341
Mintaqa hududida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning
muhim sharti
o’zaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishidir. Hamkorlik maqsad va
manfaatlar tug’ri kelganda ikki yoki undan ortiq tomon o’rtasidagi ijobiy hamfaoliyat
xisoblanadi. Bunda hamkorlikning manbasi maqsad va manfaat o’rinli ko’rsatilsada,
ammo u faqat ijobiy faoliyat o’rnida talqin qilinadi.
Boshqa bir talqinda hamkorlikning bevosita konflikt bilan bog’lashga e’tibor
qaratilib, tomonlarning birgalikdagi faoliyati, konfliktlarning oldini olishi yoki unga
birgalikda yechim izlashga oid yo’nalish va hamma io’tirokchilarning manfaatlari
qondirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi O’zbekistonning tashqi
siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan keng ko’lamli islohotlar va hamkorlik
aloqalarini mustahkamlash ustuvor vazifa ekanligini bir
qator nufuzli anjumanlarda
ta’kidlab o’tdi. Xususan, 2017 yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida
BMT shofeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror
rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik uchun mustahkam hamkorlik tashabbusi
bilan chiqdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni
ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini e’tirof
etar ekan, “Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm,
diniy
ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlarga duch kelayotgani,
ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari
o’rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin” deb
ta’kidlab o’tdi.
Ushbu tashabbuslar Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari tomonidan qo’llab
quvvatlanib qisqa davr ichida amalga oshirishga kirishildi.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga
murojaatnomasida bir qator aniq faktlarni sanab o’tdi. “O’zbekistonning tashqi
siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo’nalish” tamoyilini amalda tadbiq
etishga kirishilgani, buning natijasida mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit
yaratilgani,
o’zaro ishonch va yaxshi qo’shnichilik
asosidagi aloqalar
342
mustahkamlanganligi ta’kidlab o’tgan edi. Turkmaniston va Qirg’iziston bilan
strategik hakorlik o’rnatilib, bu borada amaliy ishlar davom etayotganligi,
Qozog’iston Respublikasi bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish
borasida bir qator muhim hujjatlar imzolanganligi ta’kidlab o’tilgan edi.
Prezidentimiz murojaatnomada Qirg’iziston Respublikasi bilan davlat
chegaralari to’g’risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan katta qadam bo’lganligini ta’kidlab o’tdi.
Qo’shni Afg’oniston Islom Respublikasi bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yo’lida
muhim kelishuvlarga erishilgani, yangi iqtisodiy loyihalar bo’yicha
amaliy ishlar
boshlanganligi ta’kidlab o’tilgani edi. Bundan tashqari Rossiya, Xitoy, Janubiy
Koreya, Turkiya, AQSh va Yevropa ittifoqi davlatlari, musuklmon mamlakatlari
bilan ham samarali bitim va kelishuvlarga erishilgani ham ta’kidlab o’tilgani 2017
yilda yurtimizda barqaror iqtisodiy o’sish suratlari ko’zatilganligining alomati bo’ldi.
Mamlakatimizda
yuz
berayotgan
o’zgarishlar dunyo hamjamiyatida
O’zbekistonga bo’lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada
mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va o’z davlatimiz xavfsizligini
mustahkamlash yo’lida yurtimizda yirik islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu
xususda Prezidentimiz 2017 yili 22 dekabrdagi Oliy
Majlisga murojaatnomasida
“Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o’ziga xosligi, shuningdek, mintaqada
vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy holatni hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlar
birlashmaldarining vazifa va tuzilmalari qayta kurib chiqildi. Milliy Gvardiya barpo
etildi, armiyani yangi qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlash
bo’yicha kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mudofaa sanoati bo’yicha
davlat qo’mitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli
o’zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil
etildi [3, 75-76]” deb ta’kidlab o’tdi. Ushbu ijobiy
islohotlarning barchasi
mamlakatimiz xavfsizligi, hayotimiz farovonligiga xizmat qilayotganligini o’zimiz
guvohi bo’lib turibmiz.
343
O’zbekiston o’z tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror
taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan aniq va ravshan strategiyaga tayanishi va shu
strategik yo’l orqali mintaqa mamlakatlari hududida keng qamrovli islohot va
hamkorlik olib borish borasida o’z siyosatini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: