О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet27/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat shartnomasining xodim tashabbusi bilan bekor qilinishi. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ish beravchini ikki hafta oldin yozma ariza taqdim etish orqali xabardor qilishi, ikki hafta o'tgach, ishni to'xtatishga haqli, ish beruvchi, esa shu muddat o'tgach xodimni ishdan bo'shatishi, u bilan hisob-kitob qilishi va mehnat daftarchasini rasmiylashtirib berishi shart. Xo­dimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi uning huquqiy erkini, xohish-istagini ifoda etmog'i zarur va ish beruv-chining qistovida berilgan ariza keyinchalik sud yo'li bilan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998-yil 17-apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo'llanishi haqida»gi 12-qarorining 15-bandida ko'rsatilganidek:
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko'ra, ikki haf-talik ogohlantirish muddati tugagunga qadar ham ish beruvchi bilan xodimning kelishuviga ko'ra bekor qilinishi mumkin. Qo­nunda belgilangan yoki tarafiar kelishuviga ko'ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati o'tmasdan xodimning roziligisiz mehnat munosabatlarini bekor qilish ushbu mehnat shartnomasini tuga-tishni g'ayriqonuniy, deb topishga va xodimni awalgi ishiga tiklash haqidagi talabini qanoatlantirishga asos bo'ladi. Xodimni ogoh­lantirish muddati o'tmasdan o'zboshimchalik bilan ish tashlash u tomonidan mehnat majburiyatlarini buzish deb baholanadi.
Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig'iga, uning muoviniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo'limiga, devonxo-naga va boshq.) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi. Ogohlantirish muddatiga kalendar bo'yicha barcha kunlar kiradi. Ogohlantirish muddatining tugashi dam olish kuni yoki bayram (ish kuni bo'lmagan kunga) kuniga to'g'ri kelsa, oxirgi ish kuni va shartnomaning bekor bo'lish kuni bo'lib dam olishdan yoki bayramdan so'nggi birinchi kun hisoblanadi.
Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko'ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati tugagach, xodim ishni to'xtatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqdan nusxa berib, u bilan hisob-kitob qilishga majbur, ish beruvchi tomonidan kechiktirishga, shu-ningdek, boshlangan ishni tugatmagani, qarzi yo'qligi varaqasini imzolamagani, xodimni moddiy qiymatlarni topshirmagani muno-sabati bilan ham kechiktirishga yo'l qo'yilmaydi.
Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beravchi kelishuviga ko'ra, qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilguniga qadar ari-zasini qaytarib olishga haqli. Xodimning o'rniga boshqa taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos bo'lmaydi, chunki ish beravchi faqat awalgi xodim o'rtasidagi mehnat shart-nomasini bekor qilgandan keyingina bu ish (lavozim)ga boshqa xodimni taklif qilishga haqli.
Ogohlantirish muddati o'tgan bo'lsa-da, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo'lsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o'z kuchini yo'qotadi va bu arizaga ko'ra mehnat shart­nomasini bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi. Xodim tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida berilgan ariza tegishli holatlar mavjud bo'lgan holda ish beravchini ogohlantirish muddati o't-masdan belgilangan tartibga rioya qilgan holda umumiy asoslarda mehnat shartnomasini bekor qilish huquqidan mahram qilmaydi.
Agar xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizada u tomonidan ishni davom ettirishning imko-niyati yo'qligi asoslantirilgan (o'quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo'yiladigan lavozimga saylanishi va h.k.) bo'lsa, ish beravchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak. MK 90-moddasining 5-qismida ishni davom ettira olmaslik holatlarining taxminiy ro'yxati ko'rsatil-ganligi munosabati bilan, sud nizoni ko'rishda boshqa holatlar (tibbiy xulosaga ko'ra, sog'lig'ining ahvoli muayyan ishni bajarishga to'sqinlik qilishi, birinchi guruh nogironi bo'lgan oila a'zosiga aloqadorliligi va boshq.)ni e'tiborga olishi mumkin.
Xodim ishdan bo'shash to'g'risidagi o'z arizasini ish bemvchi-dan u ishdan bo'shatish haqida buyruq chiqarguniga qadar istagan paytda qaytarib olishga yoki uni bekor qiluvchi boshqa ariza berishga haqli. Bunday holda xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 104-moddasida aytilishicha:
Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun taraflarning neustoyka to'lashi haqidagi o'zaro majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin, bunga ko'ra agar mehnatga oid munosabatlar xodimning aybli xatti-harakatlari bilan bog'liq bo'lmagan asoslar bo'yieha (100-modda, ikkinchi qismining 1, 2, 5 va 6-bandlari) ish beravchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo'lsa, ish beravchi xodimga neustoyka to'laydi, agar mehnatga oid munosabatlar xodimning tashabbusi bilan (99-modda), shu-ningdek, xodimning aybli xatti-harakatlari bilan (100-modda, ik­kinchi qismning 3 va 4-bandlari) bog'liq asoslar bo'yieha bekor qilingan bo'lsa, xodim ish beruvchiga neustoyka to'laydi. Agar meh­nat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo'yilmagan bo'lsa, taraflar uni to'lashdan ozod etiladi.
Neustoykaning miqdori ish beravchi tomonidan xodimning manfaatlarini ko'zlab qilingan xarajatlarga, xodim ishlagan davr va boshqa holatlarga bog'liq tarzda tafovut qilish mumkin. Xodim to'laydigan neustoyka miqdori ish beravchi to'laydigan neustoyka miqdoridan oshib ketishi mumkin emas.
Agar mehnat shartnomasi kodeksning 99-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda xodim tashabbusi bilan bekor qilingan bo'lsa, u neustoyka to'lashdan ozod etiladi. Tarafiardan biri neustoyka to'lashdan bosh tortsa, uni undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
Dastlabki sinov sharti bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xo­dimning xohishi bilan sinov muddati tamom bo'lgunga qadar ish beravchi uch kun awal yozma ravishda ogohlantirilgani holda bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasini xodim tashabbusiga ko'ra bekor qilishga oid yuqorida bayon etilgan qoidalar saylab qo'yi­ladigan lavozimlarda hamda konkurs asosida egallab turilgan lavozim-larda ishlayotgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ham to'la hajmda tatbiq etiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish