O`zbekiston respublikasi maktabgachata’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxasisslarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarinining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda direktorning faoliyati



Download 238 Kb.
bet13/16
Sana31.12.2021
Hajmi238 Kb.
#236288
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ABDISALOMOVA ZILOLA KURS ISHI

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarinining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda direktorning faoliyati

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom

va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev[9]

Maktabgacha ta’lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo‘lib, direktorning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Direktor - maktabgacha ta’lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Direktor o‘z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu direktorga qo‘yiladigan asosiy talablardir.

Jamoadagi to‘g‘ri, o‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi.

Rahbarlik mavqei direktor o‘z g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashaga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida to‘rgan vazifalarni bilishga, o‘z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U programma, metodik instruktiv, normativ hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darxol bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri Maktabgacha ta’limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va 3 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlarii tanlash, joy-joyiga qo‘yish tarbiyalash bo‘yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti Kengashining faollari ishtirokida ma’muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishiga g‘amho‘rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim tashkiloti manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar zahirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.

Direktor – ma’naviy, siyosiy, huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma’rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo‘lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko‘ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak.[19]

Direktor MTTning butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo‘yicha harajatlarni to‘g‘ri taqsimlash, tashkilotini boy oziq-ovqat moddalari bilan ta’minlash, rejimni to‘g‘ri tashkil etish, reja bo‘yicha MTTni bolalar bilan to‘ldirish, ta’lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog‘lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy bo‘lgan moddalar bilan ta’minlashi (kamida haftada 2 marta), xamir ovqatlari (bulochka, pechene), pedagogik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari bo‘yicha bosh rahbardir.

Direktor bolalar hayotini saqlash, muxofaza qilishi uchun bolalar tashkilotida to‘g‘ri rejim jarayonlari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik qoidalarning bajarilishiga, yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazadi. Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g‘amlaydi. Vitaminga boy bo‘lgan mevali o‘simliklarni o‘stiradi. MTT xodimlari o‘z vaqtida oylik maosh bilan ta’minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi. Bo‘sh guruhlarni xodimlar bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Faol xodimlarni rag‘batlantiradi. MTTda o‘tkaziladigan joriy, kapital remontga bosh rahbardir. Moliyaviy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha javobgar shaxs, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, bog‘bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shofer bilan yakkama-yakka suhbat o‘tkazadi. Ularning ishlari ustidan qattiy nazorat tashkil etadi.

Direktor bog‘chani kerakli texnikaviy va xo‘jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta’minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o‘z vaqtida remont qilish va o‘quv-ko‘rgazmali qurollari bilan to‘ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun programma - metodik hujjatlarda tavsiya etilgan, ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan taminlash, bolalar maydonchasi va uchastkasini to‘g‘ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, vrach bilan birgalikda meditsina ishlarini nazorati va bolalarni sistemali meditsina ko‘rigidan o‘tkazish ishlari kiradi.

Moliyaviy-xo‘jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, ma’naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.

Direktorning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi. Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:

1) Bayram ertaklarini o‘tkazish va rahbarlik qilish;

2) Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg‘uloti sayrlarni kuzatish);

3) Maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko‘rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, sanxat bayrami, sport bayramlarini o‘tkazish.

Direktorning ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:

a) har bir guruhdagi ta’lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish, guruhning ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o‘tkazilgan ishlarning hisobotidir;

b) guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.

Direktor kvartalda birinchi marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Direktor 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba’zi bir muammo, kamchiliklar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.[19]


Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish