O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA'LIM VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYATI MAKTABGACHA TA'LIM BOSHQARMASI
Gulisto shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi
20-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti
I tayyorlov guruhi tarbiyachisi
Mirzaxmedova Ra’noning
Savodga o’rgatish bo’yicha mashg’ulot ishlanmasi
Mavzu: “Sh” tovushi, bosh va kichik “Shsh” harflari bilan tanishtirish
Mavzu: “Sh” tovushi, bosh va kichik “Shsh” harflari bilan tanishtirish
Maksad:
“Sh” tovushi va “Shsh” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli xarflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar:
• “Sh” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
• «Sh" tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish • “Sh” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.
Sh" tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish Kutilayotgan natijalar:
ush" tovushi va "Shsh” harflari bilib oladilar. "Sh" tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va kirida kelishini bilib oladilar.
• «Sh" tovushli so‘zlar ayta oladilar. "Sh" tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘ati boyitiladi.
• «Sh" tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladi.
Kerakli jihozlar:
• "Sh” harflari • «Sh" tovushi bor suratlar
• Bo‘g‘inli kartochkalar Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi. Bu harflarning nechta shakli bor?
Bugun bolalar “Sh” tovushi va bosh va kichik “Sh” harflari bilan tanishamiz. Sholg'om so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Sholg'om Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: Sh-shsh-ol-g'om, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman.
Endi: 2- tovushni ayting: Sho-o-o-l-g'om 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Shol-l-l-g'om. 3to‘rtburchak chiziladi: - Sholg'om so‘zining modeli hosil bo‘ladi. Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“Sh” tovushi) Bugun siz “Sh” tovushi bilan tanishasiz. “Sh” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Lablar aylana shaklida va oldinga bir oz chiqqan, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi al'veolaga yoki qattiq tanlayning oldingi qirrasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular oralig‘ida tirqish hosil bo‘ladi, yumshok tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devorga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi. Buning natijasida havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
Tarbiyachi endi men ѕh tovushini birga talaffuz qilamiz. sh tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) “Sh” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
“Sh” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. "Sh" tovushining so‘z boshida
(sholg'om, shaftoli, sher), o‘rtasida (toshbaqa, Toshket), oxirida (osh, bosh, qish, kurash) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan Tovushlarni ajratish, ѕn tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Tarbiyachi bolalarni "Sh" harflari bilan tanishtiradi. Bosh "Sh” va kichik "sh” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi.
Bosh "Sh" harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli – ol Bosh "Sh” harfi) Bosh “Sh” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“Sh" ) qanday xarf? (Bu kichik “Sh” harfi) u qaysi so‘zlarda yoziladi? (Sher, shaxmat...) Men ko‘rsatgan “Shsh” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun "Shsh” xarflari ko‘k rangda yozilgan? Shundan so‘ng kesma "Shsh” harflari Harf kassasi"ga qo‘yiladi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz qumda “Sh” harfini chizamiz. Buning uchun biz "Sh” harfini diqqat bilan ko‘rib olamiz va kumda “Sh" harfini chizamiz. Bolalar, “Sh” harfi haqida quvnoq she'r eshiting.
"Shamol", "Sholg‘om” so‘zlari "sh” harfidan boshlanar, Ikki o‘rtoq doimo Ajratmasdan yozilar.
"Sh” xarfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga sho, shi, sha, shu, sho'esh, ish, ush bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda «Sh" tovushiini ichda saklab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun
Biz - Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?
-"Sh” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
-“Sh” harfining shakli qanaqa ekan? “Sh” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |