69
hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlarini
belgilangan muddatlarda
yoyishga hamda tegishli vazifalarni samarali bajarishga shay holda saqlab turish;
buzg’unchi kuchlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi asoslariga, ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikka qarshi yo’naltirilgan hamda harbiy xavfsizlikka zarar
yetkazishga qaratilgan qo’poruvchilik faoliyatiga
qarshi kurashishda huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga ko’maklashish;
boshqaruv organlari va qo’shinlarning tezkor hamda jangovar tayyorgarlik
rejalarini tashkil etish hamda bajarish;
b) tahdid bo’layotgan davrda:
Qurolli Kuchlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirish bo’yicha
kompleks tadbirlarni o’tkazish;
Qurolli Kuchlarni strategik jihatdan yoyish;
hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlarini yoyish;
harbiy holat rejimini saqlab turish;
v) urush davrida:
harbiy tajovuzni daf etish va tajovuzkorning qo’shinlariga zarba berish;
tajovuzkorni O’zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga zid bo’lmagan
shartlar asosida harbiy harakatlarni to’xtatishga majbur qilish.
Qurolli Kuchlarni qo’llash O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
O’zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining —
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo’mondonining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir
boshqa hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarni qo’llash shakllari va usullari haqiqatan yuzaga kelayotgan
harbiy-siyosiy vaziyatni hamda O’zbekiston Respublikasiga nisbatan tajovuzkor
harakatlar xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadi [3].
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar
strategik ahamiyatga ega bo’lib, u bizga tarixan qisqa muddatlar ichida Qurolli
Kuchlarimiz, qo’shinlarning barcha turlari va xillarini
tubdan isloh qilish va
modernizatsiyalash imkonini
berdi. Buning samarasi o’laroq, bugungi kunda biz kam
70
sonli, ammo harakatchan va sifatli tayyorgarlikka ega, mamlakatimiz xavfsizligi,
chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash borasidagi taktik va strategik vazifalarni
samarali hal qilishga qodir,
xalqimiz tinchligi, barqarorligi, tinch mehnati va
osoyishtaligining, mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik
jamiyatini qurish yo’lidan izchil olg’a borishining
kafolatiga aylangan milliy
armiyamizga egamiz. O’tgan yigirma yetti yil davomida Qurolli Kuchlarimiz
salohiyatini mustahkamlash, armiyamizni modernizatsiya va isloh qilish yo’lida
amalga oshirilgan barcha sa’y-harakatlar mustaqilligimizni asrab-avaylash,
sarhadlarimiz daxlsizligi, osmonimiz musaffoligi hamda
el-yurtimiz osoyishtaligini
ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytganda, mustakillik yillarida Prezidentimizning har tomonlama
chuqur o’ylangan siyosati bois mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini,
sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir milliy armiyamiz
shakllandi. Kurolli Kuchlarni boshqarishning
yangi tizimi yaratildi, qo’shinlarning
tuzilishi va jangovar tarkibi, tashkiliy-shtat qurilishi tubdan o’zgardi. Ofitser va
serjant kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy
talablarga javob beradigan tizimi vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: