O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.:O’zbekiston, 2017. 
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi, 2018. 
MUSTAHKAM DAVLAT POYDEVORINI YARATISHDA - YOSH HARBIY 
VATANPARVARLARNI TARBIYALASHNING AHAMIYATI
46

Har bir insonning tug’ilib o’sgan yeri, eng qadrli maskani – aziz Vatani 


hisoblanadi. Chunki u yerda inson o’z yaqinlari bag’rida o’sib ulg’ayib, shaxs sifatida 
kamol topadi.
Vatan
– 
bu kishi tug’ilib o’sgan mamlakati, ona yurti, ona zamini, sevimli 
diyori, maskani, kishining iymoni, vijdonidir. Vatanni sevmoq o’z o’lkasi tarixi, 
madaniyati, tabiyatini o’rganishdan boshlanadi [3].
Vatan manfaati – Vatanning ozodligi va mustaqilligi, uning hududida 
yashaydigan halqning tinchligi va osoyishtaligi, bugungi va kelajak hayotini, huquq 
va manfaatlarini, barcha milliy boyliklarini asrab-avaylash, boyitish va himoya qilish 
bilan bog’liq barcha maqsad, vazifalarni ifoda etadigan tamoyildir [4]. 
Vatan hissi – bu uning egasi bo’lmish xalqni sevmoq, hurmat qilmoq, qadriga 
etmoq va e’tirof etmoq demakdir. Vatan bu xalqning o’tmishi, buguni va kelajagidir. 
46
 
Yunusov U.A.
 - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti


158 
Mamlakatga muhabbat va sodiqlik, uning tarixiy, milliy, madaniy va ma’rifiy 
qadriyatlari, davlat manfaatlarini chuqur tushunish, uning qurolli himoyasiga shaxsiy 
mas’uliyat, suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash borasidagi tarbiya bu 
vatanparvarlik tarbiyasidir. 
Vatanparvarlik – Vatanning ozodligi va obodligi, uning sarhadlarining 
dahlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo’lida fidoyilik ko’rsatib yashash, ona 
halqining or-nomusi shon-sharafi, baxtu-saodati uchun kuch-g’ayrati, bilim va 
tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek duyodagi eng muqaddas va olijanob 
faoliyatni anglatadigan tamoyildir. Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli, 
ona yurtga muhabbat tuyg’usi qancha chuqur anglansa vatanparvarlik tuyg’usi 
shuncha yuksak bo’ladi [4]. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida – “...fuqarolar O’zbekiston 
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar, 
madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir, O’zbekiston Respublikasini himoya 
qilish - O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir” deb berilishi har bir 
fuqaroga vatanparvarlik borasida katta mas’uliyatni yuklaydi [1].
Vatanni sevish va uni himoya qilish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng 
oliy tuyg’u va eng muqaddas burch hisoblanadi. Vatan himoyasi barcha fuqaro, eng 
avvalo o’zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir yigit uchun yuksak iftixordir. 
Ajdodlarimizga nazar tashlasak azal-azaldan yurtiga, xalqiga bo’lgan muhabbatini, 
sadoqatini amalda isbotlab kelishgan. Bunga ajdodlarimizdan Shiroq, Spitamen, 
Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek va Bobur Mirzolarning 
faoliyati tarixiy misol bo’la oladi. Ular qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy meros bugungi 
kunda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb 
etmoqda [3]. 
Birgina misol, bobomiz Amir Temur yozib qoldirgan “Temur tuzuklari”ga 
taxtaladigan bo’lsak, unda bobomizning shaxsiyati va davri haqida, davlat tuzilishi va 
saltanat yuritish xususida, umuman, insoniy munosabatlar to’g’risida keng 
ma’lumotlarnig berilishi noyob durdonaligidan dalolat beradi.


159 
Bu durdonaning ayrim jihatlariga to’xtalish va yoritib o’tish maqsadga 
muvofiqdir. Xususan, beshinchi tuzukda - “Saltanat to’nini kiygach, o’z to’shagimda 
rohatda uxlash huzur-halovatidan voz kechdim. Qilich ko’tarib jang maydoniga 
otildim va viloyatlar, mamlakatlarni bo’ysundirib, dunyoda nom chiqardim…” 
deyilishida o’z davlati kelajagi, ravnaqi uchun kunu-tun mehnat qilish, kurashish, 
Vatan himoyasi, uning kelajagi, rivoji va istiqboli uchun jasoratli bo’lish lozimligi 
ko’rsatib o’tilgan dalolatdir [5]. 
Xalqimizda bejizga “Vatan ostonadan boshlanadi”, deyilmaydi. Vatanni himoya 
qilish – insonning o’z ostonasini, ya’ni uyini, oilasini, sevimli yori va bolalarini, 
yaqinlarini, ota-bobolarining tabarruk hoki yotgan muqaddas tuproqni himoya qilish, 
deganidir. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 10 yanvar kuni Xavfsizlik 
kengashi majlisidagi “Qurolli kuchlarimiz – mamlakatimiz barqarorligi va 
taraqqiyotining mustahkam kafolatidir” mavzusidagi nutqida ta’kidlaganlaridek – 
“Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha 
zamonaviy zarur texnika va jihozlar, qurol-yarog’lar bilan ta’minlash mumkin. 
Ammo shaxsiy tarkib ma’naviy jihatdan zaif bo’lsa, ya’ni, askar va ofitserlarimizda 
jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun mas’uliyat bo’lmasa 
yoki ularning o’rtasida beparvolik hukm sursa, bunday holat nihoyatda noxush 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qurolli Kuchlarimiz barcha davlat idoralari, 
muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan haqiqiy mardlik va 
yuksak 
vatanparvarlik 
maktabiga 
aylanishiga 
erishishimiz 
zarur. 
Harbiy 
xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashni 
yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqimizning 
qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning harbiy san’atni rivojlantirishga 
qo’shgan hissasini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga ega”. 
2018 yil 23 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasini tasdiqlash 
to’g’risidagi” 140-sonli qarori imzolanishi ulkan siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega 
voqea bo’ldi. Bu o’z navbatida O’zbekiston Respublikasida yoshlarni harbiy 


160 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir printsiplar va yondashuvlarni aniq belgilab 
berdi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy vazifaliridan biri etib, yoshlarda 
O’zbekiston Respublikasi, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak 
vatanparvarlik fazilatlarini shaklllantirish, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni 
kuchaytirish, Vatanimizni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi 
ekanligini singdirish etib belgilandi. Shuni ta’kidlash joizki, bu maqsadlarga 
erishishda ilmiylik, aniqlik va tezkorlik, tarixiylik, faollik, ta’lim tarbiya ishlarining 
uyg’unligi, muntazamlik, erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish pritsiplaridan
faodalanilayotganligi, o’z navbatida amalga oshirilayotan ishlar samaradorligini 
oshirishga katta turtki bo’lmoqda
2018 yilning 15 dekabr kunidan 2019 yilning 15 yanvar kuniga qadar 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 
Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga 
bag’ishlangan “Vatanparvarlik oyligi” o’tkazildi. Bu oy davomida “Vatan-
muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” umumiy g’oya ostida tadbirlar tashkil 
etildi, “Mardlik va jasorat” mavzusidagi darslar, maktabgacha ta’lim muassasalarida 
“Men ham harbiy bo’laman”, chaqiruvga tayyorlanayotgan yoshlar o’rtasida “Men 
albatta harbiy bo’laman” mavzusida, “Askar mahalla faxri” va “Askar onalarini 
sharaflaymiz” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Ibratli tengdoshim” 
mavzusida davra suhbati va uchrashuvlar, “Mening akam – Vatan himoyachisi” 
mavzusida videokonferentsiyalar, “Mening armiyam - mening faxrim” mavzusida 
tasviriy san’at asari tanlovlarning o’tkazilgani yoshlarni harbiy-vatanparvarlik 
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etdi [6].
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tish mumkinki, yoshlarni harbiy vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalashda Vatanning ozodligi va obodligi, uning sarhadlarining dahlsizligi, 
mustaqilligining himoyasi yo’lida fidoyilik ko’rsatib yashash, burch sadoqat, sohani 
mukammal o’zlashtirish, xalollik, fidoiylik, to’g’riso’zlik, sofdillik, ilmlilik va 
raqatbardoshlik tamoyillari asosida tarbiyalash yosh harbiy-vatanparvarlarni 
tarbiyalashda to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi ahamiyati beqiyosdir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish