О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet26/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

10-bob
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi va uning asosiy tasnifi. Mehnat qonunlari mehnat qilishning ixtiyoriyligi, kasb turi va ish joyini tanlashning erkinligi tamoyiliga asoslangani holda mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkinligini ham nazarda tutadi. Mehnat shartnomasining bekor bo'lishi muayyan yuridik shart-sharoitlar yuz berishi tufayli xodim bilan ish beruvchi o'r-tasidagi mehnat-huquqiy aloqalariga barham berilishidan iborat.
Mehnat munosabatlarida xodimlar manfaatlarini ustuvor ravishda himoya qilish O'zbekiston Respublikasi mehnat qonun-chiligining bozor munosabatlari sharoitidagi asosiy xususiyatla-ridan sanaladi. Ana shunga muvofiq ravishda, xodimlar istagan paytlarida, muddatli yoki muddatsizligidan qat'i nazar, har qan­day mehnat shartnomasini hech bir to'sqinliksiz bekor qilish imkoniyatiga ega bo'lgani holda ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomasi qonunda maxsus nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganida va belgilab qo'yilgan tartiblarga qat'iy rioya etilgani holdagina bekor qilinishi mumkin.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi 1963-yilgi tavsiyalari va «Tadbirkor tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida»gi 1982-yil 22-iyundagi konvensiyada mehnat shartnomasini bekor qilinishiga doir xalqaro huquqiy taomillar belgilab qo'yilgan1.
Mehnat qonunchiligidagi mehnat shartnomasi taraflari bo'lgan xodim va ish beruvchining xohishiga bog'liq bo'lmagan tarzda, shartnoma tarafi sanalmaydigan shaxslar talabi yoki aralashuvi bilan mehnat shartnoma munosabatlarining to'xtalishiga asoslar nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-modda-sida mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi asoslari nazarda tutilgan:
1. Taraflarning kelishuviga kp'ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. Taraflardan birining tashabbusi bilan.
3. Muddatning tugashi bilan.
4. Taraflarning ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra.
5. Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra.
6. Saylov yoki tanlovdan o'tmaganligi, yoxud saylov yoki tan­lovda ishtirok etishni istamaganligi tufayli.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi ham, muayyan muddatga tuzilgan shartnomasi ham istalgan paytda taraf-lar kelishuviga ko'ra bekor qilinishi mumkin. Faqat sud hukmi bilan belgilangan axloq tuzatish ishi tarzidagi jinoiy jazoni o'ta-yotgan, muqobil harbiy xizmatni o'tayotgan shaxslar ish beruvchi va xodim kelishuvi asosida ishdan bo'shatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Chunki ular bilan mehnat munosabatining o'rnatilishiga ham, bekor qilinishiga ham vakolatli davlat organlarining tegishli hujjat-larigina asos bo'lishi mumkin.
Korxona mulkdorining almashuvi (korxonaning davlat tasarru-fidan chiqarilishi, sotib yuborilishi), qayta tashkil etilishi, qo'shib yuborilishi, ajralib chiqishi, bir idora bo'ysunishidan boshqa idora bo'ysunishiga o'tkazilishi kabi holatlar mehnat shartnomasini bekor bo'lishiga olib kelmaydi va u xodim xohishi bilan davom ettirilishi mumkin. Mulkdorning almashishi belgilangan tartibda va muddat ichida korxona rahbarini, uning o'rinbosarlarini, bosh buxgalterni ishdan bo'shatilishiga olib kelishi mumkin (MKning 100-moddasi, 6-bandi).
Ayrim davlat va jamiyat vazifalariga saylov yoki tanlov asosida tayinlash (davlat hokimiyati, boshqarav organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat organlari va boshq.) qo-nunlarda nazarda tutilgan. Ushbu vazifalarda ishlayotgan xodimlar-ning saylov yoki tanlov natijalari bilan belgilangan vakolat mud-dati tamom bo'lishi yangi saylov yoki tanlov o'tkazilishini taqozo qiladi. Xodim navbatdagi saylov yoki tanlovda zarur miqdordagi ovozni ololmay qolishi yoxud uning saylovda (tanlovda) ishtirok etishni istamasligi Mehnat kodeksining 97-moddasi, 6-bandiga muvofiq ishdan bo'shatilishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mehnat shartnomasida qonunda yo'l qo'yiladigan shartlargina mehnat shartnomasini bekor qilish asosi sifatida nazarda tutilishi mumkin. Qonunga zid keladigan shartlarni mehnat shartnomasini bekor qilish asosi sifatida shartnomaga kiritilishi haqiqiy hisob-lanmaydi. Mehnat shartnomasi xodim tashabbusi bilan istalgan paytda, asos kofrsatilmasdan bekor qilinishi mumkin, bunda meh­nat shartnomasining muddati yoki nomuayyan muddatga tu-zilganligining ahamiyati yo'q.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish