151
xalqimizning qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning harbiy san’atni
rivojlantirishga qo’shgan hissasini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga ega”.[1]
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni
Sh.M.Mirziyoyev
Vatanparvarlik tarbiyasini biz bola tug’ilganidan boshlab, uning tafakkuriga
singdirib borishimiz lozim aslida. Albatta, ona suti bilan, ona aytgan allasi orqali ota-
onaga, Vatanga bo’lgan muhabbat, asta-sekinlik bilan bolaning ongida rivojlanib
boradi. Vatanparvarlik tushunchasi juda keng qamrovli tushuncha bo’lib,
hozirgi
kunda yurtimizdagi barcha soha egalari vatanparvar bo’lishlari lozim. Chunki,
yurtimizdagi bobo-dehqondan boshlab, olim va allomalarimizgacha o’zlarining har
bir qilgan mehnatida Vatanga sodiqlik hissi aks etib tursa, Vatanimiz yanada
rivojlanib, dunyo ham jamiyatida o’zining mustahkam o’rniga ega bo’ladi.
Bu borada bizga, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros, ularning hayot
yo’llari, bizga shaxsiy namuna bo’la oladi desak adashmaymiz. Sharq xalqlari
tafakkurida vatanparvarlik g’oyalari azaldan keng tarqalgan bo’lib uning ko’p
mingyillik tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Sharq uyg’onish
davri mutafakkirlarining
yashash tarzi, ijodi, ularning ilm yo’lida olib borgan izlanishlarining o’zidanoq,
yoshlarni tarbiyalash yo’lida ko’plab ijobiy fikrlarga ega bo’lishimiz mumkin.
Ularning har bir qilgan ishlarida, yozgan birgina satrida ham vatanparvarlik
g’oyalarini ko’rish mumkin. Sharqda “Muallimi soniy”, ya’ni Arastudan keyingi
“Ikkinchi muallim” nomi bilan shuhrat qozongan Abu Nasr Forobiy insonlarning
jamiyatda ahil bo’lib yashashlari taraqqiyot mezoni ekanligini o’zining ilmiy
merosida yozib qoldirgan.
Har bir insonda Vatanni sevish,
uni qadrlash, uning muqaddasligini qalban his
etish, o’zini Vatandan ayri his eta olmaslik kabi sof insoniy his-tuyg’ular asosida
qaror
topgan
vatanparvarlik
tuyg’usi shaxs ma’naviyatining mezonidir.
Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda hamda mavjud ma’naviy-axloqiy qadriyatlar
asosida shakllanadi va rivojlanadi. Hech bir shaxs vatanparvarlik tuyg’usini
yaratmaydi, balki uni tayyor holda qabul qilib oladi va asta-sekinlik bilan o’z ongiga
152
singdirib boradi. Chunki vatanparvarlik uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonlarida
shakllanadigan ijtimoiy tuyg’u hisoblanadi. Shuning uchun ham vatanparvarlik,
insonlarning
ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy xislatlari va fazilatlarining yuksak darajada
namoyon bo’lishi deb qaraladi.
Vatanparvarlik deganda, avvalo, el-yurt manfaati yo’lida fidokorona xizmat
qilish, har doim el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish tushuniladi. Bu
esa har birimizdan fidoyilikni talab qiladi. Fidoyilik esa vatanparvarlikning asosiy
mezonidir. Demak, O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida yuksalishi, iqtisodiy,
ma’naviy-madaniy taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayotga erishishi uchun tinmay
mehnat qilish va izlanish eng katta fidoyilikdir. Fidoyilik, avvalo, Vatanga bo’lgan
sadoqat hamda mehr-muhabbatdan boshlanadi. Ya’ni, har bir sohada fidoyilik asosida
vatanparvarlik g’oyalari namoyon bo’ladi.
Harbiy vatanparvarlikning oliy ko’rinishlaridan biri jasoratdir.
Jasorat
shunchaki, kitobiy so’z bo’lib qolmay, tarixiy taraqqiyotimiz bosqichlarida, xalq,
millat manfaati yo’lida mard va jasur o’g’il-qizlarimiz tomonidan amalga oshirilgan
ulug’ ishlar majmuidir. Bunga To’maris jasorati, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron
Amir Temur, Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning ko’rsatgan buyuk
jasoratlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, ajdodlarimizning ilm-
fan, adabiyot, madaniyat ravnaqi uchun el-yurt,
xalq farovonligi, Vatan himoyasi
yo’lida qilgan mehnati, o’zini fido qilishni talab etadigan favqulodda holatlarda
ko’rsatgan ibratlarini ham haqiqiy jasorat namunasi, desak, xato bo’lmaydi.
Ma’lumki, o’tgan yilning dekabr oyida taraqqiyotimizning yangi bosqichi
bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
e’lon qilindi. Murojaatnoma ham hajman, ham mazmunan keng qamrovli bo’lib, har
birimizni ona-Vatanga sodiq xizmat qilishga, bir jonu bir tan bo’lib, uning tinchligini
avaylab asrashga hamda ravnaq toptirishga o’z hissamizni qo’shishga chaqiradi.
Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr xalq manfaatiga,
Vatan ravnaqiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Jumladan, Prezidentimizning
“Niyati ulug’ xalqning – ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi.
Biz demokratik islohotlar yo’lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Qanchalik qiyin
153
bo’lmasin, faqat oldinga – yangi, yuksak marralar sari boramiz. Yangi O’zbekiston
taraqqiyotiga hissa qo’shish – Yaratganning o’zi bizga bergan tarixiy imkoniyat,
desak, to’g’ri bo’ladi” [3], degan so’zlarining o’ziyoq vatanparvarlik, millatga
sadoqatlilik belgisidir.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashga katta etibor qaratmoqdalar. Xususan, 2018 yil 12
dekabr kuni
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni
harbiy-texnik mutahassisliklar bo’yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish
bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori qabul qilindi [3].
Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi
jarayonida, buyuk ajdodlarimiz, sarkardalarimizning
Vatan ravnaqi, uning himoyasi
uchun qilgan fidoiyliklarini yuksaklarga ko’tarib, yurtimiz tinchligi yo’lida o’zimizni
o’rnak ko’rsatib olib borishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: