66
1992 yil 14 yanvarda mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim qadam
qo’yilib, shu kundan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qismlar va
bo’linmalarni O’zbekiston yurisdiktsiyasiga, ya’ni tasarrufiga o’tkazish to’g’risida
qaror qabul qilindi. Shu tariqa Vatan himoyachilari kuni ozod va erkin xalqimizning
yangi, muqaddas bir bayrami sifatida nishonlanib, yildan-yilga odamlarimizning
ko’nglidan, ichki dunyosidan chuqur joy olib bormoqda. Avvalo, harbiy soha
islohotlari bilan bog’liq strategik maqsadlarga erishishning muhim huquqiy
poydevori bunyod etildi.
Mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, zamonaviy talablar va mamlakat
xavfsizligiga tahdidlarni chuqur tahlil qilish asosida «O’zbekiston Respublikasining
Mudofaa doktrinasi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik
kontseptsiyasi to’g’risida»gi, «Mudofaa to’g’risida», «Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to’g’risida», «Muqobil xizmat to’g’risida»gi Qonunlar, Harbiy
qasamyodning yangi matni va boshqa hujjatlar qabul qilinib, ular Qurolli
Kuchlarning yangi tarixiy sharoitlardagi faoliyatining mustahkam huquqiy asosiga
aylandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qurolli Kuchlarning huquqiy
mavqeini yanada mustahkamladi.
Hozirgi kunda Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida yurtimizda davr
talabi va jahon andozalariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni barpo etish,
mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, barqaror va
izchil demokratik taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo’lgan milliy armiyamizni
shakllantirish yo’lida ulkan ishlar olib borilmoqda. Qurolli Kuchlarni izchil isloh
etish davomida qo’shinlarning barcha tur va xillarini zamonaviy qurol-yarog’ va
jangovar texnika bilan ta’minlash, printsipial yangi tashkiliy-shtat tuzilmalarini,
harbiy boshqaruv tizimlarini, turli qo’shin turlari harakatlarini muvofiqlashtirish va
ularning
hamkorligini
ta’minlash
mexanizmlarini
shakllantirish,
harbiy
xizmatchilarning professional tayyorgarligini va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni
tubdan yaxshilash bo’yicha ko’lami va ma’no-mazmuniga ko’ra ulkan va beqiyos
ishlar amalga oshirildi.
67
Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi
o’zgarib borayotgan bugungi sharoitlarda tinchligimizga tahdidlar tobora ortib,
dunyoda, shu jumladan mintaqamizda harbiy siyosiy vaziyat yil sayin keskinlashib
borayotganligi kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar
Oliy Bosh Qo’mondoni Sh.Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi majlisidagi ma’ruzasida
shu masalarga alohida e’tibor qaratib: “Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda
hukm surayotgan, oldindan aytib bo’lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz
xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni
mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz.
Bu esa o’tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yo’l qo’ygan
kamchiliklarimiz, to’planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun
hayotning o’zi ilgari surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etmoqda”, deb
ta’kidlagan edilar [2].
Mamlakatimiz
mudofaa
salohiyatini
mustahkamlashni O’zbekistonni
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan biri
sifatida belgilab olindi. Strategiyaga binoan boshqa sohalar qatorida harbiy qurilish
borasida ham keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirildi.
Tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqlik printsiplariga, eng
asosiysi, qo’shni davlatlar bilan do’stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish,
Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdek ustuvor bo’lgan
tamoyillarga tayangan holda, mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan
yangilandi. Bu doktrinaning ma’no-mazmuni birinchi marta ochiqlik xususiyatiga ega
bo’ldi. Bu esa bizning mudofaa siyosatimizning ochiqligini namoyish etmoqda.
Doktrinada O’zbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati bo’yicha printsipial
yondashuvlar, ularni qo’llash asoslari, Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar,
shuningdek, milliy armiyamiz qurilishi va rivojlanishini davom ettirish bo’yicha
istiqbolli yo’nalishlar belgilab berildi.
Doktrinada Qurolli Kuchlar tarkibi, ularning asosiy vazifalari va qo’llash
asoslari keltirilgan, unga ko’ra Qurolli Kuchlar davlat harbiy tashkilotining va
mamlakat mudofaa tizimining negizi bo’lib, harbiy mojarolarni jilovlash hamda
68
ularning oldini olish, shuningdek davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash uchun
mo’ljallangandir.
Qurolli Kuchlar tarkibiga O’zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar,
favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining, boshqa
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning tegishli boshqaruv organlari,
qo’shinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari, shuningdek Milliy gvardiya kirishi
belgilab qo’yilgan.
Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |