§. Xizmat bo‘yicha cheklash
Xizmat bo‘yicha cheklash maxsus jazo turi bo‘lib, JK 47-moddasi 1- qismiga muvofiq, faqat subyektlarning cheklangan doirasiga – ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanadi. Boshqa shaxslar, shu jumladan harbiy chaqiruv bo‘yicha xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ushbu jazo turining qo‘llanadigan subyektlari sifatida qaralishi mumkin emas.
NOTA BENE !
Xizmat bo‘yicha cheklash ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining muayyan foizi bo‘lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 23-банд, 1-хатбоши.
Mazkur qonunga muvofiq, harbiy xizmatchilar – bu haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslardir.
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq:
«Harbiy xizmatning quyidagi turlari belgilanadi:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat o‘tash;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tash;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o‘tagan rezervistlarning xizmati.
Tinch davrda oddiy askar va serjantlik tarkibining lavozimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tashga, shuningdek, safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat o‘tashga erkak jinsidagi o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, sog‘liq darajasiga ko‘ra Qurolli Kuchlarda xizmat o‘tashga yaroqli bo‘lgan fuqarolar chaqiriladi»1. Harbiy xizmat boshlanishi deb fuqaroning harbiy qism shaxsiy tarkibining ro‘yxatlariga kiritilgan kuni, harbiy xizmatning tugashi deb harbiy xizmat muddatining tugagan kuni tan olinadi.
Qurolli Kuchlarning oddiy askar va boshliq tarkibiga kiruvchi shaxslaridan tashqari, quyidagi shaxslar harbiy xizmatchi hisoblanadi:
Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining Markaziy apparatida va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda 2 xizmat o‘tayotgan shaxslar;
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Maxsus-avariya tiklash boshqarmasida 3 xizmat o‘tayotgan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy muhandislik- qurilish bo‘linmalarida 4 xizmat o‘tayotgan shaxslar.
1 Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 12 декабрдаги «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида»ги 436-II-сон Қонуни, 4-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2002 й., 12-сон, 217-модда.
2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1996 йил 11 апрелдаги 143-сонли қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон
Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги тўғрисидаги низом, 7-банд, 1-хатбоши // Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари тўплами, 1996 й., июнь.
3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 1 июлдаги «Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари
ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг махсус авария-тиклаш бошқармаси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида»ги 274-сонли қарори, 5-банд // Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари тўплами, 1998 й., сентябрь.
4 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 3 ноябрдаги 498-сон қарори билан тасдиқланган Ўзбекистон
Республикаси Мудофаа вазирлигининг ҳарбий муҳандислик-қурилиш тузилмалари тўғрисидаги низом, 52-банд, 2-хатбоши // Вазирлар Маҳкамаси расмий маълумоти.
Do'stlaringiz bilan baham: |