O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

OILA – KICHIK BIR VATAN
92
 
Oila-bu jamiyatning bir bo’lagi, kichik bir Vatan, insoniy muhabbat 
ifodasi, insonni dunyoga keltiradigan makon, ilk tarbiya o’chogi, yurt boyligi 
va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. Bu barcha fuqarolardan o’z oilasini 
mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar, davlatimiz uchun 
sidqidildan xizmat etuvchi, sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi.
Oila - jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan 
ijtimoiy hodisa bo’lib, u muayayn ijtimoiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. 
Oila farovonligi, bolalarni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog’lom qilib 
tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir. 
Oila - ayni vaqtda jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy muassasasidir. Oila 
jamiyatning uzviy qismi bo’lganligi uchun u qancha mustahkam bo’lsa, 
jamiyat ham shuncha mustahkam bo’ladi.
O’zbek oilasining o’ziga xos bir qator xususiyatlari mavjuddir: 
1) O’zbek oilasining uzoq tarixiy o’zgarishlar natijasida shakllanib 
kelganligi; 
2) o’zbek oilasining aksariyat urf-odatlari, marosim va an’analari islom 
qoidalariga va axloq normalariga asoslanganligi; 
3) o’zbek oilasi qadimiy tarixiy boy an’analarga ega ekanligi xamda
buyuk insonlarni etishtirganligi; 
4) oilaning ko’p bolali bo’lishga asoslanganligi; 
5) o’zbek oilasining mehmondo’stligi va bag’rikengligi; 
6) o’zbek oilasining mehnatsevarligi; 
7) o’zbek oilasining zamonaviy ma’naviy va madaniyatga ega bo’lishi 
kabilar shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy jabhalarda amalga 
oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati 
darajasiga ko’tarildi. Albatta, bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal 
92
 
Bekchanova R.R.
– filologiya fanlari nomzodi – O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, 
Harbiy-texnik instituti 


333 
toshlari oilada qo’yiladi. Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir 
oila ahil va totuv bo’lsa jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda 
osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir. 
Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl maqsadidir. 
Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning 
birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o’tmishning yutug’i. Uni to’la, odilona 
egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodning vazifasidir. O’z madaniy merosini, 
qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik manqurtlikdir. Ularni boyitib, yuksak 
darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’na-
viyati yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol, vatanimizning ulug’ bir kelajagi 
uchun mehnat qilishga o’zida kuch va qudrat topa oladi. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz, istiqlol g’oyalari 
bilan sug’orilgan ko’rgazmali targ’ibot vositalarini shakl va mazmun jihatidan rang-
barangligini ta’minlash, xalq og’zaki ijodi namunalarini kuylovchi oilaviy baxshilar 
va ularning sulolalari chiqishlarini tashkil etish va ularning ijodlari asosida hujjatli 
filmlar yaratish va ularni har bir oilaga kirib borishini ta’minlash ma’naviy barkamol 
fuqarolarni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. 
Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning 
oldini olish, ma’naviy tubanlik, zo’ravonlik kabi illatlarni batamom yo’q qilishga 
erishish maqsadida har bir idora va tashkilotda, ta’lim-tarbiya muassasalarida, jamoa 
xo’jaliklarida maxsus «ma’naviyat kunlari», «ma’naviyat saboqlari» - o’quvlari;
muzey, tarixiy qadamjolarga sayohatlar Vatan mehnat qahramonlari, tarixiy va 
taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar o’tkazish; ijodkor oilalar, yoshlar klublari tashkil 
etish; ajdodlarimiz madaniy merosi, urf-odatlari, to’y va motam marosimlari, xalq 
og’zaki ijodi, o’zbek milliy hunarmandchilik namunalarini yig’ish, o’rganish va 
kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish oilada 
ma’naviy yuksak avlodni shakllantirishda ijobiy rol o’ynaydi. 
Oila-mahalla, oila-maktab, oila-jamoatchilik, oila-oliy va o’rta maxsus o’quv 
muassasalari hamkorligi tizimi asosida o’tkaziladigan tadbirlar albatta ijobiy samara 
berishi tabiiy. 


334 
O’zbekona jamoat fikriga va jamoat bo’lib ish yuritish fazilatimiz diqqatga 
sazovor. To’ylarimiz ko’pchilik uchun jamoa tomonidan o’tkaziladi. To’y oldidan 
bo’ladigan maslahatlar, qarindosh-urug’ning erta sahardan kelib, to’yxona oldida qo’l 
qovushtirib, nozik tavoze ila mehmonlarni kutib olishlari, hovlida esa to’y 
mutasaddilarining odamlarni joylashtirib oldiga iltifot bilan choy va osh tortishlari — 
bu milliy odatlarimizning ko’rki emasmi? Etti yot begona odamlar mahalladan stol-
stul tashishsa, qozon, samovar, choynak-piyola olib kelsa, to’y tarqalguncha mezbon 
yonida tursa — bunaqa oliyjanoblik, bunaqa jamoaviy ruh va mehrni qaerda 
ko’rgansiz? 
Odamlarning boshini qovushtiradigan, ularni bir tan bir jon bo’lib mehnat va 
rohatga jalb etadigan pur-hikmat urf-odatlarimizni sanab ado etib bo’lmaydi. 
«Hashar» deb atalgan shunday milliy udumimiz borki, uning ta’rifi har qanday millat 
odamlarini hayratga soladi. Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, 
qarindosh-urug’chilik va hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o’ylasak, ko’z oldimizga 
birinchi galda Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, 
o’zbek xalqining’ milliy fazilatlarini ulug’lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar 
qatoriga olib chiqib, ko’z-ko’z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon 
yaratilgani yo’q. O’quvchilar hatto etnografik yo’nalishda bo’lsada, milliy g’urur va 
iftixor tuyg’ularini o’yg’otadigan o’zbekona asarlarga chanqoq bo’lib yurgandek 
tuyuladi. 
Barkamol axloq va yaxshi xulq, birdaniga paydo bo’lmaydi. Xalq, axloqiy 
mezonlari ko’hna ona zamin bilan, Vatan deb atalmish mo’jiza bir diyor bilan, uning 
jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi, bulog’u daryolariga ruhiy rishtalar bilan 
bog’langan. Bu rishtalar xuddi ona vujudidan hayot nurini oluvchi bola kindigi 
singari ona zaminga ulangan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, adab 
maktabimiz pirovard natijada millat uchun, uning obro’si va istiqboli uchun xizmat 
qilsagina boshqalarda ehtirom va havas tuyg’ularini o’yg’otadi; ana shundagina 
millat o’z o’tmishini, taqdirini, urf-odatlarini unutmaydi. Yaxshi fazilatlar, odatlar, 
an’analar va imonli kishilar siymosi avlodlar yo’lini shamchiroq, yanglig’ yoritib 
boradi. 


335 
Dunyoda shunday bir kitob borki, u hech qachon o’qib tugatilmaydi, shunday 
bir musiqa asari borki, uni oxirigacha ijro etib bo’lmaydi. Bu xalq, millat hayoti, 
taqdiri, urf-odatlaridir. 
Mustaqillik tug’ilgan tillarni biyron qilib yubordi, egilgan bilaklarga kuch berdi, 
orzumand nigohlarga nur bag’ishladi, tafakkur ufqini kengaytirdi, millat taqdiri va 
insoniy ideallar qismatini adolat va istiqbol tarozisi ustiga qo’ydi. 
Har inson o’z qo’shig’ini aytish bilan barobar zamon va millat kuyiga quloq, 
tutishi ham qarz, ham farz bo’lib qoldi. Shu bois, ba’zi unutilgan yoki odatiy bir 
yo’sindagi fazilatlarimiz, axloqu odob sohasidagi bebaho mulkimizni eslash 
qanchalik ko’ngilni yashnatib yuborsa, zamona zayli bilan xalqimizga kirib qolgan 
yoki ta’bimizni xira qilayotgan jihatlar shunchalik dilimizga ozor beradi. Vatan-
ostonadan boshlanadi. Demak, Vatan oila ostonasidan boshlanadi. Vatanparvarlik, 
milliy g’urur, milliy o’zlikni anglash shu oilada shakllanmog’i zarur. Burch - ota-ona 
oldidagi farzand burchi, farzand oldidagi ota-ona burchi va vazifalari aynan oilada 
shakllanishiga erishish zarur. Bu o’rinda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini 
ta’minlash joiz, Vatanparvarlik hissini o’z farzandi qalbiga singdirolgan ota-onaning, 
shunday ruh bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir. Yurtini sevgan, uning 
porloq, kelajagiga ishongan har bir fuqaro, har bir kishi uchun yurt taraqqiyotiga 
ulush qo’shish asosiy maqsadga aylanadi. 
Darhaqiqat, mamlakatda mavjud 5 millionga yaqin oilalarning aksariyati, 
aholining 60 foizi qishloqda istiqomat qiladi. Yurtboshimizning Oliy Majlis 10 
sessiyasida so’zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qishloq aholisiga, oilalarga 
maishiy va madaniy turmush sharoitini yaratish, qishloqda sanoatni, maishiy xizmat 
shoxobchalarini olib kirish, zamonaviy maktab, kasalxonalar, poliklinikalar barpo 
etish va ularni foydalanishga topshirish, aholining, shu jumladan, qishloq aholisining 
ishsiz qatlami uchun yangi ish o’rinlari yaratish, ularning mehnat sharoitlarini 
yaxshilash - oila farovonligi, uning iqtisodiy manfaatlarini yuksak saviyaga ko’tarish 
uchun zamindir. 
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shahdam 
qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustuvorligini ta’minlash zamirida oila 


336 
a’zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta’minlash 
borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanib qoldi. 
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy 
jamiyat barpo etishning negizidir, 
Buning zamirida: 
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqalarga mos huquqiy bitim 
berish dasturlarini yaratish, huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali 
shakl va metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng 
foydalanish; 
- o’quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, 
xonalar tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o’tkazish, radio o’quvlari uyushtirish; 
- huquqiy mavzuga bag’ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal 
maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-
barangligiga erishish; 
- oila huquqi bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; 
- joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo’lajak kelin-kuyovlar uchun maxsus 
o’quv kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va 
targ’ibot-tashviqot guruhlarini tayyorlash; 
- oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi 
sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar 
ishlab chiqish va amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni muhofaza qilish 
tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini 
mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor berish yotadi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda sog’lom turmush tarzini yaratish 
borasida juda ahamiyatga molik bo’lgan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan qilinayotgan ko’pgina xayrli ishlar, yoshlarga yaratib berilayotgan 
shart-sharoitlar, sog’liqni saqlash borasida qilinayotgan ko’zga ko’rinadigan 
ishlarning ko’pchiligi shular jumlasidandir.
Har bir davrning o’z dardi, talabi va ehtiyojlari bo’ladi. Mustaqillik odamlar va 
jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko’p jumboqlarni echib tashlash bilan barobar 


337 
ma’naviyatimizning qator muammolarini ko’ndalang qilib qo’ydi. Ayniqsa, axloq-
odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning sabablari ko’p: bir tomondan,
inson deb atalmish hayot gultojisiga bo’lgan munosabat o’zgardi, uni azaliy va 
abadiy pok ma’naviyat yo’liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; katta yoki kichik, 
yaxshi yoki yomon, ilg’or yoki johil millat bo’lmasligi, yomonlikning millati-yu
yaxshilikning chegarasi yo’qligiga qanoat hosil qildik. Inson o’z millati an’analari
va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qog’ozda emas, amalda 
tan olindi; ikkinchidan, soxta baynalmilalchilik, qog’ozdagi xalqlar do’stligi g’oyalari 
odamlar orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan 
birodarlik tuyg’ulariga rahna solib qo’ygani, odamlarning millat ajratmasligi uchun,
bir-biriga mehrli-oqibatli bo’lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki tabiiy 
ofatlarni boshidan kechirishlari shart emasligi, ijtimoiy adolat o’rnatilgan joyda 
xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila 
boshladik. Ayrim odamlarni aldash mumkin bo’lsa ham millatlarni uzoq aldab 
bo’lmasligiga endi hamma tushunib etdi. 
Milliy an’analar ma’naviy sog’lom oilani barpo etadi. 
Sog’lom milliylik barq urgan joyda umumbashariy fazilatlarning qadriga etish 
ham ortadi, millatlar o’rtasidagi do’stona munosabatlar ham kamol topadi. 
Oila ahilligi, barkamol farzandlar jamiyat mustahkamligi va ma’naviy 
yetukligining garovidir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish