O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Adabiyotlar 
1. Sirojov O.O. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hmkorlik jarayonlarida 
O’zbekiston manfaatlari. Siyosiy fanlar bo’yicha fan doktorligi uchun yozilgan 
dissertatsiya. – T.: O’zMU. 2018. 126-b.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy 
Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi 
hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferentsiyadagi nutqi. // Xalq so’zi. 2017 yil 12 
noyabr. 1-b. 
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi, Toshkent. O’zbekiston. 2018. 17-b.
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJRO HOKIMIYATI TIZIMINI 
MODERNIZATSIYALASHNING YANGI INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARI
95
 
 
2017 yilda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi O’zbekiston Respublikasida 
tom ma’noda yangi modernizatsiya davrini boshlab berdi. Ushbu jarayon jamiyatning 
barcha sohalarini qamrab oldi. Ma’lumki, jamiyatni modernizatsiyalashda iqtisodiy 
yoki ijtimoiy sohalardan emas, avvalo, siyosiy va davlat boshqaruvi yo’nalishidan 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoev ta’kidlab o’tganidek, “Samarador 
davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, korruptsiyaga qarshi kurash – bularning 
barchasi barqaror taraqqiyotga erishish uchun zarurdir”. 
95
 
Akramov J.D. – 
O’zbekiston milliy universiteti



344 
Shu bois 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatni 
rivojlantirishning birinchi ustuvor yo’nalishi sifatida davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirish belgilab berilgan bo’lib, uning 1.2-bandi bevosita davlat boshqaruvi 
tizimini isloh qilishga bag’ishlangandir. Ushbu bandda 2017-2021 yillarda bajarilishi 
lozim bo’lgan vazifalar qatorida “davlat boshqaruvini markazlashtirishdan 
chiqarish... orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish” ko’rsatib 
o’tilgan [1]. 
Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishga 
oid vazifalarni amalga oshirish uchun 2017 yil 8 sentyabrda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PF-5185-sonli Farmoni bilan 
O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi tasdiqlandi. 
Ma’lumki, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish davlat boshqaruvi sohasida 
innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish bilan uzviy bog’liqdir [2]. Shu bois 
Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasida ham davlat boshqaruvining kontseptual yangi 
modelini shakllantirish uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar qatorida “Ishni 
tashkil etishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini joriy 
etish” belgilab o’tilgan [3]. 
2018 
yil 
21 
sentyabrda 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning PF-5544-sonli Farmoni bilan qabul qilingan 2019-2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi davlat 
boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish borasidagi Harakatlar strategiyasi hamda 
Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirish 
jarayonining bevosita mantiqiy va izchil davomi bo’ldi. Zeroki, O’zbekiston 
Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalarilaridan biri 
sifatida “boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat 
hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish” [4] vazifasining belgilab 
qo’yilganligi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini 
tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5544-sonli Farmonini amalga oshirish uchun maxsus 


345 
“yo’l xaritasi” tasdiqlangani ham bu boradagi maqsadlarning qanchalik umummilliy 
darajada ahamiyatga ega ekanligini namoyish etadi. 
Innovatsiya deganda (ingl. innovation — yangi kiritilgan tartib-qoida) inson va 
jamiyat ehtiyojlarini qanoatlantiradigan, shu bilan birgalikda ijtimoiy va boshqa 
o’zgarishlarga sabab bo’ladigan yangi vosita (yangilik) yaratish, qo’llash va uni 
tarqatish tushuniladi. Shuni qayd etib o’tish joizki, innovatsiya har qanday jarayon 
o’zgarishlariga sinonim bo’la olmaydi [5]. Shu tufayli innovatsiya mohiyatini yangi 
natijalarni qidirish va qo’lga kiritish, ularni yaratish yo’llari, eskirgan va samarasiz 
ish sharoitlari, boshqaruv tuzilmasi, hayot faoliyati shakllarini bartaraf qilish faoliyati 
tashkil etadi.
Davlat boshqaruvining innovatsion uslublari va texnologiyalari tizimini 
shakllantirish jamoatchilik sohasining zamonaviy bosqichda raqobatchilardan o’tib 
ketishning eng yaxshi uslublari va texnologiyalarini izlash bo’yicha boshqaruv 
apparatining professional harakatlarini namoyon etishi bilan ifodalanadi [6]. Ushbu 
texnologiyalar o’zining orqada qolib ketishning hamda davlat va munitsipal 
boshqaruvning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadi bilan o’z 
sharoitlariga moslashgan eng yaxshi amaliy ishlar variantini mukammallashtirishni 
joriy etishning sabablarini o’rganish, tahlil qilishga imkon beradi. 
Texnologiyalarning birinchi guruhi (subtizim)ga yangi davlat va munitsipal 
boshqaruvi tizimida qo’llaniladigan hamda davlat tashkiloti faoliyati samaradorligini 
oshirishni izlashga yo’naltirilgan menejment texnologiyalari va uslublarini kiritish 
mumkin. 
1. Benchmarking (ingl. bench – daraja, marking – belgilash) o’z ishida samarali 
tajribalardan foydalagish uchun birinchi navbatda asosiy raqobatchi boshqa davlatlar 
faoliyatini o’rganish usulini ifodalaydi. Erkin tarjimada “qiyoslash uchun andoza”. U 
o’z tarkibiga davlatning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatida birovlar tajribasining barcha 
ijobiy afzalliklardan foydalanishni tizimli ravishda aniqlash, baholash va tashkil 
etishga imkon beradigan chora-tadbirlar majmuasini qamrab oladi. 
Innovatsiyalarga muvofiq ravishda benchmarking ish faoliyati samaradorligini 
oshirishni ta’minlaydigan o’zining innovatsion siyosati hamda innovatsiyalarning 


346 
aniq ko’rinishlarini ishlab chiqish uchun eng muhim xususiyatlarni aniqlash 
maqsadida boshqa tashkilotlar boshqaruv tizimini o’rganishni anglatadi. Hozirgi 
vaqtda benchmarking amalda davlat, munitsipal, ta’lim, tibbiyot va boshqa xizmatlar 
sohasidagi deyarli barcha tashkilotlar tomonidan qo’llaniladi. 
2. Benchlerning – tashkilotning o’z muvaffaqiyatini aniq nima ta’minlashi 
tushunchasi ustidagi ishi hamda yanada samaraliroq ishga motivatsiyadir. Bunda 
xodimlarning birgalikdagi ishtirokiga, butun tashkilotni o’qitish orqali hamda 
odamlar va ishchi guruhlar uchun takomillashtirish tizimini yaratishga imkon 
beradigan imkoniyatlar orqali natijaga erishishga alohida urg’u beriladi. Uning 
mohiyati sababli omil va talab qilinayotgan resurslar (kadrlar, moliyaviy, tashkiliy) 
o’rtasidagi munosabatlarni hisoblashni, jamiyatning keyingi rivojlanishini 
ta’minlaydigan nisbatan yashovchan an’anaviy norasmiy institutlar tanlovini o’z 
ichiga 
qamrab 
oladi. 
Benchlerning 
tashkiliy 
o’qitishni, ya’ni tashkilot 
muvaffaqiyatini ta’minlash tushuncha borasidagi ishni va yanada muvaffaqiyatliroq 
ishga 
motivatsiyani 
harakatga keltiradi. 
O’z-o’zini o’rganuvchi tashkilot 
(learningorganization) doimiy ravishda o’zining kelajagini yaratish qobiliyatini 
kengaytirib boradi. Ushbu tashkilotlardagi menejerlar “nimaga?” deb boshqa 
so’rashmaydi, ular “qanday qilib?” deb savol qo’yishadi. 
3. Benchfyuching (ingl. bench – joy, lot. futurum – kelajak) bo’lajak 
muvaffaqiyatli 5–10 yilni modellashtirish (bo’lajak muvaffaqiyatli natija obrazini 
yaratish). 
4. Benchreysing – benchfyuching maqsadlariga erishish yo’llari. Bu mahsulot 
yoki ob’ektning kuchli tomonlari yohud raqobatbardosh afzalliklari oshishining 
izchilligini yaratishdir. Biz foydalanadigan g’oyalarni (maqsad – mahsulot (ob’ekt) 
rivojlanishining nisbatan optimal traektoriyasini ishlab chiqish) tadrijiy amalga 
oshirish yo’l xaritasiga juda o’xshashdir, bunda, jumladan, afzalliklardan 
foydalanishni boshlaguncha vaqtni va harajatlarni kamaytiriladi. 
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, davlat boshqaruvi tizimining barqarorligini 
kuchaytirish uchun innovatsion boshqaruv texnologiyalari tizimini yaratish va 
qo’llash zarurdir. Uning qo’llanilishi davlat va munitsipal tizimini, muhit bilan 


347 
o’zgarishlarning amalga kiritilishini boshqarishning mavjud modelini, tashqi jiddiy 
isloh qilishni talab qiladi. Busiz tuman, viloyat, respublika miqyosidagi boshqaruv 
samaradorligining oshishini, iqtisodiyotning innovatsion stsenariy bo’yicha 
rivojlanadigan hamda aholi yuksak turmush darasini ta’minlaydigan yuqori 
samarador, raqobatbardosh iqtisodiy tizimlarga transformatsiyasi (o’zgarishi) ning 
iloji yo’qdir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish