O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 0,52 Mb.
bet20/36
Sana12.05.2023
Hajmi0,52 Mb.
#937281
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Jazo

§. Axloq tuzatish ishlari


Axloq tuzatish ishlari jinoiy jazoning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir, bu ularning jinoiy jazo maqsadiga erishish jarayoniga ta’sirchan bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ularning mohiyati shundan iboratki, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga jamiyatdan ajratmagan holda, asosan, avvalgi ish joyida va doimiy yashash joyida axloq tuzatish, mehnat va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladi. Natijada mahkum ijtimoiy foydali aloqalarini yo‘qotmaydi va shu bilan birga jinoiy jazoning muayyan ta’sirini boshidan kechiradi. Bularning hammasi birgalikda jazoning ushbu turini sudlangan shaxslarni samarali tuzatish shakliga aylantiradi.

NOTA BENE !





Axloq tuzatish ishlari mehnatga layoqatli sudlangan shaxs ish haqining muayyan foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq, mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.

Davlat majburlovining mazkur chorasi faqat asosiy jazo sifatida namoyon bo‘ladi, ya’ni u faqat axloq tuzatish ishlari shaklidagi jazo JK maxsus qismi tegishli moddasining sanksiyasida bevosita nazarda tutilgan hollarda qo‘llanishi mumkin. Ayni paytda axloq tuzatish ishlari shunday ko‘rsatma bo‘lmagan holda ham tayinlanishi mumkin, basharti:
sudlangan shaxs jarimani ijro etishdan bo‘yin tovlasa, uning ijro etilmagan qismi JK 44-moddasi 3-qismi hamda 82-moddasi 2-qismiga muvofiq axloq tuzatish ishlariga almashtirilishi mumkin;
axloq tuzatish ishlari JK 57-moddasining qoidalariga muvofiq yengilroq jazo tayinlash tartibida tayinlangan bo‘lsa;
ushbu jazo chorasi JK 74-moddasining qoidalariga muvofiq jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tartibida ozodlikdan mahrum etishning o‘talmagan qismi o‘rniga qo‘llangan bo‘lsa.
JK 46-moddasi 1-qismiga muvofiq, axloq tuzatish ishlari mahkumning albatta mehnatga jalb etilishini talab etadi. Ya’ni, bunday jazo obyektiv holatlar tufayli mehnat faoliyatini amalga oshira olmaydigan shaxslarga qo‘llana olmaydi. Bunda shaxslar doirasi JK 46-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan, ya’ni axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ushbu shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan holda sud ularga nisbatan qonunda nazarda tutilgan boshqa davlat majburlov choralarini qo‘llashi lozim. Mazkur holatlar jazoni o‘tash muddati mobaynida yuzaga kelgan holatlarda esa (masalan, sudlangan shaxs nafaqaga chiqdi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoldi) sud mahkumning o‘zi yoki jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga binoan, shuningdek,
ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga binoan unga axloq tuzatish ishlarini yengilroq jazo chorasiga almashtirishi mumkin yoki JK 75- moddasiga muvofiq jazoni o‘tashdan ozod etishi mumkin.
JK 46-moddasi 1-qismining qoidalaridan, shuningdek, axloq tuzatish ishlari sudning hukmiga muvofiq, mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘tashi mumkinligi kelib chiqadi. Oliy sud Plenumining qaroriga muvofiq,
«Axloq tuzatish ishlari, odatda, ish joyida o‘tash sharti bilan tayinlanishi lozim. Shu bilan birga, shaxs o‘z kasb yoki xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq holda jinoyat sodir etib, uning oldingi ish joyida qoldirilishi jazoning tarbiyaviy ahamiyati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, axloq tuzatish ishlarini ushbu jazo ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan belgilangan joyda o‘tash tayinlanishi mumkin»1.
Bunda shuni ham nazarda tutish lozimki, JK 46-moddasi ma’nosida
«ish» tushunchasi bilan faqat mehnat shartnomasi bo‘yicha mehnat faoliyati qamrab olinmaydi, u shuningdek, mustaqil tashabbuskorlik faoliyatini (xususiy tadbirkorlikni) va fuqarolarning boshqa har qanday bandligini qamrab oladi2.
Shu munosabatda axloq tuzatish ishlarini o‘tash joylari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi amal qiladigan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, faoliyati boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan boshqa muassasalar va tashkilotlar bo‘lishi mumkin, masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi 763-I-sonli «Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 maydagi
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida» gi3 328-sonli qonuni va boshqalar.
Avvalgi ish joyida o‘taladigan axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoni tayinlash mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan
1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 20-банд, 1-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. – 231-б.
2 «Бандлик» тушунчаси тўғрисида қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 1 майдаги «Аҳолини иш билан таъминлаш
тўғрисида»ги 616-I-сон Қонуни, 2-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1998 й., 5–6-сон, 97- модда.
3 Ўзбекистан Республикаси "Қонун хужжатлари тўплами", 2012 й., 18-сон, 201-м; "Ўзбекистан Республикаси Олий Мажлис палаталарининг ахборотномаси", 2012 й., 5-сон, 133-м.
boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga qaraganda yengilroq jazo bo‘ladi. Bundan tashqari, jazoning ushbu turi ko‘pgina holatlarda sudlangan shaxslarni tuzatish uchun samaraliroq bo‘ladi, chunki avvalgi ijtimoiy aloqalarning tuzalish jarayoniga faol ta’sir etishining imkoniyatini beradi. Shu tufayli, sudlar jazo sifatida avvalgi ish joyida o‘taladigan axloq tuzatish ishlarini ancha kengroq tayinlashlari lozim. Ayni paytda, avval qayd etilganidek, sudlar xizmat yoki kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga, ularni avvalgi ish joyida qoldirish jazoning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi ahamiyatini kamaytirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda, ushbu qaralayotgan jazoni ish joyida o‘taladigan holda tayinlashga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Qonunning mazmuniga ko‘ra, mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo, shuningdek, hukm chiqarilgan paytiga kelib doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ham albatta tayinlanishi lozim. Bunda ushbu shaxslar ushbu ish joyiga ko‘ra mehnat faoliyatidan voz kechishi mumkin emas. Bu holda sudlangan shaxs o‘z tashabbusiga ko‘ra axloq tuzatish ishlari ijro etilishini nazorat qiluvchi ichki ishlar idoralarining jazoni ijro etish inspeksiyasining dastavval yozma ruxsatisiz mehnat munosabatlarini to‘xtatish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Shuni qayd etish lozimki, qaralayotgan jazoni tayinlash ayni paytda egallagan lavozimidan chetlashtirish yoki bo‘shatish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Sudlanish holatining o‘zi shaxsni ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazish uchun sabab bo‘la olmaydi. Lavozimidan chetlashtirish faqat sud hukmiga ko‘ra yoki muayyan huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo tayinlanishi tufayli yoki sodir etgan jinoyati egallab turgan lavozimi bilan bog‘liq bo‘lgan holda, amalga oshirilishi mumkin. Ayni paytda, sudlangan shaxsga mehnat qonunchiligining qoidalari to‘liq ravishda taalluqli bo‘ladi, shuning uchun uni egallagan lavozimidan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi ham mumkin.
Shuningdek, axloq tuzatish ishlarining ijro etilishi yashash joyining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Mahkum shaxslar o‘z yashash joyi
mintaqasida jazo o‘taydilar, bunda ma’muriy-hududiy birlik emas, ishlarni o‘tash manzilining mahkum shaxsga avvalgi joyida, oilasi bilan aloqasini uzmagan holda yashashga imkon beruvchi joylashuvi tushuniladi.
Axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoning majburiy sharti shu vaqt davomida mahkum shaxs ish haqining muayyan bir qismini davlat foydasiga ushlab qolish bo‘ladi. Ushbu turdagi jazo tayinlanganda o‘z hukmida sud albatta ushlab qolish miqdorini belgilashi lozim, busiz u qonunga mos kelmaydigan deb tan olinadi va bekor qilinishi lozim bo‘ladi. Ish haqidan ushlab qolish miqdori JK 46-moddasi 1-qismiga muvofiq, olingan ish haqi miqdoridan foiz nisbatida, o‘n foizdan o‘ttiz foizgacha miqdorda belgilanadi. Shuni qayd etish lozimki, davlat foydasiga hisoblab o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ish haqining aniq qismini belgilashda sud qonunning jazoni individuallashtirish yuzasidan talablariga tayanishi kerak. Ish haqidan ushlab qolishning muayyan foizini belgilamay turib, uning miqdori, jarimani tayinlash vaqtidagidek, ham jazodan qochish vositasiga, ham mahkum shaxsni xonavayron etish vositasiga aylanmasligini inobatga olish lozim hamda ushbu ish haqi foizining miqdori mahkum oilasining moddiy yashash sharoitlarida qanday aks etishini to‘g‘ri baholashi lozim. Shu maqsadlarda sudlar, chunonchi, sudlanuvchilarning, ayniqsa voyaga yetmaganlarning moddiy sharoitlarini
aniqlashi lozim.
Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bo‘yicha axloq tuzatish ishlari tayinlanayotganda, jazo muddati va ish haqidan chegirma miqdori har bir modda bo‘yicha alohida, so‘ngra esa, ularning majmui bo‘yicha belgilanadi. Bunda jazoning uzil-kesil muddati va chegirma miqdori JK 46-moddasida belgilangan chegaradan oshishi mumkin emas.
Sudlangan shaxsning ish haqidan sud tomonidan belgilangan miqdorda foiz ushlab qolish axloq tuzatish ishlarining butun muddati mobaynida asosiy ish joyida har oyda amalga oshiriladi. Ularni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish mumkin emas. Bunda ushlab qolish ish haqining butun miqdoridan, ushbu miqdordan soliqlar va boshqa to‘lovlar chegirilmagan holda, sudlangan shaxsga ijro hujjatlari bo‘yicha talablar mavjudligidan
qat’i nazar, amalga oshiriladi. Sudlangan shaxs ish haqidan ushlab qolish amalga oshirilganda uning pul va «tabiiy» qismlari hisobga olinadi.
Ayni paytda nafaqalardan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtalash tartibida olinadigan hamda ish haqi tizimida nazarda tutilmagan nafaqalardan, shuningdek, sudlangan shaxsning mulkiy daromadidan ushlab qolish amalga oshirilmaydi.
Ushbu jazoni bajarish davrida sudlangan shaxsning moddiy ta’minlanganligi jiddiy yomonlashgan holda, jazoni ijro etish inspeksiyasi, mahkum shaxsning o‘zi, shuningdek, shaxs o‘z jazosini o‘tayotgan korxona, muassasa yoki tashkilotning ma’muriyati sudga ushlab qolish foizini kamaytirish yuzasidan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Bu masala bo‘yicha qaror sudlangan shaxsning barcha daromadlarini hisobga olgan holda chiqariladi.
Axloq tuzatish ishlarining muddati ularning majburiy elementlaridan biri bo‘lib, sud hukmida ularning muddati to‘g‘risida ko‘rsatmaning yo‘qligi jinoyat qonunchiligining hukmini bekor qilishga olib keluvchi buzilishi bo‘ladi. Shu munosabatda sudlar axloq tuzatish ishlarining muddatini albatta ko‘rsatishi lozim va shu muddatning JK 46-moddasi 2- qismida belgilanganligi hamda olti oydan uch yilgacha muddatga tashkil etishini nazarda tutishi kerak. Shuning uchun tegishli moddaning sanksiyasida jazoning eng kam muddati ko‘rsatilmagan yoki eng past chegarasidan pastroq jazoni qo‘llaganda sudlar axloq tuzatish ishlarini olti oydan kamroq muddatga tayinlashi mumkin emas.
Ayni paytda, avval aytilgani kabi sudlar axloq tuzatish ishlarining muddati jazoni individuallashtirishning muhim vositasi ekanligini hamda uni tayinlashda qilmishni, shuningdek, aybdor shaxsini tavsiflovchi holatlarni hisobga olishi lozim.
Axloq tuzatish ishlarining muddati sudlangan shaxs ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolish amalga oshirilgan yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Sudlangan shaxsning ishlagan kunlari soni sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tash muddatining har bir oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari sonidan kam bo‘lmasligi lozim. Agar sudlangan shaxs belgilangan kunlar sonini ishlamagan bo‘lsa va jinoiy jazo o‘tash Kodeks bilan
ishlamagan kunlarini jazo o‘tash muddatiga kiritib hisoblash uchun belgilangan asoslar bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarining o‘talishi to sudlangan shaxs tomonidan belgilangan ish kunlarini ishlab bo‘lgunicha davom ettiriladi. Jamlangan ish vaqtini hisoblash qo‘llanadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlaydigan sudlangan shaxslarning jazoni o‘tash muddati hisob davri uchun ish vaqtining ish soatlarining normal sonidan oshmagan davomiyligidan kelib chiqib hisoblanadi.
Axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga, shuningdek, sudlangan shaxs ishlamagan, lekin qonunga muvofiq unda ish haqi saqlanib qolgan vaqt, shuningdek, u ishsiz deb tan olingan vaqt kiritiladi (JIK 30-moddasi 1-, 2-, 4-moddalari).
Axloq tuzatish ishlarining muddatini to‘g‘ri hisoblash sudlangan shaxsning jazoni ijro etishdan bosh tortganida yoki hukmlar jami bo‘yicha jazoni tayinlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish