O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, hamda javobgarligi Tayyorladi: Azizberdiyev Zayniddin
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi haqida umumiy
G‘aznachilik o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi;
G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizomiga va mazkur Nizomga hamda o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan, Davlat budjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish
budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish
davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash, budjet tashkilotlari uchun chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish
valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutadagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish va budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining asosiy funksiyalari
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun G‘aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g‘aznachilik hisob raqamida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
manbalar bo‘yicha tegishli budjet tizimi budjetlari daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
birlamchi hujjatlar asosida Davlat budjeti g‘azna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining ijro etilishi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
o‘zining hududiy bo‘linmalari faoliyatini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining huquq va majburiyatlari
G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga o‘tkazish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda (uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish.
G‘aznachilik quyidagilarga majbur:
Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga berish.
o‘ziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining javobgarligi
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada ijro etmaganligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi
boshqa qonun buzilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
E’tiboringiz uchun rahmat