Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli xizmat hujjatining loyihasini ishlab chiqishda, har bir nusxaning oxirgi varagʼini pastki chap burchagida ijrochi tomonidan 12 oʼlchamli “Times New Roman” toʼgʼri shriftida qalin boʼlmagan kichik harflar bilan yozilgan tarqatish hisobi koʼrsatiladi. Unda quyidagilar koʼrsatiladi: hujjat tayyorlangan boʼlinmaning nomlanishi, chop etilgan nusxalar soni, manzillarning shartli nomlanishi boʼyicha tarqatish hisobi, hujjatni chop etgan shaxsning familiyasi, ismi va otaismi, uning xizmat telefon raqami (mavjud boʼlsa) va chop etilgan sana.
Do'stlaringiz bilan baham: |