Harbiy qism komandirining (muassasa boshligʼi) yozma shakldagi ruxsatisiz “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifidagi hujjatlarni shtab (muassasa) xonalaridan olib chiqish taqiqlanadi. “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli xizmat hujjatlarini dala sharoiti, poligon, park va shunga oʼxshash joylardagi mashgʼulotlarni oʼtkazish uchun olishga ruxsat etiladi. Ular tegishli shakldagi hisobga olish hujjatlaridagi imzo ostida mashgʼulot rahbariga beriladi hamda eltish vaqtida saqlanganlikni taʼminlaydigan muhrlanadigan ish papkalarida olib yurilishi va saqlanish kerak. Xizmat hujjatlarining maxfiylik grifidan qatʼiy nazar ularni eltish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʼshinlarida hujjat (buyum) va axborot tashuvchilarni olib kirish, olib chiqish va eltish tartibi toʼgʼrisidagi Yoʼriqnomada belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |