Adabiyotlar
1.
Karimov I. Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolatidir. - Toshkent: O’zbekiston, 2003. – 45b.
2.
Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi //
Postda, № 5, 16.01.2019 , 3 b.
3.
14 yanvar - Vatan himoyachilari kunini belgilash to’g’risida. O’zbekiston
Respublikasining Qonuni. 1993 yil, 29 dekabr. Toshkent: O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1994. - №1.
HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH -
YOSHLARNI VATAN HIMOYASIGA TAYYORLASH TIZIMINING
MUHIM OMILI SIFATIDA
17
Yoshlar harbiy vatanparvarlik tarbiyasining uslubiy va mafkuraviy-nazariy
asoslari, o’quv yurtidagi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining tizimi, o’quvchi
yoshlarni Qurolli Kuchlar xizmatiga, Vatan himoyasiga axloqiy-siyosiy, psixologik,
17
Haydarov Alisher Usmon o`g`li – O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
62
harbiy-texnik va jismoniy tayyorlashni tashkillash, uning mazmuni, shakl va uslublari
bo’lib hisoblanadi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyaning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
birinchidan,
oliy o’quv yurtida o’qitilayotgan boshqa fanlar bilan uzviy
birlikda, talabalarni milliy va baynalminal ruhida tarbiyalash, ularni Vatan
himoyasiga doimo qo’lda qurol bilan shay bo’lishlarini ta’minlash;
ikkinchidan,
kursantlarda faol ongli, mehnatsevar, Vatan uchun jasoratga va
qaxramonlikka tayyor yosh avlodni tarbiyalay oladigan pedagog o’qituvchi
xislatlarini rivojlantirish;
uchinchidan,
kursantlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasini nazariy-amaliy
bilimlari bilan qurollantirish, ularda umumiy o’rta maxsus kasb-hunar kolejlari va
akademik litseylarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchisi lavozimida ishlash
uchun o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkillash va o’tkazish, malaka va ko’nikmalarini
shakllantirish.
Yuqorida aytib o’tilgan tarbiya turlari orasida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
muhim o’rin egallaydi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni Ona-Vatanga, uning
shonli tarixiga, tinchlikparvar va bunyodkor xalqiga nisbatan sadoqat va muhabbat
ruhida tarbiyalashi lozim.
Chaqiriqqacha qadar boshlang’ich tayyorgarlik mashg’ulotlarida, harbiy
vatanparvarlik va ommaviy mudofaa tadbirlarida o’quvchi yoshlar Qurolli
Kuchlardagi bo’lajak xizmatlari va Vatanimiz himoyasi uchun zarur bo’lgan bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtiradilar. Ular bu mashg’ulotlar va tadbirlar
davomida harbiy ish va xizmat asoslarida dastlabki ma’lumotlarni oladilar. Yoshlar
Qurolli Kuchlarimiz tarixini, uning bugungi kundagi Vatanimiz mustaqilligini
himoya qilishdagi faoliyati, Qurolli Kuchlar turlari va ularni vazifalari, Qurolli
Kuchlardagi xizmat qilish tartiblarni va boshqa ko’p zarur bo’lgan bilimlarni chuqur
o’rganadilar.
Barcha ijtimoiy-siyosiy faoliyat singari, harbiy vatanparvarlik ishida ham
ma’lum bir sistema, shakliy uslub mavjuddir.
63
U aniq bir vazifalarni, shakl va uslublar mazmunini, vositalarni, shuningdek,
o’ziga xos vazifalarni bajaruvchi davlat va jamoat korxona, tashkilot va
muassasalarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |