164
buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda
kamdan-kam topiladi” [3], – deb ta’kidlaydi.
Bizning donishmand ajdodlarimiz hamisha ilm-ma’rifatni ulug‘laganlar, insonni
axloqli, tarbiyali bo‘lishga, Vatanni sevishga, insonparvar hamda millatparvar
bo‘lishga undaganlar. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy meros, ulkan
kashfiyotlar
inson dunyoqarashi, ayniqsa yosh avlod dunyoqarashini shakllantirish
hamda rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
O‘tgan asrda o‘zligimizni, tariximizni aniq bilmaganligimiz uchun jahon
madaniyatiga hissa qo‘shgan allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyati haqida
yaxshi ma’lumotga ega bo‘lmadik. Bugungi kunda
istiqlol tufayli erishgan
yutuqlarimizdan biri buyuk ajdodlarimiz merosining bizga qaytishidir. Ajdodlarimiz
tomonidan bizga qoldirilgan boy ma’naviy meros kelajak avlodning tafakkuri,
dunyoqarashi milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishida, Vatanga
muhabbat,
millatparvarlik, ajdodlarga munosib farzand bo‘lish va ularning
bunyodkorlik faoliyatini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bugungi kunda jahon miqyosida buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga
hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishning ortib borayotganligi barchamizni quvontiradi. Shu o‘rinda Belgiyada Ibn
Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher
Navoiy
bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy xotirasiga
hurmat sifatida muazzam haykallarning o‘rnatilishi har bir vatandoshimiz qalbida
cheksiz iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi” [4].
O‘zbek milliy-ma’naviy merosi o‘zining boyligi, hayotiyligi bilan ham jahon
sivilizatsiyasida alohida o‘ringa ega. Hozirgi
kunda ajdodlarimiz erishgan
yutuqlarning umumjahon tomonidan e’tirof etilishi, avvalo yoshlarda o‘z xalqiga
muhabbat, hurmat tuyg‘ularini shakllantiradi, ularda miliy iftixor tuyg‘usini yaratadi,
o‘zligini chuqurroq anglab olishga imkon beradi. Ajdodlarimizdan avlodlarga
qoldirilgan boy ma’naviy-madaniy meros hamda ulkan
kashfiyotlar mamlakatimiz
yoshlarida ajdodlar ruhiga hurmat, Vatanga muhabbat hamda millatparvarlik ruhida
kamol topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
165
Milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz tarixida Amir Temur va Temuriylar davri
alohida ahamiyatga ega. Amir Temur buyuk
davlat barpo etish bilan birga, uning
kelajagi va ravnaqi yo‘lida bor kuch va salohiyatini safarbar etdi. Uning “Temur
tuzuklari” asarida vatanparvarlik g‘oyasi asosiy o‘rinni egallab, o‘sha davr ilmiy
tafakkurining gultoji sifatida baholandi.
Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida Vatan ozodligi, yurt tinchligi uchun har
bir shaxs qayg‘urishi va bu intilish uning vatanparvarlik hissida jo‘sh
urishi
lozimligiga alohida e’tibor berganligi asardagi hikmatli so‘zlarda ham yaqqol
namoyon bo‘ladi. U ayrim hukmdorlarning Vatan ozodligi uchun kurashish o‘rniga
o‘z ehtiyojlarini o‘ylab, uni dushman qo‘liga bermaslik uchun kurashganlarga
nisbatan adolatsizlik qilganlarni qattiq qoralaydi.
Amir Temur bobomizning ma’naviy merosi, ezgu amallari, bunyodkorlik ishlari
dunyo ahli tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. O‘z navbatida,
bunday
bebaho ma’naviy merosimizdan yoshlarimizni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga
sadoqat ruhida tarbiyalashda keng foydalanish mazkur jabhadagi ishlarning
samaradorligini ta’minlaydi.
Shu o‘rinda she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning vatanparvarlik
tuyg‘usi bilan sug‘orilgan ruboisi ham diqqatga sazovordir:
Do'stlaringiz bilan baham: