“Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjat va nashrlar soni koʼp boʼlmagan hollarda, ularni nomaxfiy hujjatlar bilan birgalikda hisobga olishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli hisobga olish jurnalida hujjatning roʼyxatga olingan raqamiga “XDFU” belgisi qoʼshiladi. Hisobga olish kitob va jurnallarining varaqlari ushbu Yoʼriqnomaning talabiga muvofiq raqamlanadi, tikiladi va muhrlanadi. Tarqatish uchun qabul qilingan “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli nashrlar tiraji, xizmat chizmalari va nashrlarining hisobini yuritish jurnalida (20-shakl) bir hisobga olish raqami bilan roʼyxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |