57
kelajakdagi rivoji talablariga ham javob beradigan, mutlaqo yangi Milliy xavfsizlik
kontsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi.
Sir emaski, milliy armiyamiz tashkil etilgan ilk yillarda Qurolli Kuchlar tizimida
ham jiddiy muammolar mavjud edi. Sobiq tuzum armiyasidan qolgan harbiy xizmatni
o‘tash
tartiblariga rioya qilmaslik, boshboshdoqlik, og‘ir jinoyatlarni sodir etishga
moyillik, ayniqsa, xalqimizning
armiyaga ishonchsizligi, yoshlarning harbiy
xizmatdan bo‘yin tovlashi kabi muammolar o‘z yechimini kutardi.
Yangi mustaqil davlat armiyasi tizimida olib borilgan islohotlar jarayonida
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy
xizmatga chaqirish tizimini
isloh qilish yuzasidan miqyosi hamda teranligi jihatidan muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan vazifalar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan bunday ishlar milliy armiyamiz mudofaa salohiyati
yuksalishida, xalqimizning tinch hamda osoyishta hayotini ta’minlashda, ona-yurtga
sadoqat bilan xizmat qiladigan avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari
mamlakatimiz mustaqilligi,
suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch hamda osuda hayotimizni himoya
qilishning mustahkam tayanchi, degan e’tirofga munosib bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, “bugungi kunda dunyoning ayrim davlatlarida tobora keskin tus
olayotgan vaziyat,
xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi ortib
borayotgani barchamizni chuqur xavotirga qo‘ymoqda” [3]. Yuzaga kelayotgan ana
shunday tahlikalar barchamizdan ogohlikni va qurolli kuchlarimizdan esa yuqori
darajadagi jangovar qobiliyatni mustahkamlashni talab etadi.
Shuni
iftixor bilan aytish kerakki, bugungi kunda yigitlarimiz uchun Vatan
himoyasi oliy sharafga aylandi. Harbiy bo‘lishga intilayotgan yoshlar safi tobora
kengayib borayotgani ham buni ko‘rsatib turibdi. Shu o‘rinda yana bir gap.
Yoshlarimizga Vatan himoyasi nima ekanligini, chegarada turgan askar ortida yurti,
oilasi borligini teranroq anglatishimiz kerak, deb o‘ylayman. Bir paytlar boshimizdan
kechirgan uqubatli kunlar bugun ortda qoldi. Mustaqillik e’lon qilinganidan boshlab
askarlarimiz faqat o‘zimizning yurtimizda xizmat qilmoqda. O‘zbekiston hech
qanday harbiy blokka qo‘shilmaydi va o‘z hududida
chet mamlakatlarning harbiy
58
bazalari joylashishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Bu — qonun yo‘li bilan ham
mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni chuqur anglab yetgan holda ta’lim dargohlarida
vatanparvarlik darslari ko‘proq o‘tilishiga, unda ko‘pni ko‘rgan,
tarixni yaxshi
biladigan insonlarning ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.
Vatanni himoya qilish uchun bugun baland-baland qo‘rg‘onlar qurish shart
emas. Yurtning ma’naviyati yuksak, intellektual salohiyatli asl o‘g‘lonlari uning
qo‘rg‘onlaridir, bugun. Vatanni nafaqat qo‘liga qurol ushlaganlar, balki uni himoya
qilish g‘oyasi ongida qurolga aylanganlar mardona himoya qila oladilar. Mustaqillik
yillarida ana shunday avlod kamolga yetayotgani kishini g‘ururlantiradi
Adabiyotlar
1. Karimov I. Milliy armiyamiz —
mustaqilligimizning, tinch va osoyishta
hayotimizning mustahkam kafolatidir. - Toshkent: O’zbekiston, 2003. – 45b.
3.
Islamov A
.
Vatan himoyasi — muqaddas burch. – Toshkent: O’qituvchi,
2011. – 32b.
Do'stlaringiz bilan baham: