish imkonini beradi. Bundan tashqari, mehnat huquqi subyekti bo'la olishlik mehnat munosabati davomida subyektiv huquqlar va majburiyatlar ola bilish imkoni mavjudligini ham anglatadi.
Subyektiv huquq va majburiyatlar, asosan, qonunlardan kelib chiqib, mehnat-huquqiy subyekti statusi negizini tashkil etadi, bu huquqiy holat Konstitutsiya, Mehnat kodeksi, boshqa qonunlar bilan mustahkamlab qo'yilgan.
Mehnat huquqi subyektlari huquqlari va majburiyatlarining kafolatlanganligi. Ular huquqiy statuslarni mustahkamlashga, mehnat-huquqiy munosabatlarni barqaror bo'lishiga imkon beradi.
Mehnat-huquqiy munosabat ishtirokchilarining javobgarligi shaxs yuridik statusini belgilashda katta ahamiyatga ega. Mehnat-huquqiy muomala layoqati mazmunining muhim elementi — javobgarlik bo'lib, muomalaga layoqatsiz shaxsga javobgarlik yuklash mumkin emas. Mehnat-huquqiy status subyektlari mehnat-huquqiy-muomala layoqati hajmi, mazmuni turli subyektlarda turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan shunday xulosa chiqishi mumkinki, subyektlar guruhining har birida ayrim guruhlar o'ziga xos statusga ega bo'lishi mumkin.
Masalan, mehnat huquqi subyekti sifatida fuqarolar tadbirkorlar (ish beruvchi fuqarolar) va yollanib ishlovchi fuqarolarga, yollanib ishlovchilar esa, o'z navbatida, ishchilar, injener-texnik xodimlar, rahbarlar, yosh bolali ayollar kabi o'z huquqiy statusiga ko'ra, alohida mavqeyiga ega bo'lgan toifalarga bo'linishi mumkin. Mehnat jamoalari ham mehnatga oid munosabat subyekti sifatida korxona mehnat jamoasi, sex, bo'lim, filial mehnat jamoasi kabi huquqiy statusi har xil bo'lgan turlarga bo'linadi.
Mehnat huquqiy statusi umumiy va maxsus turlarga bo'linadi. Har bir toifaga mansub subyektlar statusi maxsus statusni tashkil qiladi.
Xodimlar mehnat huquqi subyekti sifatida. Fuqarolar mehnat huquqi subyektlarining eng ko'p sonli va keng tarqalgan subyekt-laridan sanaladi. Chunki ular o'z jismoniy va aqliy salohiyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini faqat mehnat qilish tufayli yuzaga chiqaradilar. Mehnat qonunchiligi mehnat huquqi subyektlari bo'ladigan fuqa-rolarning ikki toifasini nazarda tutadi:
a) yollanib ishlovchilar (xodimlar);
b) tadbirkorlar (ish beruvchilar) va ularning huquqiy statusi o'zaro farq qilinadi.
Mehnat huquqi subyekti sifatida barcha fuqarolar amalda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Bu qobiliyat shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlari doirasini o'z ichiga oluvchi omillar yig'indisi bilan belgilanadi hamda jismoniy yoki aqliy mehnat qilish jarayonida yuzaga chiqadi. Bu imkoniyatlar yuzaga chiqishi uchun fuqaro muayyan yoshga yetishi, o'z xatti-harakati uchun javob bera oladigan holatda bo'lishi lozim. Mehnat qilishning dastlabki layoqatlari juda erta — bola 4 yoshga kirganidayoq yuzaga kela boshlaydi, biroq mehnat qonunchiligi shaxsda mehnat qila bilish qobiliyati amalda paydo bo'lgan paytdan emas, balki mehnat huquq subyekti bo'la olishligi momentidan boshlab mehnat huquqi subyekti, deb tan oladi.
Mehnat-huquqiy subyektlilik amaldagi mehnat qonunchilik qoidalariga ko'ra, odatda, shaxsning 16 yoshga to'lishi bilan tan olinadi. Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko'ra,*ishga qabul qilish 16 yoshdan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Ota-onalardan biri yoki ular о'mini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan 15 yoshga to'lgan shaxslar ham, umumta'lim, o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'quvchilari bo'sh paytlarida hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug'dir-maydigan ishlarga ota-onasidan biri yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlar salomatligi, hayoti va ma'naviyatini himoyalash maqsa-dida, ayrim ishlarga qabul qilish paytida shaxsning 18 yoshga to'lgan bo'lishi talab qilinadi. Bunday kasb va vazifalarda mehnat huquqi subyekti bo'la olish yoshi odatdagidan boshqacha belgilangan. Yol-lanma mehnat sohasidagi ishga qabul qilish yoshi imperativ xususiyatga ega bo'lib, unga rioya qilmaslik qonunbuzarlik sifatida baholanadi.
Mehnat huquqi subyekti bo'la olish yosh mezonidan tashqari, irodaviy mezonga ham ega. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro mehnat huquqi subyekti bo'la olmaydi. Muomala layoqati cheklangan shaxslar davlat xizmatiga olinmaydi. Aqliy layoqatlari jiddiy izdan chiqqanligi sababli bu toifadagi shaxslar o'z faoliyatlarini nazorat qila olishmaydi, o'z harakatlariga javob berolmaydi.
Fuqaro mehnat-huquqiy layoqati mazmuni yuqoridagilardan tashqari uning salomatligi ahvoliga, malakasiga, bilimiga, ayrim hollarda jinsiga va boshqa holatlarga bog'liq bo'ladi. Mehnat-huquqiy layoqati chegaralari, imkoniyatlar chegarasi davlat tomonidan, ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir fuqaro o'z jismoniy, aqliy, ishchanlik imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkinligi, ish turi, joyini erkin tanlashga haqli ekan-ligi belgilab qo'yilgan. Fuqaro mehnat-huquqiy layoqatini chekla-nishiga faqat qonunlarda maxsus nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasida1 sodir etilgan jinoyat uchun fuqaro muayyan huquqlardan, ya'ni ma'lum kasb, lavozimlarda ishlashiga sud belgilagan muddat davomida yo'l qo'yilmasligi tarzidagi jinoiy jazo nazarda tutilgan. Fuqaro mehnat huquqlari doimiy va butunlay cheklanishi mumkin emas hamda doim vaqtinchalik, cheklangan doirada bo'ladi.
Mehnat munosabatlari ishtirokchisi bo'lgan xodimning mehnat huquqi subyekti sifatidagi huquq-muomala layoqati mazmuni mehnat qonunchiligi bilan bir qatorda, boshqa huquq sohalariga taalluqli normalarida ham ko'zda tutilgan. Xodimning mehnat-huquqiy maqomi fuqaroning yuridik maqomining tarkibiy qismi bo'lib, xodimning yuridik maqomi orqali yanada to'laroq namoyon bo'la boradi.
Xodimlarning mehnat-huquqiy maqomi barcha shaxslar uchun, ularning millati, irqi va boshqa farqlaridan qat'i nazar, ayni bir xildadir. Mehnat qilish sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarning kafolatlanishi, bu huquqlarni aniq amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi fuqarolar mehnat-huquqiy maqomining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston hududida mehnat-huquqiy munosabat subyekti bo'la olishlari uchun eng muhim shartlardan biri — ularning O'zbekistonda mehnat faoliyati bilan shug'ullana olishlari uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma (litsenziya) olgan bo'lishlari lozimligidir.
«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonunning 13-mod-dasida chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkinligi ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlan-gan «O'zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risidagi Nizom»1 ham xuddi shu masalaga qaratilgan. Fuqaroligi yo'q shaxslar belgilangan tartibda O'zbekiston hududida doimiy yashash uchun guvohnoma olganla-ridan keyin mehnat faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin.
Tegishli ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo'lmagan shaxslarni O'zbekistonda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishlari taqiqlanadi, bun-day hollar aniqlangan taqdirda chet el fuqarosi O'zbekistondan chi-qarib yuboriladi. Bunday shaxslarni litsenziyasiz ishga qabul qilgan mansabdor shaxslar tegishli huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) mehnat huquqi subyekti sifatida muayyan majburiyatlanli bajarishlari lozimligi ularning mehnat-huquqiy maqomining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu majburiyatlar mehnat shartnomasi va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |