59
Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Milliy armiyamiz –
mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”.
Bundan ko’rinib
turibdiki, harbiylarimizga, jumladan, yigitlarga juda katta ishonch
bildirilar ekan, o’z navbatida, bu ishonch ularga katta mas`uliyatni ham yuklaydi.
Shuni qayd etish joizki, buguni kunda milliy armiyamizga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar samarasida Qurolli Kuchlarimizning moddiy va ma’naviy qiyofasi butunlay
yangilandi.
“Ana shunday islohotlar tufayli “Armiya va xalq – bir tan-u jon!” degan
oliyjanob g’oya va amaliy harakat barcha bo’g’indagi hokimiyat va boshqaruv
idoralari, mahalla, yoshlar,
xotin-qizlar, nuroniy tashkilotlari, ta’lim-tarbiya
muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda”[2]. Zamon
talablariga javob beradigan tezkor, ixcham, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy
texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz barpo etildi. Yigitlarimiz professional
tarzda tayyorgarlikdan o‘tib Vatan himoyasida hozir turmoqdalar. Yildan yilga
armiyamiz salohiyati oshib bormoqda.
Muqaddas
dinimizda ham yurtni, Vatanni qo‘riqlash oliy maqsad ekanligi
aytilgan. Bu haqda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat
qilganlar: “Kechalari Allohdan qo‘rqib yosh to‘kkan ko‘zni va Alloh yo‘lida tunlari
posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko‘zni do‘zax otashi kuydirmaydi”. Yana bir hadisi
sharifda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Alloh
taolo roziligi yo‘lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari
ibodat qilib, kunduzlari nafl ro‘za tutishdan afzaldir”. Darhaqiqat, yurtning
himoyasida turish buyuk ibodatdir. Handaq jangi kuni Rasululloh sallollohu alayhi
vasallam yo‘qolib qoldilar. Sahobiylar ul zotni qidirib topa olmadilar. Shunda qora
zulmat orasidan otliq Rasululloh sallollohu alayhi vasallam chiqib keldilar.
Sahobiylar shoshib ul zotning oldiga borib, hol ahvollarini so‘ray boshladilar. Shunda
ul zot: “Madina atrofini aylanib chiqdim.
Dushman bostirib kelib qolishidan havotir oldim” dedilar.
Mana yurt qandoq
qo‘riqlanadi. Kecha-yu kunduz ogoh bo‘lish asosiy maqsadimiz bo‘lishi lozim.
60
Fransuz qo‘mondoni: “Agar kimki o‘z armiyasining askarlarini boqishni xohlamasa,
unda boshqa davlat askarlarini boqishga majbur bo‘ladi” degan edi. Haqiqatan ham,
armiya xalq va davlatning posbonidir. Uning mavjudligi xatarlarning bartaraf bo‘lishi
kafolatidir.
14-yanvarda Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida katta tantana
bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangani ham bejiz emas, albatta. Siz-u bizning
bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli
tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday mas’uliyatli burchni sidqidildan ado
etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo‘layotgan o‘g‘lonlarimizni har
qancha e'zozlasak, ko‘kka ko‘tarsak va ularning haqlariga duo qilsak arziydi.Ana
shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz ham yuksalib
boraveradi.
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan.
Yigitlarimiz
ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib,
Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch, deb hisoblagan. Vatanni himoya
qilish, asosan, yigitlar zimmasida bo‘lganligi bois, oilalarda o‘g‘il bolalar tarbiyasiga
alohida e’tibor berilgan: ularni mustahkam irodali, qat’iyatli, yurt ishi uchun fidoyi
insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilishgan.Xususan, farzandlarimizni vatanparvar,
mard va jasur bo’lib yetishishida, yigitlarimizga yurt, oila,
Vatan singari
tushunchalarni singdirishda tarixda yorqin iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur,
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro hazratlarining jasoratlarini
ularning qalbiga solishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki bizlar mazkur zotlarning
avlodlari hisoblanamiz. Shu sabab ularga xos farzandlar bo‘lishimiz bizning asosiy
vazifalarimizdan biridir.
Shu bilan birga,
mamlakatimizning mard, shijoatli, o‘ktam yigitlari armiya
xizmatidan zaxiraga bo‘shatilganlaridan keyin ham harbiy xizmatdagi kabi g‘ayrat-
shijoat bilan yurt ravnaqi yo‘lida turli sohalarda mas’uliyat bilan mehnat
qilmoqdalar. Bir tomondan, ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z
armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini ham anglatadi.
61
Shuning uchun ham, har yili Vatan himoyachilari bayrami arafasida bir-birini
chin dildan qutlayotgan
nafaqat askar, serjant va ofitserlar, balki talabalar, ziyolilar,
olimlar, faxriylar va boshqa yurtdoshlarimizni ko‘rganda ko‘nglimiz yorishib ketadi.
Ha, bu bayram biz uchun, butun xalqimiz uchun Mustaqillik bayrami kabi aziz va
muqaddasdir. Zero, “Vatan — sajdagoh kabi muqaddasdir”, “Vatanni sevmoq
iymondandir”deyiladi hikmatlarda. O‘z Vatanini sevmagan inson qalbida hech
qachon chinakam muhabbat bo‘lmaydi. Ya'ni, o‘z yurtini seva olgan, uni asray olgan
insondangina vafodorlik, sadoqat va fidoiylikni kutish mumkin. O’zbekiston ham o’z
farzandanlaridan xuddi shunday ishonch va sadoqatni kutadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, “Vatanimiz istiqlolini yanada
mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha’ni-shavkatini
yuksaltirish, adolat,
insof va diyonat hukmron bo’lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib
farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir” [3].
Do'stlaringiz bilan baham: