O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


I BOB.MAKTABGACHA TA’LIMDA KUZATISH VA BAHOLASH



Download 202,5 Kb.
bet2/6
Sana01.07.2022
Hajmi202,5 Kb.
#725807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
35-курс иши махбуба

I BOB.MAKTABGACHA TA’LIMDA KUZATISH VA BAHOLASH
1.1-§.Bolani rivojlantirishga kompetentlik yondashuv


“Ilk qadam” davlat dasturining maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga zamin yaratishdir. Dasturni samarali amalga oshirish uchun pedagoglar har bir bolaning rivojlanishi va yutuqlarini muntazam va tizimli ravishda kuzatib borishlari, bolalar va davlat talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish va baholash jarayoniga bolalar, oilalar va mutaxassislarni kiritishi kerak. Bir tomondan bolalarning individual qiziqish va ehtiyojlari va ikkinchi tomondan pedagog o‘z oldiga qo‘ygan tarbiyaviy vazifalar o‘rtasida samarali muvozanatga erishish uchun bolaning bu qiziqish va ehtiyojlari qanday ekanligini va ular vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini bilish kerak. “Ilk qadam” davlat dasturi bolaning rivojlanishiga yakka tartibda yondashish, uning shaxsini hurmat qilish, qiziqishlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulayliklarga g‘amxo‘rlik qilish va erkin ijodiy ifoda etish uchun shart-sharoitlar yaratishga intilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar har bir bolaning individual xususiyatlari haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. Individuallashtirishga har bir bolaning hozirgi rivojlanish darajasini hisobga olish va har bir bolaga muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini kafolatlaydigan tegishli tadbirlarni rejalashtirish orqali erishiladi. Bu bolaning rivojlanishi, jumladan, uning sog‘lig‘i, jismoniy, ijtimoiy, hissiy va aqliy rivojlanishi haqida to‘liq ma’lumot olishni talab qiladi. Pedagogning ishi uzluksiz qaror qabul qilish jarayoni bo‘lib, unda u bolani kuzatib boradi, uning davlat talablari, “Ilk qadam” davlat dasturi bilan belgilangan rivojlanish sohalarida qaysi bosqichda ekanligini aniqlaydi va shunga muvofiq pedagogik harakatlarni bajaradi. Olingan ma’lumotlar bolalarning rivojlanishi uchun individual maqsadlarni ishlab chiqish, maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va ularni individual qiziqishlari, imkoniyatlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Bolaning rivojlanishini baholash uchun axborot to‘plash odatda bolani tushunishga, uning ichki dunyosiga kirib borish va uni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan usullarga asoslanadi. Rasmiy va norasmiy tizimli kuzatish bolaning rivojlanishi va hozirgi holatini pedagogik baholash uchun axborot to‘plashning asosiy usuli hisoblanadi. Kuzatish – maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o‘rganishi haqida ma’lumot to‘plashning samarali usuli. Monitoring va baholashning maqsadi bolaning individual xususiyatlarini o‘rganish va shuning asosida uning shaxsiga yo‘naltirilgan o‘quv yondashuvini rejalashtirish va amalga oshirishdan iborat. Maktabgacha pedagogik adabiyotlarda ("Early Years" - "Dastlabki yillari", 2013 y.) quyidagi 5 qadamli chizma ta’riflangan. Bu kuzatishlarni o‘tkazish uchun sikl bo‘lib, dasturni tatbiq qilish sifatini yaxshilashga qaratilgandir: 1-qadam. Kuzat – axborot yig‘ish jarayoni. 2-qadam. Tahlil qil – kuzatilganlar mazmun-mohiyati haqida savol berish. 3-qadam. Rejalashtir – ta’lim olish va rivojlanishni davom ettirish uchun keyingi qadamlarni rejalashtirish. 4-qadam. Qo‘lla – o‘ylangan rejani amaliyotga tatbiq qilish. 5-qadam. Anglash (refleksiyaga erishish) – rejaning unumdorligini baholash. Kuzatish muayyan bola va bolalar guruhi rivojlanishining turli ko‘rinishlari haqida aniq ma’lumot olish imkonini beradi, bunda tabiiy sharoitlarda bola hayotini aks ettiruvchi ko‘plab jonli, qiziqarli faktlar taqdim qiladi. Shu bilan birga pedagoglar nimani, qachon va qaerda kuzatishni hamda bola rivojlanishi va ta’lim olishida nimani baholashni xohlayotganlarini o‘zlari tanlashlari muhim. Kuzatishlar natijasida pedagog tomonidan olingan ma’lumotlar unga bola bilan ishlashda amaliyotda qo‘llanilgan ta’limiy yondashuv va usullarni mustaqil tahlil qila olishga zamin yaratishi zarur. Bunday baholash pedagogga (shuningdek, ota-onalar va boshqa jalb qilingan mutaxassislarga) bolaning rivojlanishini ko‘rish, uning o‘rganish va rivojlantirish ehtiyojlarini tushunish va istiqbolda rejalashtirish imkonini beradi. Refleksiya pedagogga uning harakatlari oqibatlarga ega (pedagoglarning o‘zi va boshqalar uchun) ekanligini tushunishga yordam beradi. Refleksiya maktabgacha ta’lim tarbiyachilari faoliyatining muhim jihati bo‘lib, ularga yanada maqsadga muvofiq harakat qilishga yordam beradi. Malakali pedagoglar o‘z yondashuvi va o‘qitish metodikasida nima yaxshi bo‘layotgani va nima o‘xshamayotganini, nimani yaxshilash va muammolarni qanday hal qilish kerakligi haqida fikr yuritadilar. Kuzatuvlar va bola rivojlanishini baholash natijasida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida pedagog yosh va rivojlanish sohalari uchun davlat talablariga muvofiq bolaning to‘liq rivojlanishini ta’minlash uchun amalda qo‘llanilgan o‘qitish usullarini ko‘rib chiqishi va keyinchalik amaliyotga tatbiq etish uchun o‘zgartirishlarni rejalashtirishi mumkin. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bolaning individual va yosh xususiyatlariga qaratilgan hamda har bir bolaning o‘quv jarayonida qaerdaligini, har tomonlama rivojlanishi uchun o‘quv ehtiyojlari qandayligini hisobga oladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish yondashuvining sifati pedagogning kuzatish, ko‘rgan va eshitganlarini qayd etib borish, refleksiya va tahlil qilish
Kuzatishning ikki turi mavjud – rasmiy va tasodifan (norasmiy). Bolani norasmiy kuzatish orqali unga bu haqida oldindan xabar bermasdan juda ko‘p ma’lumot olsa bo‘ladi (masalan, bola tabiiy ravishda o‘yinga jalb qilinganida). Rasmiy kuzatish bolani asabiylashtirishi yoki g‘ayriixtiyoriy yo‘l tutishiga olib kelishi mumkin, bola esa boshqa bolalar bilan umuman o‘ynamasligi yoki muloqotda bo‘lmasligi ehtimoli bor. Rasmiy kuzatish ko‘proq bolaning muayyan ko‘nikma yoki malakasining rivojlanishini yoki uning bilim va tushunchalarini kuzatib borishga qaratiladi.
Rasmiy va norasmiy tizimli kuzatish bolaning rivojlanishi va hozirgi holatini pedagogik baholash uchun axborot to‘plashning asosiy usuli hisoblanadi. Kuzatish – maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va o‘rganishi haqida ma’lumot to‘plashning samarali usuli. Monitoring va baholashning maqsadi bolaning individual xususiyatlarini o‘rganish va shuning asosida uning shaxsiga yo‘naltirilgan o‘quv yondashuvini rejalashtirish va amalga oshirishdan iborat. Maktabgacha pedagogik adabiyotlarda ("Early Years" - "Dastlabki yillari", 2013 y.) quyidagi 5 qadamli chizma ta’riflangan. Bu kuzatishlarni o‘tkazish uchun sikl bo‘lib, dasturni tatbiq qilish sifatini yaxshilashga qaratilgandir: 1-qadam. Kuzat – axborot yig‘ish jarayoni. 2-qadam. Tahlil qil – kuzatilganlar mazmun-mohiyati haqida savol berish. 3-qadam. Rejalashtir – ta’lim olish va rivojlanishni davom ettirish uchun keyingi qadamlarni rejalashtirish. 4-qadam. Qo‘lla – o‘ylangan rejani amaliyotga tatbiq qilish. 5-qadam. Anglash (refleksiyaga erishish) – rejaning unumdorligini baholash. Kuzatish muayyan bola va bolalar guruhi rivojlanishining turli ko‘rinishlari haqida aniq ma’lumot olish imkonini beradi, bunda tabiiy sharoitlarda bola hayotini aks ettiruvchi ko‘plab jonli, qiziqarli faktlar taqdim qiladi. Shu bilan birga pedagoglar nimani, qachon va qaerda kuzatishni hamda bola rivojlanishi va ta’lim olishida nimani baholashni xohlayotganlarini o‘zlari tanlashlari muhim. Kuzatishlar natijasida pedagog tomonidan olingan ma’lumotlar unga bola bilan ishlashda amaliyotda qo‘llanilgan ta’limiy yondashuv va usullarni mustaqil tahlil qila olishga zamin yaratishi zarur. Bunday baholash pedagogga (shuningdek, ota-onalar va boshqa jalb qilingan mutaxassislarga) bolaning rivojlanishini ko‘rish, uning o‘rganish va rivojlantirish ehtiyojlarini tushunish va istiqbolda rejalashtirish imkonini beradi. Refleksiya pedagogga uning harakatlari oqibatlarga ega (pedagoglarning o‘zi va boshqalar uchun) ekanligini tushunishga yordam beradi. Refleksiya maktabgacha ta’lim tarbiyachilari faoliyatining muhim jihati bo‘lib, ularga yanada maqsadga muvofiq harakat qilishga yordam beradi. Malakali pedagoglar o‘z yondashuvi va o‘qitish metodikasida nima yaxshi bo‘layotgani va nima o‘xshamayotganini, nimani yaxshilash va muammolarni qanday hal qilish kerakligi haqida fikr yuritadilar. Kuzatuvlar va bola rivojlanishini baholash natijasida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida pedagog yosh va rivojlanish sohalari uchun davlat talablariga muvofiq bolaning to‘liq rivojlanishini ta’minlash uchun amalda qo‘llanilgan o‘qitish usullarini ko‘rib chiqishi va keyinchalik amaliyotga tatbiq etish uchun o‘zgartirishlarni rejalashtirishi mumkin. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bolaning individual va yosh xususiyatlariga qaratilgan hamda har bir bolaning o‘quv jarayonida qaerdaligini, har tomonlama rivojlanishi uchun o‘quv ehtiyojlari qandayligini hisobga oladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish yondashuvining sifati pedagogning kuzatish, ko‘rgan va eshitganlarini qayd etib borish, refleksiya va tahlil qilish, rejalashtirish qobiliyatgahamda butun guruh uchun yagona ta’lim yondashuvlarini qo‘llamasdan har bir bolaning kompetensiyalarini qanday rivojlantirishni bilishga ham bog‘liq. Shu bois ushbu qo‘llanma bolalarni qanday kuzatish, bolalar qanday ta’lim olayotgani va rivojlanayotgani haqidagi kuzatuvlarimizni qanday hujjatlashtirish va qaysi refleksiyalar ishini rejalashtirish va tashkil etishda bolalarning qiziqishlari, ehtiyojlari va kuchli tomonlarini yaxshiroq aniqlashga yordam berishini topishga bag‘ishlangan. Shunday qilib, ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini kuzatish va baholash usullari va vositalarini taklif etish, o‘z vaqtida tahlil qilish va ish chora-tadbir va usullarini aniqlash, bolaning natijalarini va har tomonlama rivojlanishini yaxshilash hisoblanadi
MTT pedagoglari bolalarni kuzatib borishi kerakligining muhim sabablari bor. Jarayonda ular bu kuzatishlarni hujjatlashtirishi va ular haqida fikrlashi lozim. Mazkur bobda ta’limda kompetentivlik yondashuv, bola rivojlanish nazariyalari va bola rivojlanishining yosh xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlar asosida kuzatish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va o‘qitishni baholash zaruriyati izohlanadi.
1.1. Bolani rivojlantirishga kompetentlik yondashuv “Kompetensiya” tushunchasi malaka, ko‘nikma, bilim, qobiliyat va munosabatlar uyg‘unligini anglatadi. “Ilk qadam” davlat dasturida bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Kompetensiya – bola bilimi, malaka, ko‘nikma va qadriyatli ko‘rsatmalari yig‘indisi. Boshlang‘ich kompetensiyalar rivojlanish sohasidan qat’iy nazar bola shaxsini shakllantirishda poydevor hisoblanadi. Kommunikativ kompetensiya – turli vaziyatlarda muloqot vositalarini qo‘llay olish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – o‘yin jarayoni va uni tashkil etishda bola tomonidan tajriba, bilim va ko‘nikmalarni ijodiy qo‘llash. U o‘quv faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan kelishilgan qoidalar va xulq-atvor me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish. Kognitiv (bilish) kompetensiyasi – atrofimizdagi olamni ongli idrok etish va olingan bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni o‘quv-amaliy vazifalarni hal etishga tatbiq etish. Pedagoglar har bir bola qanday kompetensiyalarga ega ekanligini bilishi kerak, zero, bu holda ular bolalarga yangilarini o‘zlashtirishga yordam bera oladi. Bu faqat bolalar allaqachon bilgan va qila oladigan harakatlarni kuzatish hamda istiqbolda ularni qanday rivojlantirish kerakligi haqida fikrlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Shundagina ularning kompetensiyalarini oshirishni rejalashtirishni boshlashimiz mumkin. Pedagoglar bolalarning kompetentligini rivojlantirishga hissa qo‘shishlari, bolalarning malakasi qanday namoyon bo‘lishini, bolaning voyaga yetish sohalarida qanday rivojlanishini, shuningdek, ularning ko‘nikma va bilimlari kundalik hayotda qanday integratsiyalashgan va namoyon bo‘lishini bilishlari kerak. Buni pedagogning ta’limtarbiya ishlarini yanada rejalashtirish maqsadida ular allaqachon bilgan va qila olganlarini kuzatish, individual rivojlanishini tahlil qilish va aks ettirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Bunday holda pedagoglar har bir bolaning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni yanada samarali rejalashtirishlari mumkin. Kuzatishlar bolaning rivojlanishi orqada qolgan sohalarni aniqlashga ham yordam berishi mumkin, bu esa bunday bolaga ko‘proq individuallashtirilgan yordam kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, guruhda alohida ehtiyojli bolalar bo‘lsa, pedagoglar bolaga individual rejalashtirishni qo‘llaydi. Pedagog ishining bu jihati “O‘quv jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi” qo‘llanmasida batafsilroq yoritilgan.

Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish