O’zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi



Download 3,14 Mb.
bet57/70
Sana21.01.2022
Hajmi3,14 Mb.
#394293
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
Inovatsiya lotin

Marosim - an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo’lib, inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik, tantanavor vaziyatda o’tadigan, shu bilan birga o’zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo’lgan hayotiy tadbirdir. Masalan:

  • ism qo’yish;

  • nikohdan o’tish;

  • dafn qilish;

  • xotiralash;

  • urug’ qadash;

  • o’rimga kirish va boshqa sh.k.lar marosimlar qatoridan o’rin olishi mumkin.

Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo’lsa, marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganda vujudga keladi va uning asosiy burilish daqiqalari (masalan: tug’ilish, uylanish, o’lim kabilar)ni qayd etadi, rasmiylashtiradi. Marosimning avloddan-avlodga o’tadigan o’ziga xos ramziy va rasmiy harakatlari,

qoidalari mavjud.



Marosimda bo’layotgan voqyeaga, «guvoh» sifatida odamlar chaqirilgan, ular dardga yoki quvonchga sherik bo’lishgan, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishgan.

Har bir marosimning o’ziga xos umumiy qabul qilingan tuzilishi (boshlanishi, o’rtasi, oxiri) bo’ladi.



Ko’pincha an’ananing tarkibiy bo’lagi odat, odatning muhim bir qismi marosim bo’ladi. Shu sababli inson hayotida bo’lib o’tadigan yoki bo’lib o’tayotgan muhim voqyeaning turmushda burilish yasaydigan «nuqtalari»ni nishonlash jarayonida ham an’ana, ham odat, ham marosim sodir bo’lishi mumkin.

Masalan, yoshlar voyaga yetganda, yigitlar uylanishi, qizlar turmushga chiqishlari



kerak. Buni avloddan-avlodga o’tib keladigan an’ana desa bo’ladi.

Bir-birini sevgan yigit-qizning oila ko’rishi uchun nikoh to’yi o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, insoniyat hayotiga singgan, muayyan qoidaga va ma’lum tartibga ega bo’lgan urf-odat (lekin har bir millatda bu urf| odatlar har xil) hisoblanadi.

Nikoh to’ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinni nikohdan o’tishlaridir. Nikohning zamonaviy shakliga ko’ra mashinada yurish, guvohlar bilan nikoh ro’yxatidan o’tish, uzuk taqish, nikohlovchi xodimlarning savollariga javob berish, hujjatlarga imzo chekishlar bajariladi. Nikoh rasmiy va tantanali ravishda o’tadigan marosimdir.

Yuqorida aks ettirilgan jarayonlar kelin-kuyov, ularning qarindosh-urug’lari yoki do’stlari uchun bayramga aylanishi mumkin. To’y kechasining o’tkazilishi, barcha tanishlar va qarindoshlarning taklif etilishi bilan bayramga yanada tantanali tus beradi.

«An’ana», «odat», «marosim» tushunchalarining izohi bir-birlariga bog’liq bo’lishi bilan bir qatorda, an’analarning tarkibiy qismi - marosim bo’lishi mumkin.



Masalan, ta’lim muassasasini bitirgan yosh mutaxassislarning ishlab chiqarishga borib ish boshlashi odat tusiga kirib qolgan. Har yili bu muhim voqyeaga bag’ishlangan an’anaviy tadbirlarni tashkil etish mumkin. Bu odatning tarkibiy qismi - yoshlarni tantanali ravishda ishchilar safiga qabul qilish o’z-o’zidan marosimga aylanadi.

Marosimlar:



  • chigit qadash;

  • ishchilar sinfiga qabul qilish;

  • yangi korxona, firma, markazning ochilishi (taqdimot);

  • diplom topshirish;

  • pasport topshirish;

  • dafn qilish va sh.k.

«An’ana», «marosim» kabi bayram bilan bog’liq atamalar «standart» tushuncha emas, ularning mazmuniga hayot rivojlanishi va turmush ehtiyojlari ta’sir etishi mumkin.

Ijtimoiy hayot taraqqiy etishi bilan, uning talablariga javob bermaydigan an’analar va bayramlar, marosimlar asta-sekin unutila boshlanadi.

Marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganda vujudga keladi. Marosimning avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud.

Bu harakatlar va qoidalarning ixchamligi, aniq bir maqsadga yo’naltirilganligi, xatti-harakatlarning bir maromga keltirilganligi yuqorida aytib o’tgan ritualt tushunchasiga to’g’ri keladi.



Rituallar haqida gap borarkan, dastlab ko’z oldimizga O’zbekiston Respublikasi ramzlariga bo’lgan hurmat haqidagi fikrlar keladi.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i, madhiyasi, gerbi bizning asosiy ramzlarimiz hisoblanadi. Respublika ramzlari bo’yicha ko’pgina hujjatlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda davlat ramzlariga bo’lgan hurmat va munosabat, ulardan foydalanish, saqlash usullari haqida tavsiyalar berilgan.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish