Аgar bu xizmat zaruratidan kelib chiqmasa, “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlar bilan ishlashga ruxsat etilgan ijrochilarga ushbu hujjatlardagi maʼlumotlarni ogʼzaki yoki yozma shaklda kimgadir yetkazish taqiqlanadi. Komandirlar (boshliqlar) “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlarni hisobga olish, saqlash, koʼpaytirish va ulardan foydalanishni toʼgʼri tashkillashtirish, shuningdek oʼz boʼysunuvidagi shaxsiy tarkib va xizmat safariga yuborilgan mansabdor shaxslar tomonidan ushbu Yoʼriqnomadagi talablarga rioya qilishi uchun javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |