Uchinchi guruh. Yoshlarning axloqiy fazilatlarini takomillashtirishga qaratilgan rituallar. Rituallarning bunday tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Milliy-madaniy, odob-axloq darslari (masalan, tashqi qiyofa, salomlashish odobi, o’zini tuta bilish va boshqara olish, so’zlashish madaniyati).
Mavsumiy sport bayramlari.
Mavsumiy hasharlar.
Shaxsiy tarkib o’rtasida bahs-munozara (masalan, «Ota-onang - toju taxting»,
«Nima savob-u, nima gunoh», «Nonni e’zozlang», «Yigit kishiga yetmish hunar oz»,
«Bepul narsaning bahosi qancha», «Yo’lbars izidan, yigit so’zidan qaytmas» va sh.k.).
«Farzand burchi» ko’rigi.
«Odobnoma» choyxonasini o’tkazish rituali.
Notiqlik turniri.
«Mehmonnoma» davrasi.
Topishmoqlar (xalq topishmoqlari) kechasi.
Kulgu kechasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |