Masalan: 00000 h/q Chop etildi 2 nusxada 1-nusxa ShHO shtabiga 2-nusxa yigʼma jildga Chop etdi J.K. Utkirov Tel.89-13 10.01.2016 y. Chop etilgan va imzolangan “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlar xomaki nusxalari bilan birga roʼyxatga olish uchun ularning hisobini yuritishni amalga oshiradigan ish yurituvchiga topshiriladi. Homaki va imzolanmagan nusxalar ushbu ish yurituvchi tomonidan yoʼq qilinib, hujjatning yigʼma jildda (ish yuritish boʼlinmasida) qoladigan nusxasida yoʼq qilinganlikni tasdiqlovchi quyidagi yozuvlar yoziladi: “Homaki (imzolanmagan) nusxalar, jami 5 (besh) varaqda yoʼq qilindi” hamda sanani koʼrsatgan holda ijrochi va ish yurituvchining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |