Zarurat tugʼilganda ushbu funktsiyalarni boshqa boʼlinmalarga (kotibiyat, umumiy boʼlim va h.q.) berishga ruxsat etiladi.
“Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlardagi maʼlumotlardan toʼgʼri foydalanish va maʼlumotlarning saqlanishini taʼminlash uchun javobgarlik bevosita harbiy qism va muassasa ijrochilari zimmasiga yuklatiladi.
“Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlarini qabul qilish va hisob (roʼyxat) ga olish, nomaxfiy hujjatlar hisobini yuritish topshirilgan ish yuritish boʼlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bir marta roʼyxatga olish talabi “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlariga ham tadbiq etiladi.