O’yin ishtirokchilari: Chaqiriq!
Boshqaruvchi: Demak, bizning askarlar uchun ham - ChAQIRIQ!
Guruh askarlari chaqiriq e’lon qilinishi bilan o’rinlaridan turadilar va stullarga ilib qo’yilgan harbiy kiyimlarni tezlik bilan kiyadilar. Tez va to’g’ri kiyina olgan guruh askarlari g’olib hisoblanadi.
Topshiriq bajariladi, baholanadi, stendda ballar paydo bo’ladi.
Boshqaruvchi: Endi barcha askarlar saf torting! So’z hay’at a’zolariga!
Hay’at a’zolari to’plangan ballarni e’lon qiladilar. Mukofotlaydilar. Yakun yasaydilar. Askarlar o’z joylariga qaytadilar.
Izoh: Bir soatlik o’yin-musobaqaga mo’ljallangan musobaqalar musiqa sadolari ostida o’tkaziladi. O’yinga mo’ljallangan topshiriqlarni joylardagi imkoniyat, o’quvchilarning qiziqishi va yoshlariga qarab tanlash kerak. Zaruratga qarab musobaqalarning sonini kupaytirish yoki kamaytirish, osonlashtirish yoki qiyinlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |