O`zbekiston respublikasi maktabgachata’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxasisslarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Direktorning maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilishi



Download 238 Kb.
bet15/16
Sana31.12.2021
Hajmi238 Kb.
#236288
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ABDISALOMOVA ZILOLA KURS ISHI

Direktorning maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilishi. O‘yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o‘yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, bolalar tashkilotida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan o‘rni, o‘yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatldari bilan bog‘liqligi tufaylidir.

Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o‘yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va direktor tomonidan tarbiyachilarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bolalarning o‘yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo‘lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o‘yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko‘ra, larning bolalarga ko‘rsatadigan ta’siri va nihoyat kelib chiqishiga ko‘ra katta o‘zgarishlarni boshidan kechiradi.

Direktor ishni o‘yin turlarini tanlashga qaratadi. Mashg‘ulotdagi didiktik o‘yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o‘yinlari, stol ustida o‘ynaydigan o‘yinlar, tinch o‘yinlar va ijodiy o‘yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqfsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar berdi. Turli yosh guruhlardagi o‘yin tizimini Davlat dastur asosida ishlab chiqadi va o‘yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi.

1.O‘yin faoliyatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta’minlanganligi (o‘yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o‘yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o‘yinchoq va qo‘llanmalarning mavjudligi va xonada ularni to‘g‘ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari);

2.O‘yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi-bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo‘llab-quvvtlash va yaxshilashga yo‘llangan metod va usullar, o‘ynovchilarning faolligini ta’minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o‘z vaqtida o‘tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O‘yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o‘yindan uning nutqini tushunishni rivojlantirish va aktivligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o‘zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.

Direktor o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:



  1. O‘yinni faoliyat tarzida rivojlantirish;

  2. O‘yindan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda foydalanish.

Guruhda to‘laqonli o‘yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga:

a) tarbiyachining o‘yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;

b) o‘yin muhitini yaratish;

v) kundalik rejimda o‘yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e’tibor berib bordi.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, bolalarningt o‘yin jarayonidagi hatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o‘yini odamlarning hatti-harakatlari, hulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini o‘yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo‘ldi.

Direktorning jamoatchilik va mahalla qo‘mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:



  1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferensiyalar.

  2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, Maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat.

Direktor tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o‘rnatib bir yilga mo‘ljallangan reja asosida ish ko‘radi. Bir yilga mo‘ljallangan reja asosida bog‘chaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta’limiga tayyorlash, lotin alifbosida o‘qish, yozishni mukammal o‘rganish va bunda direktor hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi.

O‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsiya shakllarini rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotida Pedagoglar Kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Pedagoglar Kengashi a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar Maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida belgilanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi:


  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha tashkilot va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

  • Ishonchnomalar beradi;

  • Bank tashkilotlarida hisob raqamlari ochadi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi;

  • O‘z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun maktabgacha ta’limni boshqarish yuqori organiga kiritadi;

  • Bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘z-o‘zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo‘lgan turg‘un mehnat jamoasini shakllantiradi; kadrlarni o‘zini muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko‘rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o‘z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy talim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishga g‘amxo‘rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’muriyat ruhiy-pedagogik o‘quvchining huquqiy va iqtisodiy o‘quv bilan organik uyg‘unlanishini ta’minlaydi; xodimlar malakasini bevosita Maktabgacha ta’lim tashkilotida oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.

Ma’muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlaydi, ularga o‘z vaqtida zarur metodik yordam ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari va ma’muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo‘yuvchi zarur choralar ko‘radi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasiga nisbatan ma’muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo‘yadi, shu masalalar bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.

Direktor ishonch qog‘ozisiz maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korxonalari, tashkilotlar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch qog‘ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun zarur bo‘lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.

Direktor maktabgacha ta’lim tashkiloti huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko‘rsatma beradi. Bu buyruq va ko‘rsatmalar maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta meditsina hamshirasi, xo‘jalik mudirining o‘z huquqlari doirasida bergan ko‘rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.[19]

Maktabgacha ta’lim tashkilotining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma’muriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xo‘jilik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, meditsina, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari xodimlari.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig‘ilishidir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy yig‘ilishi:


  • maktabgacha ta’lim tashkilotining Ustavini ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;

  • maktabgacha ta’lim tashkiloti Kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, Kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;

  • yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma’muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko‘rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilaydi.

Jamoa shartnomasini muhokama qiladi va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdim etadi.

Direktor ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o‘rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqaning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.

Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo‘limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar Kengashida muhokoma materiali bo‘lishi mumkin.

Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o‘tkazilish mumkin.

Direktor – kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o‘qishlarni va boshqalarni, bilimlarsifatin, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samariliroq shakllarini izlaydi.

Qiyosiy tekshirish – eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta’lim-tarbiyaviy jarayonining yangilanishiga yordam beradi va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.

Nazoratning istalgan turi-agarda unga direktor jiddiy, puxta tayyorgarlik ko‘rgan holdagina samarali bo‘lishi mumkin.

Eng avvalo tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma-xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o‘yin va mehnatdagi o‘zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o‘ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).

O‘rta guruhda nutq o‘stirishga doir dasturning o‘zlashtirishlishi bolalarning nutq aktivligi, nutqiy ko‘nikmalarni darajasini tekshiradi.

Maqsadni belgilab, direktor tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan, Davlat dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalar ishlarini o‘rganadi, oldindan tarbiyachi va bolalar bilan suhbatlashadi, metodik adabiyotlar yangiliklari ilg‘or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo‘lgan savollarni mo‘ljallab tekshirishning qisqa, ammo aniq rejasini ishlab chiqadi.

Guruhlarga kirish mo‘ljallanganligi haqida direktor pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko‘proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ish kuni ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma’lum ritmni shakllantiradi. Biror bir bo‘lim bo‘yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan (kvartal yoki yarim yil oldin) ogohlantiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o‘z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o‘zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi.

Agar direktor bir faoliyat turishi yoki rejim jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda faoliyatning bu turini boshdan oxirigacha to‘liq kuzatib chiqish kerak bo‘ladi.

Har qanday tekshiruv agarda direktor qabul qilgan ko‘rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.

Muntazam nazorat – bu faqat ilgari aytilgan ko‘rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo‘lagida qilingan ishlarni solishtirib ko‘rish hamdir. Masalan: o‘quv yilining boshida bolalarning mashg‘ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining aktivligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko‘rsatadi. Bu kamchiliklar sababalarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo‘llarini belgilab, direktor yarim yildan so‘ng boshlang‘ich ma’lumotlarni yangi mashg‘ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.

Nazoratning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tur va formalarning amalga oshirilishi direktorga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish, o‘z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo‘llash imkonini beradi. Direktor yuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta’lim tashkiloti ishiga to‘liq rahbarlik qiladi.
XULOSA

Bolalarning qiziqish va intilishini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish orqali ularni ona Vatanga muhabbat ruhida kamol toptirish masalasi davr talabidan ortda qolayotgani sababli maktabgacha ta’limning boshqaruv tizimi qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qarorda quyidagi keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’limni har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;

  • “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini maktabgacha ta’lim qismi bo‘yicha amalga oshirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;

  • maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda metodik rahbarlik qilish;

  • o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini joriy etish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish;

  • pedagog va rahbar xodimlarning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish, ta’lim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimga ega kadrlar bilan ta’minlash;

  • mazmun va sifat jihatidan zamonaviy talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etilishini tashkil etish;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

  • xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar orqali xalqaro darajada keng targ‘ib qilish, xalq ta’limi tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish;

  • nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turlarini ko‘paytirish masalalari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan bo‘lib, bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom hamda bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, umumta’lim tashkilotlarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi, maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi, bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi, bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi hamda maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv Kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv Kengashi va muassisi oldida hisob beradi.

Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:


  • Pedagogik Kengashi;

  • Kuzatuv Kengashi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik Kengashi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi, maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi, maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi, maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi. Shuningdek, Pedagogik Kengashda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqiladi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlari eshitiladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va o‘qitishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv Kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv Kengashi maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha ta’limda ta’limni boshqarish tizimli yo‘lga qo‘yilgan va bu sohada rivojlanish bo‘lishini bildiradi.




Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish